Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Klinik manzarasi: sinish chizig‘i tish tojidan o‘tgan sohasiga 
bog‘liq bo‘lib, pulpa ochilmagan bo‘lsa, og‘riqqa shikoyat bo‘lmaydi. Tish 
toji, emal va dentin shikastlanib pulpa bo‘shlig‘i ochilgan sinishda, 
pulpitga xos og‘riq paydo bo‘ladi. 
Tishning toj qismi butunlay uzilib ketgan bo‘lsa, pulpitga xos og‘riq 
bilan bir vaqtda, o‘tkir travmatik periodontitga xos og‘riq ham paydo 
bo‘lishi mumkin, chunki jarohatlovchi zarbning mexanik ta’sir etuvchi 
kuchini periodont to‘qimasi qabo‘l qiladi. 
Rentgen tasvirida emal, dentin to‘qimalarida pulpa bo‘shlig‘i 
ochilib yoki ochilmay o‘tgan sinish chizig‘i ko‘rinadi. Tish ildizi uchining 
har xil bosqichdagi shakllanishi aniqlanadi. Periodont to‘qimasi (agar tish 
jarohatgacha sog‘ bo‘lgan bo‘lsa) o‘zgarishsiz bo‘lishi mumkin. 
Davolash. Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan tartibda 
o‘tkaziladi. 
Bolalarda doimiy tishlarning sinishlarini davolash 
algoritmi jadvalda 
keltirilgan. 
Tish sinishlarini davolash algoritmi 
 
Singan tish tojining o‘tkir qirralarini silliqlash. Plomba 
yoki qo‘shimcha (ortopedik usulda tayyorlangan) 
moslamalar 
bilan 
tish 
toji 
shaklini 
tiklash 
(restavratsiya). 
Pulpitni biologik usul bilan davolash, tish toji shaklini 
plomba yoki qo‘shimcha (ortopedik usulda tayyorlangan) 
moslama bilan tiklash. 
Anesteziya ostida pulpani olib tashlash (exterpacio), 
endodontik usullar bilan davolab, tish toji shaklinini 
plomba, qo‘shimcha (ortopedik usulda tayyorlangan) 
moslama yoki sun’iy qoplama bilan tiklash. 
Mahalliy anesteziya ostida pulpani olib tashlash; shtift 
o‘rnatib, tish toj qismi tiklash shaklini. 


I. Tish toj qismining sinishi: 
A. 
Qisman 
(to‘liq 
bo‘lmagan) sinishi 
a) pulpa ochilmasdan 
b) 
Pulpa 
qisman 
ochilishi bilan 
v) Pulpa to‘liq ochilishi 
bilan 
B. To‘liq sinishi 
II. 
Tish 
ildiz 
sohasining 
sinishi: 
A. Ildiz 
uchi (apex radicis 
dentis)ning sinishi 
B. 
Ildiz 
o‘rta 
sohasining 
sinishi 
a) qon-tomir nerv tutami 
uzilmagan holatda 
b) qon-tomir nerv tutami 
uzilgan holatda 
EOD o‘tkazish, pulpa “nobud bo‘lgan” bo‘lsa, mahalliy 
anesteziya ostida pulpani exterpacio qilish; tish kanalini 
plombalash; singan ildiz uchini operatsiya yo‘li bilan olib 
tashlash. 
Pulpa 
“saqlanib” 
qolgan 
bo‘lsa, 
tishni 
immobilizatsiya qilib, dinamik ravishda kuzatish. 
Tishni plastmassa kappa bilan 4-5 hafta davomida 
immobilizatsiya qilish; odatda, bo‘laklar shu vaqt ichida 
sement va odontoblastlardan hosil bo‘lgan ikkilamchi 
dentin to‘qimasi hisobiga birikadilar. Pulpa ekstirpatsiya 
qilinib, endodontik davolash o‘tkaziladi va po‘lat shtift, 
yoki ortodontik sim ildiz kanaliga kiritilib, bo‘laklar 
mahkamlanadi. Sement bo‘laklar orasiga kirib ketmasligi 
uchun, ular bir- biriga 
yaqinlashtirib, 
mahkam
siqiladi, 
keyin sement surtilgan shtift 
tish kanaliga o‘rnatilib, mahkam siqilgan holda 
qotguncha ushlab turiladi. Sement
qotganidan 
so‘ng 
tish qo‘shimcha 
immobilizatsiya qilinadi. Pirovard natijada, tish qimirlab 
qolsa yoki oqma yo‘li hosil bo‘lsa, u olib 
tashlanadi. 
III. Tishning bo‘ylama (uzunasiga 
yoki bo‘yiga, balandligi bo‘yicha va 
qiya) sinishlari 
Tish olib tashlanadi (extrakcio dentis) 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling