Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Tishning to‘liq travmatik chiqishi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Tishning to‘liq travmatik chiqishi periodont, aylana bog‘lam, qon- 
tomir nerv tutami to‘liq uzilganda kuzatiladi. Odatda, bunday jarohat 
yuqori jag‘ning frontal tishlarida uchraydi. 
Shikoyatlar. Tish qatorida bir tishning yo‘qligi, katakchasidan qon 
ketishi, lablarda shish borligiga. Ayrim bolalar va ota-onalar tishni 
qo‘llarida olib keladilar. 


Klinik manzarasi: bemor tishi tushib o‘rni bo‘sh qolgani, og‘riq va 
qon ketishiga shikoyat qiladi. Og‘iz bushlig‘i ko‘zdan kechirilganda: tish 
katakchasi yangi ivigan qon bilan to‘lgan, atrofidagi shilliq parda yirtilgan, 
katakcha devorlaridan biri singan, yoki ildiz bilan birga chiqib ketganligini 
aniqlash mumkin. Tekshiruv o‘tkazilayotganda, katakcha devorlari 
saqlanganligiga e’tibor berish lozim, katakcha devorlari faqat sinmagan 
holatdagina tish, 3 sutka davomida replantatsiya qilinishi mumkin. 
Qiyosiy tashhislash. Agarda tish ko‘rik vaqtida 
topilmasa, albatta rentgenologik tekshiruv o‘tkazilishi kerak, chunki u 
suyak ichi (yuqori jag‘ bo‘shlig‘i)ga qoqilib, kirgan bo‘lishi mumkin. 
Davolash. Agar doimiy tish butun bo‘lib. Ildizi ½ qismigacha 
shakllangan; vaqtinchalik tish 
shakllanishi esa tugallangan bo‘lsa, bunday holatlar replantatsiyaga 
ko‘rsatma bo‘la oladi. Boshqa hollarda replantatsiya o‘tkazib bo‘lmaydi. 
(Replantatsiya texnikasi va talablari 
jarrohlik stomatologiyasi propedevtika kursida keltirilgan). 
Tish sinishi 
Tish toj qismi yoki ildizi sinishi, tishning emali sinishi (uchib 
ketishi, 
uzilishi), dentin qismidan sinishi, yoki toj bo‘ynidan sinib, butunlay 
uzilishi mumkin. 
Shikoyatlar: Tish emali yoki toji dentin to‘qimasidan singanda, 
pulpa shikastlanmaydi, shuning uchun bolalar tishda nuqson paydo 
bo‘lganidan shikoyat qiladilar, sinish dentindan o‘tsa, yoki toj qismi uzilib 
tushsa, issiq yoki sovuq (termik ta’sir)dan og‘riq paydo bo‘ladi, o‘tkir 
qirralar lunj va tilni qiradi. 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling