Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Jag‘lar sinishlari asoratlari erta va kech rivojlanishi mumkin: erta 
asoratlarga suyak atrofidagi to‘qimalarda yiringli yallig‘lanish – abssess, 
flegmona, travmatik osteomielit: kechki asoratlarga– bo‘laklarning 
noto‘g‘ri bitishi, ikkilamchi adentiya, pastki jag‘ning singan tomonda 
o‘smay qolishi, bo‘g‘im ankilozi va hokazolar misoya bo‘la oladi. 
Yiringli yallig‘lanish asoratlari, bolalarni mutaxassisga ko‘rsatish 
uchun kech murojaat qilinishi bilan bog‘liq; murojaat qilganda tashxis 
to‘g‘ri qo‘yilmaganligi (bo‘g‘im boshchasi singanda, “yashil novda” 
sinishda) ham ko‘ngilsiz asoratlarga sababchi bo‘ladi. Jag‘ suyaklarining 
sinishi yumshoq to‘qimalarning jarohati (lat yeyish, qontalash yaralar) 
bilan kechganda ikkilamchi infeksiya tushishi natijasida yallig‘lanish
jarayoni rivojlanadi. Infeksiya yumshoq to‘qimalarga og‘izdan sinish 
chizig‘i orqali tushib, tarqalishi ham mumkin; 
Bo‘laklar to‘liq repozitsiya qilinib, jag‘lar o‘zaro mahkamlab 
qo‘yilmasa, travmatik osteomielit yuzaga kelishi uchun shart sharoit 
tug‘iladi. Organizmning reaktivligi past bo‘lsa, ko‘rilgan antibakterial va 
yallig‘lanishga qarshi davolash choralari, tabiiy mikroflorani zaiflashtirib
nospesifik va immunologik rezistentlikni yanada tushirib yuborishi, 
yaradagi 
mikroblarning antibiotiklarga turg‘uniligini 


kuchaytirishi mumkin. Oqibatda 
shikastlangan 
jag‘
suyagida travmatik 
osteomielit 
rivojlanishi
ehtimoli yanada 
oshadi. Ma’lumki,
yuz-jag‘
suyaklarida yuzaga 
keladigan 
travmatik 
osteomielit kasalligini yiringli bakteriyalar (kokklar florasi) keltirib 
chiqaradi va ularning 
aksariyati obligat- anaerob
shtammlar
hisoblanib, qolganlari fakultativ anaeroblar 
guruhiga to‘g‘ri keladi. 
Jarohatdan so‘ng, jag‘ atrofidagi to‘qimalarda rivojlangan yiringli 
yallig‘lanish o‘choqlari (abssess, flegmona) barvaqt ochilib (evakuvsiya 
qilinib), drenajlansa va yetarli ko‘lamda o‘tkazilsa, jarohat 1-2 hafta 
davomida tuzalish bilan yakunlanadi. Davolash jarayoni adekvat
tarzda o‘tkazilmagan hollarda, o‘tkir 
travmatik (jarohatdan kelib chiqqan) osteomielit rivojlanadi. 
Travmatik osteomielit- bu jarohat tufayli 
suyakda yuzaga kelgan yiringli nekrotik jarayon bo‘lib, sekvestrlar 
shakllanishi va reparativ o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan kechadi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling