Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Rentgenologik tekshiruvlar yordamida bo‘g‘im o‘sig‘ining 
sinishini tasxishlash qiyin bo‘lsa, spiral 
multiplanar rekonstruksiyalovchi kompyuter 
tomografik 
tekshiruvini o‘tkazish lozim bo‘ladi. Yuz suyaklarining aksial va sagittal 
tekislikda o‘tkazilgan KT si sinish chizig‘ining joyi, yo‘nalishi va boshqa 
suyaklar bilan munosabatini ko‘rish imkonini beradi. 
MRT bosh, yuz-jag‘ va bo‘yin sohalari barcha to‘qimalarining 
holatini ko‘rsatib beruvchi aniq usul hisoblanadi. 
Alveolyar o‘siq va tishlarning holatini aniqlash uchun og‘iz 
ichidan olingan dental tasvir yetarli ma’lumot beradi. 


Jag‘ suyaklarining sinishlarini davolash 
Bolalar jag‘ suyaklarining sinishilarni davolash katta 
yoshdagilardagi 
kabi prinsiplar asosida o‘tkaziladi. Maqsad – suyakning anatomik butunligi 
va faoliyatini tiklash. Buning uchun: 
a) bo‘laklar bir biriga yaqinlashtirilishi (repozitsiya); 
b) to‘g‘ri holatda mahkamlanishi; 
v) jag‘larni bir biriga tortib, harakatdan chiqarish 
(immobilizatsiya); 
g) asoratlarning 
oldini 
olish 
(travmatik 
osteomielit, 
gaymorit, 
flegmona, abssess va boshqalar); 
Bolalarga 
birinchi 
yordamni jarohat 
olingan 
joyda 
kattalar 
ko‘rsatadilar. Bolani transportirovka qilishdan avval bint bilan aylana 
engak- tepa bog‘lam yordamida suyaklar immobilizatsiya qilinishi 
kerak. 
Bola behush bo‘lib, jarohatdan qon ketayotgan bo‘lsa, shoshilinch 
ravishda tibbiyot muasasalariga yetkazilishi lozim. Tez yordam xizmati 
y e tib kelsa, reanimatsiya qilish 
tadbirlari 
hodisa 
ro‘y 
bergan 
joyda 
boshlanib, ixtisoslashgan bo‘limda davom etiriladi. 
Jarohat ko‘lami katta bo‘lsa, bola albatta nevropatolog, neyroxirurg 
va oftalmolog ko‘rigidan o‘tishi, zarur bo‘lsa, nevrologik yoki 
neyroxirurgik bo‘limga o‘tkazilishi kerak. 
Tashxis aniq qo‘yilganidan so‘ng, suyak bo‘laklarini repozitsiya 
qilib mahkamlash rejasi tuziladi. Rejani amalga oshirish uchun yetarli
darajada to‘liq og‘riqsizlantirishni 
ta’minlab berish zarur. Buning uchun zamonaviy
premedikatsiya va mahalliy 
og‘riqsizlantirish usullaridan foydalanish, zarur bo‘lsa, umumiy 


og‘riqsizlantirish chorasini ko‘rish lozim. 
Bolalarda 
tishlar 
tuzilishidagi 
hususiyatlar, 
ular 
sonining 
almashinuv davrida kamligi, jag‘ suyaklarining bolalar yoshiga xos 
hususiyatlari e’tiborga olinganda, kattalarda foydalaniladigan davolash 
usullarini qo‘llab bo‘lmaydi. 
Yuqori va pastki jag‘lar alveolyar o‘siqlari sinishlarini
tishlar chiqish davrida, plastmassadan tayyorlangan tish–milk kappa bilan 
mahkamlash mumkin. Singan bo‘lakning har ikki tomonida ikkitadan tish 
bo‘lganda, alveolyar o‘siqni mahkamlash uchun ortodontik simdan 
bukilgan shinadan foydalaniladi. Buning uchun alveolyar o‘siq repozitsiya 
qilinadi. Bo‘lakdagi va ikki yonidagi tishlar (kamida ikkita tish) yaxshilab 
quritiladi. Kislota bilan emal yediriladi, suv bilan yuvib tashlab, qaytadan 
quritiladi, kompozitli kimyoviy yoki nur bilan qotuvchi plomba 
ashyolaridan birini ishlatib, simdan bukilgan yoy shinalarga mahkamlanadi. 
Simdan tashqari, shu maqsadda shisha tolali yoki polietilen lenta 
(“Rebbond”, “Fiber Splint”) ishlatilishi mumkin. Shu maqsadda ortodontik 
breket tizimidagi 
simni 
faollashtirmasdan foydalanish 
mumkin. 
Sut 
tishli bolalarning yuqori va pastki jag‘lar singan 
alveolyar o‘siqlarini mahkamlash uchun individual tayyorlangan tishlar 
ustidan taqiladigan plastmassa shina– kappadan foydalanish mumkin. Bu 
kappa chiqqib ketgan va singan tishlar, alveolyar o‘siqni o‘z joyidan
qimirlatmay ushlab turishi mumkin. Shina kappaning yuqorida 
keltirilgan 
qator 
afzalliklari 
bilan birga,
ayrim kamchiliklari ham bor: u qo‘pol, 
gigienik talablarga javob bermaydi, kappa ostidagi milkda yallig‘lanish 
kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Y e chib olish 


qiyin, shuning uchun yaraga ishlov berish va nazorat qilish qiyinlashadi. 
Sut prikus (tishlam) davrida va tishlar soni kam bo‘lganda, 
jag‘larning singan bo‘laklarini mahkamlash uchun o‘zi qotuvchi 
plastmassalardan tayyorlangan individual tish-milk usti shinasidan 
foydalaniladi. Bunday shina bo‘laklarni fiziologik okklyuziya (tishlam, 
prikus)da mahkam ushlab turadi. Yuqori jag‘ singanda tish – milk usti 
shinasi, sifatida shina qoshiqdan foydalaniladi. Bo‘laklar o‘zining og‘irliq 
kuchi ta’sirida pastga siljimasligi uchun aylanma bog‘lam bilan, pastki 
jag‘ni yuqoriga tortib, boshdagi bog‘lamga mahkamlanadi. 
Sut va almashinuv tishlam (prikus) davrida yuqori va pastki 
jag‘larni bir vaqtda maxkamlash zarur bo‘lsa, plasstmasadan shina 
monoblok tayyorlanadi. Bu shina, uzoq muddat foydalanilganda ham, 
tishlarga deyarli ziyon yetkazmaydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling