Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori jag‘ sinishi (Fracturae os maxillae)
- Shikoyatlari
- Klinik manzara.
Travmatik osteomielitni davolash. O‘tkir va surunkali travmatik
osteomielit ham odontogen osteomielitni davolash prinsiplari asosida davolanadi. Travmatik osteomielitning asoratlari quyidagilardan iborat: Ikkilamchi adentiya–jarohat tufayli tishlarning to‘liq chiqib ketishi; bo‘laklar repozitsiyasiga xalaqit berganligi uchun tishning olinishi; doimiy tishlar kurtagining nekrozga uchrashi; shuningdek travmatik giperostoz, ikkilamchi deformatsiyalovchi osteoartroz, pastki jag‘–chakka bo‘g‘imi ankilozi. Yuqori jag‘ sinishi (Fracturae os maxillae) Bolalarda yuqori jag‘ sinishi kam uchraydi va, odatda, og‘ir jarohatlanish natijasida yuzaga keladi. Yuqori jag‘ sinishi bolalarda ham Le For bo‘yicha tasniflanadi. Ammo bolalardagi yuqori jag‘ tuzilishiga xos hususiyatlar va jarohatlanish mexanizmi o‘zgacha bo‘lganligi uchun sinishlar Le For tasnifiga hamma hollarda ham mos tushavermaydi. Bolalarda yuqori jag‘ jarohatlari yonoq yoyi, yonoq suyagi va burun suyaklarining sinishlari bilan birgalikda. Bolalarda Le For bo‘yicha, odatda, faqat bir holat ya’ni pastki– alveolyar o‘siq asosi (Geren chizig‘i) bo‘ylab sinish kattalarga monanddir. Shikoyatlari: yuqori jag‘ sohasidagi og‘riq; yumshoq to‘qimalardagi shish; og‘iz, burun, quloqdan qon ketishi; tishlarni jipslashtira olmaslik; bosh og‘rig‘i; ko‘ngil aynishi va qo‘sishga bo‘ladi. Klinik manzara. Yuqori jag‘ sinishlari bosh miyaning yopiq jarohati bilan kechgani uchun bolaning umumiy ahvoli og‘ir bo‘ladi. U atrofdagilarga befarq, rangi oqargan, yuqori labi, ko‘z osti sohalari, burun atrofi to‘qimalari qontalash shishadi. Ayrim bolalarda yumshoq to‘qimalar lat yeyishi, shilinishi, ezilib- yirtilgan yara kuzatilishi mumkin. Yuzi “cho‘zilgandek” ko‘rinadi, qontalash (gematoma) qovoqlar, yonoq va ko‘z kosasi va to‘r pardaga tarqalib, “ko‘z oynak” belgisi (simptomi) namoyon bo‘ladi. Bosh suyagining asosi singan bo‘lsa kech, “ko‘z oynak” belgisi 24-48 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida: alveolyar o‘siqni qoplovchi shilliq pardaning zarb tushgan sohalari yirtilgan, atrofi qontalagan, tishlar singan yoki qoqilib kirib ketgan yoki “chiqqan”, jag‘da (jism teshib kirgan) nuqson bo‘lib, burun yoki yuqori jag‘ bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Paypaslanganda, jag‘ qimirlab qolgan. Ikki barmoqni qanotsimon o‘siqlarning ilmog‘iga qo‘yib, yuqoriga tomon bosilganda, yuqori jag‘ sinish chizig‘i sohasida og‘riq og‘riq (Geren belgisi) paydo bo‘ladi. Tashxis qo‘yish uchun: shikoyatlar, anamnez, ob’ektiv ko‘rik va rentgenologik tekshiruv ma’lumotlari tahlil qilinadi. Yuqori jag‘ tuzilishi murakkabligi, bir necha suyaklar bilan birikkanligi, shuningdek, tekshiruvda bolaning tinch holatda turishini ta’minlash mushkul bo‘lganligi bois, rentgenologik tekshiruv bir necha proeksiyalarda va har hil usullar yordamida o‘tkaziladi: Ortopantomografiya, kompyuter tomografiyasi, MRT, spiral KT. Ulardan olingan ma’lumotlar asosida yuqori jag‘ sinishlarini yuqori darajada aniqlik bilan tashxislash mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling