Klinik manzarasi: bemor tishi tushib o‘rni bo‘sh qolgani, og‘riq va
qon ketishiga shikoyat qiladi. Og‘iz bushlig‘i ko‘zdan kechirilganda: tish
katakchasi yangi ivigan qon bilan to‘lgan, atrofidagi shilliq parda yirtilgan,
katakcha devorlaridan biri singan, yoki ildiz bilan birga chiqib ketganligini
aniqlash mumkin. Tekshiruv o‘tkazilayotganda,
katakcha devorlari
saqlanganligiga e’tibor berish lozim, katakcha
devorlari faqat sinmagan
holatdagina tish, 3 sutka davomida replantatsiya qilinishi mumkin.
Qiyosiy tashhislash. Agarda tish ko‘rik vaqtida
topilmasa, albatta rentgenologik tekshiruv o‘tkazilishi kerak,
chunki u
suyak ichi (yuqori jag‘ bo‘shlig‘i)ga qoqilib, kirgan bo‘lishi mumkin.
Davolash. Agar doimiy tish butun bo‘lib. Ildizi ½ qismigacha
shakllangan;
vaqtinchalik tish
shakllanishi esa tugallangan bo‘lsa, bunday holatlar replantatsiyaga
ko‘rsatma bo‘la oladi. Boshqa hollarda replantatsiya o‘tkazib bo‘lmaydi.
(Replantatsiya texnikasi va talablari
jarrohlik stomatologiyasi propedevtika kursida keltirilgan).
Tish sinishi
Tish
toj qismi yoki ildizi sinishi, tishning emali sinishi (uchib
ketishi,
uzilishi), dentin qismidan sinishi, yoki toj bo‘ynidan sinib, butunlay
uzilishi mumkin.
Shikoyatlar: Tish emali yoki toji dentin to‘qimasidan singanda,
pulpa shikastlanmaydi, shuning uchun
bolalar tishda nuqson paydo
bo‘lganidan shikoyat qiladilar, sinish dentindan o‘tsa, yoki toj qismi uzilib
tushsa, issiq yoki sovuq (termik ta’sir)dan og‘riq paydo bo‘ladi, o‘tkir
qirralar lunj va tilni qiradi.