Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Pastki jag‘ bo‘g‘im boshchasi bir tomonlama yoki ikki


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Pastki jag‘ bo‘g‘im boshchasi bir tomonlama yoki ikki 
tomonlama sinishi mumkin. Bo‘g‘im o‘sig‘ining bir tomonlama sinishi 
zarb qarama– qarshi yon tomondan yoki dahandan berilganda yuzaga 
keladi. Katta bo‘lak sog‘ tomondagi m.pterygoideus lateralis et medialis 
ta’sirida singan tomonga siljiydi (buni markaziy chiziq surilishidan 
aniqlash mumkin). Kichik bo‘lak m.pterygoideus lateralis (singan 
tomonda) ta’sirida pastga va ichkariga siljiydi. Bo‘g‘im o‘siqlari ikki 
tomonda sinsa, o‘rtadagi katta bo‘lak mushaklar tortishish kuchi 
muvozanatda bo‘lganligi uchun siljimaydi. Kichik bo‘laklar ikkala 
tomonda pastga va ichkariga siljiydi. 
Klinik manzarasi: Bo‘g‘im o‘sig‘i sinishining klinik 


manzarasi bo‘laklarning siljishiga bog‘liq. Suyak 
qobig‘i ostidan sinishda dastlabki kunlarda klinik belgilar sezilmaydi. Bir 
necha kundan so‘ng, bo‘g‘im atrofidagi yumshoq to‘qimalarda shish 
(avval yumshoq, keyinchalik qattiq) paydo bo‘lib, bo‘g‘imda og‘riq 
kuzatiladi, jag‘ harakati chegaralanadi va og‘iz asimmetrik ravishda, 
ya’ni (jag‘ bir tomonga siljib) ochiladi. 
Singan bo‘g‘im boshchasi siljigan bo‘lsa tashqi eshituv yo‘li 
orqali paypaslab ko‘rilganda, uning harakatini aniqlab bo‘lmaydi. Bo‘g‘im 
o‘siqlari ikkala tomonda ham sinib, katta bo‘lakning pastga va orqaga 
siljib qolishi sababli og‘iz yopilmaydi va pastki jag‘ning oxirgi tishlari 
yuqori jag‘ning oxirgi tishlari bilan jipslashadi. Og‘izni yopishga harakat 
qilinganda (ochiq okklyuziya) sagittal va frontal tekisliklarda oraliq 
kuzatiladi. 
Pastki jag‘ning chiqishi bolalarda og‘izni juda katta ochish, 
(baqirish, katta bo‘lakni tishlash, qo‘sish, tish olish) vaqtida yuz berishi 
mumkin. Bunga bo‘g‘im paylari va kapsulasining tug‘ma yoki orttirilgan
zaifligi 
moyillik 
tug‘diradi. Odatda, astenik 
konstitutsiyaga ega bo‘lgan bolalarda kuzatiladi va bu 
holat
chakka pastki 
jag‘ 
bo‘g‘imining 
disfunksiyasi
hamda bo‘g‘im 
tarkibiy qismlari ( yumshoq to‘qima va 
suyaklar) ning o‘sishidagi 
disproporsiyasi bilan bog‘liq. 
Bo‘g‘im boshchasining chiqishi travmatik va odatiy, to‘liq, noto‘liq 
(chala), bir yoki ikki tomonlama bo‘ladi. 
Bo‘g‘im boshchasi chiqib oldinga, orqaga va yonga siljishi 
mumkin. Bo‘g‘im boshchasi chiqib, oldinga siljiganda og‘iz katta ochiladi 
va bola og‘zini o‘zi yopa olmaydi. 
Bo‘g‘im boshchalari ikki tomonlama chiqqan hollarda, bola og‘zini 
yopa olmaydi (ochiq prikus), yutina olmaydi, gapirishga qiynaladi, 
og‘izdan so‘lak oqadi. 
Pastki jag‘da patologik sinishlar bo‘lishi 


mumkin. Bunga jarohatlanishgacha bo‘lgan davrda 
suyakda kechgan patologik jarayon (osteomielit, o‘sma va o‘smasimon 
hosilalar) sababchi bo‘ladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling