Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1427399
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6

Alveolyar o‘siqning sinishi jag‘larning sinishi orasida eng ko‘p 
uchraydi. Alveolyar o‘siqning sinishi ko‘proq 8-11 yoshdagi bolalarda 
uchraydi. Bu yoshdagi bolalarda tish qatoridagi nuqsonlar (sut tishlari 
tushib, o‘rniga doimiy tish chiqmaganligi) va suyakning shakllanishi 
tugallanmaganligi (doimiy tish kurtaklarining joylashganligi) alveolyar 
o‘siqning zarbga mustahkamligini pasaytiradi. Bu davrda bolalar o‘ta 
serharakat bo‘lib, (rolikli konkida uchish, nazoratsiz sport mashg‘ulotlarida 
ishtirok etish tufayli) ko‘pincha ularning o‘zlari shikastlanishga sababchi 
bo‘ladilar. 
Jag‘ning singan frontal bo‘lagi, juda ham qimirlashi (to‘liq 
singanda), bir oz qimirlashi, yoki o‘z joyidan surilib (og‘iz ichiga, yonga, 
oldinga) egilib qolishi 
mumkin. Og‘iz 
bo‘shlig‘i ko‘zdan kechirilganda 
shilliq 
parda 
yirtilganligini, shuningdek, tishlar chiqqan yoki singanligini ko‘rish 
mumkin. Agar bunda doimiy tish kurtaklari shikastlangan bo‘lsa, 
keyinchalik ular nekrozga uchrashi ham mumkin. Alveolyar o‘siq 
siljiganligi sababli prikus buziladi, tishlar bir biriga tegmaydi. Ayrim 
hollarda (alveolyar o‘siqlar) yuqori va pastki jag‘da birgalikda barobar 
sinadi (masalan, velosipeddan, arg‘inchoqdan yiqilgan vaqtda). 
Yuqori jag‘ning sinishlari bolalarda kalla suyalari va bosh miya 
jarohatlari 
bilan 
birgalikda 
uchraydi. 
Bunday 
jarohatlar 
bola 
balandlikdan (tomdan, daraxtdan) yiqilganda yoki yo‘l transport 
hodisalarida uchraydi. Shu sababli, bunday jarohatlar kalla qutisining 
asosi, ko‘z kosasi, yonoq, burun, suyaklari va pastki jag‘ning sinishlari 
bilan birgalikda uchraydi. 


Jarohatlangan bolaning umumiy ahvoli og‘ir bo‘ladi. Tashxis 
ko‘yish uchun tekshiruvlardan o‘tkazish murakkablashadi, ammo o‘z 
vaqtida tashxis qo‘yib, suyak bo‘laklari repozitsiya qilinsa, qon ketishi 
to‘xtatiladi, shok holati, o‘pka va bosh miyada yuzaga keladigan xamda 
infeksion asoratlarning oldi olinadi. 
Bolalarda 
jag‘lar 
sinishini 
tashxislashda 
bir 
qator 
qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
Bolalardan anamnez yig‘ish, jarayonida ular jarohat mexanizmini 
va o‘zlarida kechayotgan o‘zgarishlarni to‘g‘ri tahlil qilib, tushuntirib bera 
olmaydilar. 
Jarohatdan so‘ng qisqa vaqt ichida yuzaga kelgan shish (solqish) 
tufayli suyaklarni paypaslab bo‘lmaydi. 
Bolalar o‘zlarini bezovta, noadekvat to‘lganliklari bois, rentgen, 
MRT, KT tekshiruvlarini o‘tkazish qiyinlashadi. 
Tashxis uchun ishonchli aniq ma’lumotni renten tasviridan olish 
mumkin. 
Rentgenologik 
tekshiruv 
ikki 
tekislikda–yon 
va 
old 
proeksiyalarda, bo‘g‘im o‘sig‘i singanligini aniqlash uchun esa Shuller yoki
Parma usulida yuqori va pastki 
jag‘larning 
ortopantomografiyasi o‘tkaziladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling