85 – rasm, a,b. Bosh miyaning oldingi tug’ma churrasini ko’rinishlari.
Bosh miyaning orqa tug’ma churralari ensa sohasida ensa suyagining tashqi
tepaligini pastida yoki yuqorisida joylashadilar. Ensa suyagining tashqi tepaligidan
pastida joylashgan tug’ma suyak nuqsoni ko’pincha ensa katta teshigi bilan qo’shilgan
holatda bo’ladi. Ensa suyagining tashqi tepaligining yuqorisida ham tug’ma nuqsoni
bo’ladi, lekin bosh miyaning orqa tug’ma churrasini ko’pincha pastki joylanishi
uchraydi. Bunday hollarda churraning qopida o’zgargan miyacha yarim pallalarining
bir qismi bo’lishi mumkin. Bosh miyaning orqa churrasini yuqorida joylashgan
xilining qopida bosh miyaning bir tomonidagi ensa bo’lagining bir qismini bo’lishi
kuzatiladi (86 – rasm).
Bosh miya churralarining qopini ichida joylashgan moddalar tarkibiga
qarab, quyidagi tasnif tavsiya etilgan:
1. Meningotsele (meningocele) - bosh miya qutisining tashqariga
do’ppayib chiqib turgan churrasining qopi o’zgargan va chandiqlangan yumshoq va
to’rsimon pardalardan tashkil topgan bo’lib, miya suyuqligi bilan to’lgan bo’ladi.
Miyaning qattiq pardasida nuqson bo’lib, shu nuqson orqali churraning qopi
tashqariga chiqib turadi. Qattiq parda churraning qopida ishtirok etmaydi, lekin miya
qutisining ich tomonidan suyak nuqsonini chetiga yopishgan holatda bo’ladi. Bosh
miya churrasining bo’shlig’ida suyuqlik bo’lib, bosh miyaning subaraxnoidal
bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi.
2. Ensefalotsele (encephalocele) - bosh miya tug’ma churrasining qopi
ichida miya suyuqlig’idan tashqari yana o’zgargan miya moddasining bir qismi
bo’ladi. Bosh miyaning oldingi tug’ma churra qopining ichida peshona bo’lagining
bir qismi, orqa tug’ma churra qopining ichida esa ensa bo’lagining yoki miyacha
yarim pallasining bir qismi joylashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |