Burun suyaklari sinishi
Burun suyaklarining sinishi bolalarda kam uchraydi.
Ustki
yumshoq to‘qimalari shikastlanmagan holda burun suyaklari singan,
aksariyat bemorlar LOR bo‘limlarida davolanadilar.
Agar yuz yumshoq
to‘qimalari va yuz-jag‘ suyaklari bilan birgalida burun suyalari ham
singan bo‘lsa, bunday bemorlar jarrohlik stomatologiyasi bo‘limida
davolanadilar.
Shikoyatlari –
burundan qon kelishi, nafas olish
qiyinlashganligi va burun shaklining buzilganligiga bo‘ladi.
Klinik manzarasi: Bola davolash
muassasasiga yetkazilganda,
burundan qon ketishi to‘xtagan bo‘ladi. Ko‘zdan kechirilganda burun bir
tomonga
qiyshaygan, ustidagi yumshoq to‘qimalarda har xil darajadagi
(shilingan,
ezilib-yirtilgan)
jarohatlar
bo‘lishi
mumkin.
Burun
paypaslanganda, suyaklar
“
g‘ijirlashi” seziladi. Burun asosi siljigan bo‘lib, yuqori jag‘ning
peshona
o‘sig‘i ustidagi teri ostida krepitatsiya (emfizema) sezilsa, g‘alvirsimon
suyak singanligidan dalolat beradi. Rentgenologik va KT tekshiruvlaridan
aniq ma’lumot olish mumkin.
Tashxis qo‘yishda yuqorida keltirilgan belgilarni yuqori jag‘ va
bosh suyagi asosining sinishi bilan( qiyoslab) tashxislash