Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Yonoq yoyi singanda, uning bo‘laklari ichkariga siljiydi, shuning 
uchun dastlabki soatlarda yumshoq to‘qimalar “cho‘kkandek” bo‘lib 
ko‘rinadi, shish hosil bo‘lganidan so‘ng esa, ko‘rinmay qoladi. Og‘iz 
ichidan yonoq alveolyar qirrasini paypaslab,”zinapoya” belgisini aniqlash 
mumkin. 
Tashxis anamnez (morbi), klinik manzara va rentgenologik 
tekshiruv natijalari–yuz skeletining aksial proeksiyada olingan tasvirida: 
yonoq suyagi ko‘z kosasining pastki cheti, yonoq alveolyar qirra va 
sohalaridagi yonoq yoyi suyak yaxlitligida uzilish borligi xamda 
“zinapoya” belgisi mavjudligi asosida ko‘yiladi. Yonoq suyagi 
singanda, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i devorlari butunligi buziladi. Shilliq 
pardasi yirtilganligi uchun yuqori jag‘ bo‘shlig‘i qonga to‘ladi. Rentgen 
tasvirida gemosinus holati aniqlanadi. 
Davolash – statsionar sharoitida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
Yonoq suyagi “cho‘kkan” bo‘lsa, repozitsiya umumiy og‘riqsizlantirish 
ostida o‘tkaziladi. Jarohatning birinchi kunlarida repozitsiya qilish uchun 
og‘iz ichidan raspator yordamida yoki tashqaridan Limberg ilmog‘i bilan 
yonoq suyagi “ko‘tariladi” va bunda odatda suyak qirsillashi, bo‘laklarning 
o‘z joylariga tushishlari seziladi. 
Agar yonoq suyagi, yuqori jag‘ bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘lsa, 
Kolduel-Lyuk usulida radikal gaymorotomiya o‘tkaziladi. Yuqori jag‘ 
bo‘shliqlaridan qon quyqalari va mayda suyak bo‘laklari olib tashlanadi, 
so‘ng yonoq suyagi repozitsiya qilinadi. Bo‘shliq 


yodoformli doka tasmasi bilan to‘ldiriladi, tampon uchi pastki burun 
yo‘liga chiqariladi. Operatsiyadan keyingi davrda antibakterial va 
yallig‘lanishga qarshi davolash o‘tkaziladi. 
Asoratlar jarohat o‘z vaqtida tashxislanib, suyak bo‘laklari 
repozitsiyasi o‘tkazilmasa, yonoq yoyi va suyagi noto‘g‘ri holatda bitib, 
yuzning shakli shamoili o‘zgaradi. Ko‘zlar bitta jismni “ikkita” ko‘radi 
(diplopiya) va uzoq vaqtgacha ko‘z osti sohasidagi sezuvchanlik yo‘qoladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling