Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Klinik manzarasi: Pastki jag‘ “Ko‘k novda” yoki qobiq ostida 
singanda, unda sinishga xos belgilar bo‘lmaydi. Yuz sohasida sezilarli 
kattalashayotgan shish, qontalash, so‘lak oqishi, og‘riq kuzatiladi. Ammo, 
bunda sinishga xos belgilar (tishlamning o‘zgarishi, tish qatorida 
“zinapoya” belgisi, bo‘laklar g‘ijirlashi) ni aniqlash qiyin. Bo‘laklar 
siljigan bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi shikastlanganligi, 
(yirtilganligi) bo‘laklar siljib, “zinapoya ” hosil bo‘lganligi, bo‘laklar cheti 
sinish chizig‘idagi tishning qimirlashi yoki to‘liq chiqib ketganligi 
kuzatiladi. Pastki jag‘ning burchak sohasi singanida, klinik manzara 
o‘zgacha bo‘ladi: Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi butunligi buzilmaydi. 
Biroq, qontalash va shish kuzatilib, tishlagan va chaynash harakatlarida 
kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Singan tomonda tishlar o‘z antagonistlari 


bilan kontaktda bo‘lmasligini kurish mumkin. Pastki jag‘ burchagidan 
singanda bo‘laklarning siljish yo‘nalishi tana shikastlangan holatidagidek 
bo‘ladi, ammo siljish darajasi kuchli bo‘ladi. Bunga sabab, kichik bo‘lak 
(jag‘ shoxi)ning o‘z hajmi va o‘lchami jihatdan kichikligi bo‘lib, shu 
boisdan, uning yuqoriga va ichkariga siljishi oson kechadi, ikkinchidan – 
m.pterygoideus lateralis et medialis, hamda m. temporalis tortishish 
kuchlari ham yuqoriga, oldinga va ichkariga yo‘nalishda tortadi. 
Pastki jag‘ tanasi ikki tomonda ham singanda uchta bo‘lak 
hosil bo‘ladi, ya’ni ikkita yon va ular orasidagi bo‘lak. Markazda 
joylashgan bo‘lak m.mylohyiodeos, m. digastrigus, m.genio- glossus 
ta’sirida pastga va orqaga siljiydi. Bunday vaziyatda til ham orqaga 
surilib ketishi yuqori nafas 
yo‘llarini to‘sib (kekirdakka havo o‘tmay qolishi) va bu obturatsion 
asfiksiya holatiga olib kelishi mumkin. Yon bo‘laklar esa, m.pterygoideus 
lateralis et medialis ta’sirida oldinga va yuqoriga siljiydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling