Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Jag‘larning lat y e yishi. Bolalarda ko‘p uchraydigan jarohat. 
Bunday shikastlanish ochiq va yopiq shaklda bo‘lishi mumkin. Yopiq lat 
yeyishda yumshoq to‘qimalarda (tirnalgan, shilingan, yirtilgan) yaralar 
bo‘lmaydi. Suyak qobig‘i va atrofdagi 
to‘qimalarda 
aseptik 
yallig‘lanish 
kechadi 
va 
suyak 
qalinlashadi (giperostoz). Bevosita jarohat 


olinganidan so‘ng o‘tkazilgan rentgenologik tekshiruv natijalarida sinish 
borligi aniqlanmaydi. Ayrim hollarda yumshoq to‘qimalarga qon 
kuyilganligi (gematoma)ning soyasi kuzatilishi mumkin. Lat yegan suyak 
qobig‘ida jadal ravishda periostal suyak hosil bo‘ladi va shuning hisobiga 
suyak qalinlashadi. 3-4 haftadan so‘ng rentgen tasvirida suyak ustida 
qatlam-qatlam yangi hosil bo‘lgan trabekulyar tuzilishdagi suyak soyasi 
aniqlanadi. Keyinchalik u qalin va zich suyak shaklida ko‘rinadi. Jag‘lar lat 
yegan sohada suyak qalinlashib, (giperostoz), shakli o‘zgaradi. 
Ochiq lat yeyishda shikastlangan jag‘ suyagi atrofidagi
yumshoq to‘qimalarda (tirnalgan, 
shilingan, urilib yirtilgan) yaralar bo‘ladi. Qon quyilishi natijasida 
to‘qimalar qontalash, chaynov mushaklari qo‘shilib lat yesa, 
–miozit, yallig‘lanish kontrakturasi (tirishish) kuzatiladi. Bunday jarohatda 
jag‘ning bir tomonlama sinishiga o‘xshash belgilar namoyon bo‘ladi. 
Adabiyotlarda maktabgacha bo‘lgan bolalalarda jag‘ suyagi lat 
yeganidan so‘ng sarkoma bilan asoratlangani keltirilgan. Ma’lumki, 
8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda suyak qobig‘i faol o‘sayotgan va 
shakllanayotgan davr bo‘lib, jarohat ta’sirida rivojlanishi tugallanmagan 
hujayralarda atipik o‘sish boshlanishi mumkin. 
Pastki 
jag‘ 
sinishlari 
(Fracturae ossium mandibulae) 
Pastki jag‘i singan bolaning shikoyatlari sinish lokalizatsiyasi va 
soni (bir, ikki va ko‘p)ga, bo‘laklarning holati (siljimagan yoki siljigan)ga, 
bosh miya jarohati bor– yo‘qligi singari omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Bolalar, odatda, jag‘ning urilgan joyidagi og‘riq, ovqat iste’mol qila 
olmayotganligi va og‘iz yopganda tishlar og‘rishiga shikoyat qiladilar. 


Bolalarda pastki jag‘ sinishining quyidagi uch xil turi farqlanadi: 
“Yashil novda” tipidagi yoki “majnuntol” ko‘rinishidagi 
sinishda 
suyak 
kompakt plastinkasi va unga yaqin joylashgan g‘ovak modda sinadi. Jag‘ 
ichki kompakt plastinkasining butunligi buzilmaydi. Ustidagi suyak qobig‘i 
(periost) ajralmaydi; 
Qobiq ostida (subperiostal) sinish sodir bo‘lganda – jag‘ suyagi 
butunlay (to‘liq) sinadi, ammo suyak qobig‘i butunligi sababli bo‘laklar o‘z 
joyidan siljimay qoladi. Bunday sinishda tishlam (occlusio) o‘zgarmaydi, 
bo‘laklar orasida “g‘ijirlash” (crepitatio) ham aniqlanmaydi. Ammo, 
sinish sohasida yumshoq to‘qimalar shikastlanganligi (lat yeyishi, 
qontalash, yara) sababli og‘riq paydo bo‘ladi. 
Travmatik (jarohatdan yuzaga kelgan) osteoliz pastki jag‘ 
bo‘g‘im o‘sig‘ining uzilib ketishida kuzatiladi. 
Uzilgan bo‘g‘im boshchasining so‘rilib ketish mexanizmi aniqlangan emas: 
oradan 2–3 oy o‘tgandan so‘ng rentgen tasvirida bo‘g‘im 
boshchasi to‘liq so‘rilib ketganligini aniqlash mumkin. 
Keyinchalik jag‘ning distal qismida kemtik 
hosil bo‘lib “soxta” bo‘g‘im hosil bo‘ladi va pastki jag‘ning o‘z muayyan 
harakatlari saqlanib qoladi. Agar bola emizikli davrida 
jarohatlangan 
bo‘lsa, 7–12 yoshga yetgach, 
jag‘ning bir 
(jarohatlangan) tomoni o‘sishdan 
to‘xtab qolganligini ma’lum bo‘ladi. 
Pastki jag‘ning sinishlari barcha yoshdagi bolalarda uchrashi 
mumkin: tug‘ruq 
yo‘llaridan 
o‘tayotganda– 
akusher 
bolani 
qo‘llari 
bilan 
chiqarib 
olayotganda, 
dastlabki qadamlarini tashlab, endi yurishni boshlagan vaqtda o‘z 
muvozatini saqlay olmay, dahani bilan urilib jarohatlanishi 


mumkin. 
Maktabning boshlang‘ich
sinflarida 
(7–10 yosh)
nazoratsiz ko‘ngilochar o‘yinlar davrida, o‘spirin bolalarda–
daraxtdan yiqilish, mushtlashish oqibatida ham shunday jarohatlar 
kelib 
chiqishi mumkin. Pastki jag‘ning aksariyat tana 
sohasi, so‘ng bo‘g‘im o‘sig‘i (bir yoki ikki tomonlama) sinadi. Tana 
sohasi singan 
holatdagi klinik belgilar, asosan, bo‘laklarning 
siljishiga bog‘liq. Sinish chizig‘i markaziy tishlardan 
qancha uzoq
(distal) 
joylashsa, bo‘laklarning siljishi shuncha ortadi. 
Katta bo‘lak m.mylohyiodeus, m. digastrigus, m.genio-glossus va 
genioglosus tortishish kuchi ta’sirida pastki va tashqi tomonga siljiydi. 
M.pterygoideus lateralis et medialis larning bir tomonlama qisqarishi 
hisobiga singan tomonga siljiydi. Kichik bo‘lak, jag‘ni ko‘taruvchi 
m.pterygoideus lateralis et medialis, m.masseter, m. Temporalis ning 
qisqarishi tufayli yuqoriga, oldinga va ichkariga siljiydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling