Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor
stomatolog taktikasi.
Tishlar jarohati
Adabiyotlarda Harkevichning keltirgan ma’lumotlariga
ko‘ra, yuz-jag‘
sohasining
ja’mi
jarohatlari orasida
tishlar
jarohati
5% tashkil
qiladi.
Tishlar jarohati
bolalarning
yoshiga
bevosita
bog‘liq
bo‘lgan aktiv harakatchanligidan kelib chiqqan holda sodir bo‘ladi, ya’ni 2-3
yoshdagi bolalar, og‘ziga turli predmetlar va o‘yinchoqlarni solgan holda yugurib
yiqiladilar va tishlari shikastlanadi. Katta bolalar (8-11 yosh) qattiq yuzalar
(pol, stol,
eshik va
shu kabilar)ga urilib yoki o‘tkir qirralar
(zina, beton, yog‘och) ga shuningdek
turtib chiqib qolgan
joylar, (armatura, qoziq, panjara temiri) ga yiqilib,
B
ti
a
sh
rch
l
a
arn
tish
j
l
a
a
r
r
oha
b
t
a
l
r
a
o
y
b
d
a
i
r
la
j
r.
arohatlanmaydi.
Aksariyat
hollarda,
yuqori
jag‘ning frontal tishlari shikastlanadi.
Tishlar jarohati besh toifaga bo‘linadi:
Lat yeyish.
Tishlarning travmatik
qisman
chiqishi
(vertikal, gorizontal,
transverzal).
Tishni to‘liq (tish katakchasidan) chiqib ketishi. Tishning
sinishi.
Aralash jarohatlar.
Tishlarning lat yeyishida – mexanik kuch ta’siri zarbidan tish atrofidagi bog‘lam
(periodont tolalar) va qon – tomir nerv tutami uzilib,
pulpaga qon quyiladi,
ammo tishlarning
anatomik
yaxlitligi
saqlanib
qoladi. Sut tishlarida bunday holat kamdan –kam uchraydi.