Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi
Bolalarda jag‘ sinishlarini jarrohlik usuli bilan davolash
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6
Bolalarda jag‘ sinishlarini jarrohlik usuli bilan davolash
Jarrohlik usuli bolalarda jag‘ suyaklarining sinishlarini davolash uchun qat’iy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina o‘tkaziladi va ular quyidagilardan iborat: 1. Bo‘laklarni fiziologik holatda mustahkam turishini ta’minlash lozim bo‘lgan hollar; 2. Suyaklarning parchalanib sinishi; 3. Pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining bo‘laklar siljishi kuzatilgan sinishlari. Jarrohlik usullari bilan bo‘laklarni mahkamlash deyarli kattalardagi singari bajarilib, bolalarda ba’zi o‘ziga xos hususiyatlar mavjud. Bugungi kunda bo‘laklarni mahkamlash uchun bioinert materiallar (titan, po‘lat, sirkoniy) dan tayyorlangan moslamalar: mini – plastinalar hamda har xil diametr va shakldagi “o‘zi” kesib kiruvchi vintlardan keng foydalanilmoqda. Bo‘laklarni mahkamlash uchun monokortikal (suyakning tashqi (bitta) kortikal plastinkasini teshib) kesib kiruvchi vintlar ishlatiladi: Ularning bikortikal vintlardan afzalligi shundaki, ular doimiy tishlarning kurtaklarini shikastlamaydi. Mini - plastinkalar va vintlar bilan o‘tkazilgan osteosintez simli choklarga nisbatan mustahkam bo‘lib, jag‘ bo‘laklarini ishonchli mahkamlaydi. Suyak bo‘laklari bir biri bilan birikib ketgandan so‘ng, mini plastina va vintni olib tashlash talab etiladi, chunki ular jag‘larning o‘sish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek,–to‘qimalarda uzoq vaqt qolgan (metall) plastina korroziyaga uchrashi ehtimoldan holi emas. Kattalardan farqli o‘laroq bolalarda singan suyak bo‘laklari nisbatan qisqa muddatlarda bitadi. Birlamchi biriktiruvchi to‘qima va osteoid qadoq qisqa vaqt ichida shakllanadi. Ammo hosil bo‘layotgan suyak qadog‘ining suyakka o‘tish evolyusiyasi davrining davomiyligi kattalarda kechadigan muddat bilan bir xil o‘tadi. Shuning uchun bo‘laklarni immobilizatsiya qilish muddatini qisqartirish mumkin emas. Shinalar barvaqt (muddatidan ilgari) yechilsa, suyaklanmagan qadoq (ikkilamchi suyak) chaynov mushaklari faoliyati ta’sirida egilib, ikkilamchi shakl buzilishiga olib keladi. Bolalarda sinish chizig‘i sohasida joylashgan tish yoki tish kurtagi singan bo‘laklarning birikishiga ta’sir etishi mumkin. Agar tish kurtagining qobig‘i yorilsa, u nekrozga uchraydi va jag‘ osteomieliti rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Sinish chizig‘ida joylashgan tishda karies asoratlari bo‘lsa yoki u bo‘laklarni bir– biriga yaqinlashtirishga xalaqit bersa, olib tashlanadi. Bolaning salomatligi bo‘laklarning bitish muddatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, 7–9 yoshdagi bolalarda bu jarayon o‘spirinlarga qaraganda tezroq kechadi. Raxit, sil va boshqa surunkali kasalliklar bilan xastalangan, shuningdek, ikkilamchi immun tanqisligi bo‘lgan bolalarda suyaklar bitishi muddati uzayadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling