Bosh va Orqa miyaning tugma churralari. Klassifikatsiya, etiologiyasi, patogenezi, patomorfoloyasi, klinikasi
BOSH MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASHXISI
Download 373.86 Kb. Pdf ko'rish
|
04 Maruza 968b528956ab48e9b8707d73efb46450
BOSH MIYA TUG’MA CHURRALARINING TASHXISI
Bosh miyaning oldingi va orqadagi tug’ma churralari tashxisini qo’yishda qiynalishlik bo’lmaydi. Asosan bemorlarning shikoyatiga, anamnez ma’lumotlariga, churraning do’ppayib chiqib turgan qopini tashqi ko’rinishiga, joylanishiga, paypaslaganda aniqlangan belgilarga, klinik-nevrologik tekshirish natijasida olingan ma’lumotlarga, rentgen tasviridagi bosh suyaklarining o’zgarishlariga va laborator tekshirishiga asoslanib bosh miya tug’ma churralarining tashxisi qo’yiladi. Bosh miya suyaklarining ikki tomonlama rentgen tasvirida suyak nuqsoni aniq ko’rinadi. Burun bo’shlig’ida joylashgan miyaning oldingi churralarida suyak teshiklari dumaloq shaklda tekis va aniq konturli bo’lib, chetlari gardishli skleroz borligi aniqlanadi. Nuqsonning yuqori cheti peshona suyagidan tashkil topgan bo’lib, ko’pincha nuqsoni ustida soyabon holatida ko’rinadi. Burun-ko’z kosasi churralarida suyaklarning nuqsoni ko’z kosasining ichki devorlari sohasida g’alvirsimon suyakning yuqori devorida joylashgan bo’lib, yarim oy shaklida bo’ladi. Ko’z kosasi- ning ichki devori yassilanganligi hisobiga uning shakli o’zgaradi. Bosh miya orqa churralarining rentgen tasvirida suyak nuqsonlari ensa suyagining tashqi tepaligini yuqori yoki pastki tomonida yaqqol ko’rinib turadi. Suyaklarning kichkina nuqsonlari (teshiklari) ayrim hollarda rentgen tasvirida ko’rinmaydilar. Ayniqsa miya ostidagi churralarning suyaklardagi nuqsonlarini rentgen tasvirida aniqlash juda qiyin bo’ladi. Bunday hollarda rentgen tomogrammalarida aniqlanadi. Orqa miyaning subaraxnoidal bo’shlig’ini punksiya qilinsa, likvorning bosimi va tarkibi normal holatda bo’ladi. Churra qopidagi likvor tarkibida oqsillar miqdori va hujayralari ko’paygan bo’lishi mumkin. Pnevmoensefalografiya yordamida bosh miya churrasining shaklini, churra qopining bo’shlig’ini, qopning ichida joylashgan patologik miya moddasini va bosh miyaning likvor bo’shlig’i bilan tutashganligi aniqlanadi. Bu tekshirishlar yordamida tashxisni aniqlash bilan birga jarrohlik usulini tanlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bosh miyaning oldingi va orqa tug’ma churralarini ayrim hollarda dermoid o’smalari, lipomalar, gemangiomalar, kefalogematomalar va miya suyaklarining ayrim o’smalari bilan farqlarini ajratishga to’g’ri keladi. Dermoid o’smalari paypaslaganda zichroq, og’riqsiz, pulsatsiya qilmaydi va bosgan vaqtda uning hajmi kamaymaydi. Bosh miya suyaklarining rentgen tasvirida suyakning nuqsoni bo’lmaydi. Bu keltirilgan belgilarning ko’pchiligi lipomalarga ham tegishlidir. Agarda ularni punksiya qilinsa shpritsda yog’ moddasi olinadi, lekin ularning hajmi kamaymaydi. Aksincha churra qopini punksiya qilinsa, shpritsda likvor paydo bo’ladi va do’ppayib chiqib turgan churra qopi vaqtincha kichkina bo’ladi. Gemangioma bo’lsa, uni ezgan vaqtda chiqib turgan qismi yo’qolib ketadi va uning o’rniga o’zgarmagan suyakning sathi paypaslanadi. Bu belgilar bosh miya churrasida kuzatilmaydi. Bosh miyaning orqa churrasidan kefalogematomalarning farqi shundaki, u chaqaloq bola tug’ilayotgan va tug’ilgan vaqtdan keyin paydo bo’ladi. Undan tashqari kefalogematoma miyaning o’rta chizig’ida joylashgan bo’lmaydi va uning asosi keng bo’ladi. Paypaslaganda teri yoki suyak ustki pardasi ostiga quyilgan qon chayqalib turadi, og’rig’i va pulsatsiyasi bo’lmaydi. Bosh miya suyaklaridan o’sadigan o’smalarni aniqlashda rentgen tekshirishlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bosh miya ostidagi churralarni burun va burun-yutqin bo’shliqlariga chiqib turganlarini aniqlash ancha qiyinchiliklarni tug’diradi. Bunday churralarni ko’pincha poliplar bilan adashtiriladi. Ayrim vaqtlarda tashxisni aniqlamasdan olib tashlanadi. Keyinchalik likvorning doimiy oqishi (likvorreya) paydo bo’ladi. Poliplar ko’pincha o’rta burun bo’shlig’ida paydo bo’ladilar. Ular ingichka bo’lgani sababli yengil qo’zg’aladigan va osonlik bilan zond yordamida atrofini aylanib tekshirsa bo’ladi. Burun ichidagi shilliqli devoridan o’sgan poliplar sariq-ko’kroq rangdagi yarim tiniq moddadir. Ushlab ko’rganda ular yumshoq va pulsatsiya qilmaydilar. Agarda tashxis qo’yishda shubha bo’lsa bosh miya suyaklarining maxsus mo’ljalda olingan rentgen tasvirida suyak nuqsoni bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Undan tashqari shu polip shaklidagi chiqib turgan moddalarni punksiya qilinsa bosh miya churrasi bo’lsa shpritsda likvor olinadi, polipda esa shpritsda suyuqlik bo’lmaydi va tashxisni aniqlashda yordam beradi. Download 373.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling