Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Tish ildizining sinishi. Aksariyat, doimiy frontal tishlarda uchraydi. 
Sut tishlar ildizlarining sinishlari ( ildiz va alveolyar o‘siq tuzilishidagi 
o‘ziga xos hususiyatlar bois) deyarli uchramaydi. 
Doimiy tishlarning sinishlari: qiya, ko‘ndalang, parchalangan 
va aralash bo‘lishi mumkin. 
Shikoyatlar: Tishdagi qimirlash og‘riq tishlanganda og‘riq 
kuchayishi, shuningdek, milkdagi shishga bo‘lishi mumkin. 
Klinik manzarasi: sinish chizig‘i tish ildizining qaysi qismidan 
o‘tganligiga, pulpaning ochilib qolishi va bo‘laklar holati (siljishi)ga 
bog‘liq. Ildizi singan ayrim tishlarning toj qismi, pulpasiga qon quyilgani 
bois, pushti yoki qizg‘ish tus oladi. Singan tish qimirlab qoladi, sinish 
chizig‘i ildiz uchiga qancha yaqin bo‘lsa, qimirlash darajasi shuncha kam 
bo‘ladi. Chap qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ini ildiz proeksiyasiga qo‘yib, tish 
tojini sagittal (old-orqa) tekislikda qimirlatib, tishning sinish sohasini 
aniqlash mumkin. Agar tish ildizi sinmagan bo‘lsa, uning ildiz butun 
bo‘ylab qimirlashi tishning qisman (to‘liq bo‘lmagan ) chiqishidan dalolat 


beradi. 
Aniq tashhis (dental) rentgenologik tekshiruvdan so‘ng qo‘yiladi. 
Odatda, sinish chizig‘i aniq ko‘rinadi va shunga asoslanib davolash rejasi 
tuziladi. 
Jag‘ suyaklari jarohatlari Bolalarda 
jag‘ suyaklarining sinishi va bitishi ularning yoshi kattalasha 
borgani sari anatomik – topografik tuzilishidagi hususiyatlarining o‘zgarib 
borishi bilan bog‘liq: yuqori va pastki jag‘larda sut tishlari va doimiy 
tishlar kurtaklari hamda 
o‘sish zonalarining 
borligi, 
ularning 
mustahkam bo‘lmaganligi, 
g‘ovak 
moddaning 
ko‘pligi, 
kortikal 
qatlamning yupqaligi, 
suyakning 
kuchsiz 
minerallanganligi ularni kattalar suyagi tuzilishidan ajratib turadi. 
Bolalar yuz-jag‘ suyaklari elastiklik, ya’ni egiluvchanlik 
hususiyatiga ega. Suyak qobig‘i (periosteum) qon-tomirlari qalin turi bilan 
yaxshi ta’minlangan va cho‘ziluvchan bo‘lib, mexanik kuch ta’siriga 
chidamlidir. 
Kichik va maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarda aynan shu 
hususiyatlar suyaklarni himoyalaydi va, binobarin,bolalar nisbatan ko‘p 
yiqilib, urilsalar ham, har gal sinishlar sodir bo‘lavermaydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling