Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Davolash: Bolalarda yuqori jag‘ sinishlari aksariyat hollarda bosh 
miyaning yopiq jarohati bilan birgalikda yuzaga kelishi tufayli davolash 
rejasini nevropatolog, neyroxirurg mutaxassislar bilan hamkorlikda tuzishni 
taqazo etadi. Yuqori jag‘ sinishida bosh miya chayqalishi kuzatilsa, bola 
statsionarga (kamida 4 kunga) yotqizilishi shart, ko‘rsatmalar mavjud 
bo‘lsa, tinchlantiruvchi, uxlatuvchi dorilar ichiriladi, mushak orasiga 
25% MgSO
4
magneziy sulfat 2,5% laziks eritmalari; vena ichiga 
tomchilab 10% kalsiy xlorid, 40 % glyukoza eritmasi 


yuboriladi. Yumshoq to‘qimalar va suyakda yiringli yallig‘lanish 
rivojlanishi hamda 
bola 
organizmi 
zaharlanishining 
oldini 
olish 
uchun antibakterial, dezintoksikatsiyalovchi va 
shuningdek, reaktivlikni oshiruvchi dori vositalari kiritiladi. 
Bola 
yetarlicha darajada 
quvvatlanishi 
uchun oqsil, 
vitamin va minerallarga boy ovqatlarni muntazam 
ravishda iste’mol qilishi lozim. 
Mahalliy davolash rejasi, jarohat olgan bolaning umumiy 
holatini hisobiga olgan holda tuziladi. 
Dastlabki ko‘rikdan so‘ng, yuz-jag‘ sohasi jarrohi, pediatr, 
nevropatolog 
va anesteziolog boshqa mutaxassislar ishtirokida 
bolaning umumiy ahvoliga baho 
berib,
(joiz bo‘lsa, umumiy 
og‘riqsizlantirish
ostida), 
birlamchi
jarrohlik 
ishlovining
hajmi 
aniqlanadi.
Birlamchi 
jarrohlik 
ishlovi 
davomida 
yarada taftish 
o‘tkaziladi, 
mayda bo‘laklar va
yot 
jismlar olib tashlanadi. 
Singan suyaklar repozitsiya qilinib
maxkamlanadi, 
yumshoq to‘qimalarga 
qavatma-qavat choklar qo‘yiladi. Bo‘laklarni jarrohlik usuli yordamida 
mahkamlashga ko‘rsatma bo‘lsa, osteosintez operatsiyasi o‘tkaziladi. 
Yuqori jag‘ suyagi sinishidan qat’iy nazar, singan bo‘lak sinish chizig‘idan 
yuqori sohaga, bosh suyagining qimirlamaydigan qismiga mahkamlanadi. 
Yuqori jag‘ bir joyidan singanda, ikkala jag‘ tishlariga simdan bukilgan 
shina o‘rnatiladi va ular bir 
biriga mahkamlanadi. Lefor bo‘yicha 
pastki 
tipdagi 
sinishda ortodontik apparatlar, Vankevich, Port 
shinalari, individual shina qoshiq og‘iz tashqarisidagi moslama vositasida 
boshdagi bog‘lamga mahkamlanadi. 
Asoratlar: yiringli yallig‘lanish, abssess, flegmona, osteomielit, 
sinusitlar, meningit, sepsis, 


mediastenit, kech asoratlar–(prikus) tishlam deformatsiyasi, yuz o‘rta 
zonasi shaklining buzilishi, gaymorit, tishlar chiqish jarayonining kechiqishi 
kabilardan iborat. 
Yuqori jag‘ sohasi jarohatlangan bolalar dispanser (jarroh, ortodont 
va bolalar stomatologi) nazoratida bo‘lishlari kerak. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling