siqilib qoladi.
Klinik manzarasi: bemor jarohatlangan tishini ko‘rsata oladi,
og‘riqqa shikoyat qiladi. Ko‘zdan kechirilganda,
qoqilib qolgan tish
pastki jag‘da – qatordagi tishlardan pastroq, yuqori jag‘da–
yuqoriroq
joylashgan bo‘ladi. qoqilgan tish o‘z o‘qi atrofida aylanib, har xil darajada
“burilgan” bo‘lishi ham mumkin. Tish suyakka qancha chuqur kirsa,
shuncha “kalta” bo‘lib ko‘rinadi. Ayrim hollarda alveolyar o‘siqda tishning
kesuv qirrasigina ko‘rinadi, tish suyakda
siqilib qolganligi bois
qimirlamaydi. Tish pulpasi nekrozga uchraydi.
Rentgenologik tekshiruvda: tish alveolyar o‘siqdan
jag‘
tanasiga
qadalib
kirganligi,
periodontal yoriq butunlay ko‘rinmasligi; atrofdagi suyak to‘qimasi
zichlashib, o‘z strukturasini yo‘qotganligi aniqlanadi (20b-rasm).
Davolash. 2–3 yoshdagi bolalarda qoqilib jag‘ ichiga kirib ketgan
tishning o‘zi qaytadan mustaqil “yorib” chiqishi mumkin. Agarda 4–6 oy
ichida tish o‘rnidan siljimasa, u olib tashlanadi. Sut tishining ildizi 1/3
qismigacha surilgan bo‘lsa, u ham olib tashlanadi.
Asoratlar: o‘tkir
travmatik periodontit, hamda periostit rivojlanishi
ildiz shakllanishdan to‘xtab qolishi, shuningdek tish o‘rnashmasdan
chiqib ketishi, yoki ko‘rsatmalar bo‘yicha olib tashlashga to‘g‘ri
kelishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: