Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shikoyatlar
Tishlarning travmatik chiqishi. Hamma yoshda uchraydi. Sut
tishlari qattiq to‘qimalarining mustahkamligi - doimiy tishlarga nisbatan, kamroq bo‘lganligi bois sut tishlar zarb ta’sir kuchiga nisbatan zaifroq bo‘ladi. Tish rivojlanishining turli, bosqichlarida ham jarohatlar ko‘lami har xil bo‘ladi. Rivojlanishi tugallangan tishlar, shakllanishda davom etayotgan tishlarga nisbatan zarb ta’siriga turg‘un (chidamli) bo‘ladilar. Suyak ichida mustahkam o‘rnashmaganligi bois, tishlar chiqishi, zarb tushgan soha uning kuchi va yo‘nalishga bog‘liq. Zarb kuchi ta’sirida, tishni katakchada ushlab turgan periodont tolalar uziladi yoki cho‘ziladi, natijada tish uch yo‘nalishda siljiydi: vertikal (okklyuzion tekislikka nisbatan yuqoriga (ekstruziya) yoki pastga (suyak ichiga–intruziya) yoki o‘z o‘qi atrofida aylanib suriladi): saggital –oldinga (vestibo‘lyar) yoki ichkariga (oral) (og‘iz bo‘shlig‘i tomon); transverzal– yonidagi tishlar tomon; Alohida tishning chiqishi, ildizi sinib chiqishi, alveolyar o‘siq suyagi bilan birga sinib chiqishi farqlanadi. O‘zi joylashgan katakchaga nisbatan, tish noto‘liq chiqqan yoki katakchadan butunlay (to‘liq) chiqib ketgan yoki katakcha devorlarini kengaytirib, jag‘ tanasiga “qoqilgan” bo‘lishi mumkin. Shikoyatlar: tishning qimirlab turishi, balandroq (katta) yoki kaltaroq (qoqilganligi sababli) og‘iz ichiga yoki tashqariga yotib qolishi shuningdek, og‘riq tufayli tishlarni bir-biriga tekkizib bo‘lmasligiga. Qiyosiy tashxis: alveolyar o‘siqning sinishi, diastema holatidagi tishlar, tishlar almashinuvi davridagi qimirlash, parodontitli tishlar, tishlarning o‘z o‘rnida joylashmaganligi (anomaliya) holatilar bilan solishtirgan holda o‘tkaziladi. Davolash. Chiqib ketgan tish katakchaga, (joyiga) tushiriladi ya’ni repozitsiya qilinadi. Muolaja bolaning yoshi, ruhiy holati, istagidan kelib chiqib, mahalliy yoki umumiy og‘riqsizlantirish ostida bajariladi. Tish o‘z o‘rniga joylashtirilib, so‘ng silliq tekis shinaga bog‘lab mahkamlanadi. Agarda bog‘lash imkoni bo‘lmasa, qolip olinadi va o‘zi qotuvchi plastmassadan shina- kappa tayyorlanib, taqiladi. Travmatik chiqqan tish va uning yonidagi (doimiy yoki ildiz uchi surilishi boshlanmagan sut), 2-3 ta tishlar qo‘shib shiniga bog‘lanadi. Ildiz uchlarida so‘rilish alomatlari aniqlansa, jarohatlangan tish olib tashlanadi. Asoratlar: shikastlangan tishning qon- tomir –nerv tutami uzilishi ya’ni nobud bo‘lishi; o‘tkir travmatik periodontit rivojlanishi; ildiz uchi shakllanishdan to‘xtab qolishi yoki noto‘g‘ri o‘rnashib, tish katakchasi suyagi bilan birikib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling