ko‘rinishi deb baholash lozim.
Ayrim hollarda yumshoq to‘kimalarda
travmatik osteomielitga xos
bo‘lgan o‘tkir yiringli o‘choqlar rivojlanmay, yallig‘lanish jarayonlari sust
kechib, sinish chizig‘i va olingan tish o‘rnida oqma yo‘l shakllanishi
mumkin.
2–3 haftadan so‘ng rentgenologik
tekshiruv yordamida suyakda
destruksiya o‘choqlari va mayda sekvestrlar mavjudligi aniqlanadi.
Surunkali travmatik ostiomielitni tashxislash murakkab emas. Sust
kechayotgan destruktiv va
proliferativ
jarayonlar
natijasida
jag‘
suyagi
qalinlashadi.
Patologik
jarayonlar
sohasida
joylashgan
tish
kurtaklari zararlanib, nobud bo‘ladi (nekrozga uchraydi).
Og‘iz bo‘shlig‘iga oqma yo‘l ochilib, yiring ajraladi.
Rentgen
tasvirida suyak qobig‘idan hosil bo‘lib, singan bo‘laklarni (sinish
chizig‘ini) o‘rab olgan “yosh” suyak to‘qimasini ko‘rish mumkin. Suyak
bo‘laklarining chetlari yemirilib, sinish chizig‘ining aniq tasviri yo‘qoladi.
Shikastlangan doimiy tish kurtagi atrofida suyakda destruktiv o‘zgarishlar
kechib, u o‘zining aniq chegarlarini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: