uzilgan tishning toj qismi pushti
rang
tus
oladi.
Pulpaning holatini aniqlash maqsadida jarohatdan so‘ng 1, 3, 6
- oy orasida elektroodontodiagnostika qilinadi va bunda elektr tokiga javob o‘sib
borishi
kuzatilsa, mazkur holat tish pulpasi nobud bo‘lganidan dalolat beradi va
endodontik davolash choralari ko‘rilishini taqazo etadi.
Rentgenologik tekshiruvda (tish jarohatlanguncha sog‘lom
bo‘lgan bo‘lsa) ildiz va periodont oralig‘ida o‘zgarishlar aniqlanmaydi.
Tishlar lat y e yishini quyidagi holat lar bilan qiyosiy solishtirish
o‘tkazish kerak:
a) Tishning qisman chiqishi (bunday holatda tish har tomonga
qimirlaydi, rentgen tasvirida – periodont oraliq kengayganligi aniqlanadi);
b)
Tish ildizining sinishi bilan (rentgen tasvirida sinish
chizig‘i aniqlanadi);
v) Pulpa ichidagi gematoma bilan (tish toj qismi pushti rang tus
oladi).
Davolash. Pulpa shikastlanmagan bo‘lsa, tishni okklyuziyadan
chiqarish
(antagonist sut tishni qisman charxlab tashlash), yumshoq ovqatlar iste’mol
qilish tavsiya etiladi, pulpa nekrozga uchragan bo‘lsa, endodontik davolash
choralari ko‘riladi. Sut tishlar ildizi so‘rilish bosqichida bo‘lsa, olib
tashlanadi (ekstraksiya).
Asoratlar. Shikastlangan tishlar
pulpasi nekrozga uchrashi, ildiz
sohasida o‘tkir periodontit
kasalligi rivojlanishi, tish kanali obliteratsiyaga
uchrashi yoki
radikulyar kista shakllanishi, shuningdek vaqtinchalik va
doimiy tishlar ildizlari uchining shakllanishdan to‘xtashi
kuzatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: