4.
Cephalocele occulta - bosh miya tug’ma churrasining yopiq xili bo’lib,
bosh miya suyaklarining tug’ma nuqsoni bor yerda
miya churrasi tashqariga
chiqmaydi. Shu suyaklarning nuqsoni bor yerda bosh miyaning qattiq pardasi normal
holatda nuqsonsiz bo’ladi. Ko’pincha suyaklarning nuqsonlari suyakning ustki
pardasi va biriktiruvchi to’qimalar bilan chandiqlangan holatda yopilgan bo’ladi.
Bosh miyaning tug’ma churralari ichida eng ko’p
uchraydigan xili
meningiotsele bo’ladi.
BOSH MIYA TUG’MA CHURRALARINING
ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI
Bosh miya tug’ma churralarining kelib chiqish sabablari hozirgi vaqtga
qadar yetarli darajada aniqlangan emas. Lekin shu sohada ish olib borayotgan ko’p
mualliflarning aytishlaricha embrionning shakllanayotgan davrida bosh miya va uning
qutisini taraqqiyotida turli sabablar ta’sirida ularning buzilishi va anomal o’zgarishlari
vujudga keladi deb hisoblaydilar. Markaziy nerv tizimining
bunday anomal majruh-
likni taraqqiyotida irsiy rolni ahamiyatini, ya’ni
genetik suyak surishini, er-xotinni
yaqin qorindosh bo’lishini va turli yuqimli kasalliklar (toksoplazmoz,
tuberkulez,
zaxm, zaharlanish)ni ona homiladorlik davrida o’tqazganini va rentgen nurlarining
ta’sirini inkor qilib bo’lmaydi. Bunday holatda ayrim chaqaloq bolalar bosh miyaning
oldingi yoki orqa tug’ma churralari bilan tug’iladilar.
Ularning jismoniy taraqqiy
etishlari bilan birga tug’ma churralari ham kattalashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: