Bosh va yuz-jag sohasi ko‘shma shikasti. Klinikasi, diagnostikasi, davolashda shifokor stomatolog taktikasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy 0959357683087056e4c55a41d33241a6
Davolash: Bolalarda yuqori jag‘ sinishlari aksariyat hollarda bosh
miyaning yopiq jarohati bilan birgalikda yuzaga kelishi tufayli davolash rejasini nevropatolog, neyroxirurg mutaxassislar bilan hamkorlikda tuzishni taqazo etadi. Yuqori jag‘ sinishida bosh miya chayqalishi kuzatilsa, bola statsionarga (kamida 4 kunga) yotqizilishi shart, ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, tinchlantiruvchi, uxlatuvchi dorilar ichiriladi, mushak orasiga 25% MgSO 4 magneziy sulfat 2,5% laziks eritmalari; vena ichiga tomchilab 10% kalsiy xlorid, 40 % glyukoza eritmasi yuboriladi. Yumshoq to‘qimalar va suyakda yiringli yallig‘lanish rivojlanishi hamda bola organizmi zaharlanishining oldini olish uchun antibakterial, dezintoksikatsiyalovchi va shuningdek, reaktivlikni oshiruvchi dori vositalari kiritiladi. Bola yetarlicha darajada quvvatlanishi uchun oqsil, vitamin va minerallarga boy ovqatlarni muntazam ravishda iste’mol qilishi lozim. Mahalliy davolash rejasi, jarohat olgan bolaning umumiy holatini hisobiga olgan holda tuziladi. Dastlabki ko‘rikdan so‘ng, yuz-jag‘ sohasi jarrohi, pediatr, nevropatolog va anesteziolog boshqa mutaxassislar ishtirokida bolaning umumiy ahvoliga baho berib, (joiz bo‘lsa, umumiy og‘riqsizlantirish ostida), birlamchi jarrohlik ishlovining hajmi aniqlanadi. Birlamchi jarrohlik ishlovi davomida yarada taftish o‘tkaziladi, mayda bo‘laklar va yot jismlar olib tashlanadi. Singan suyaklar repozitsiya qilinib maxkamlanadi, yumshoq to‘qimalarga qavatma-qavat choklar qo‘yiladi. Bo‘laklarni jarrohlik usuli yordamida mahkamlashga ko‘rsatma bo‘lsa, osteosintez operatsiyasi o‘tkaziladi. Yuqori jag‘ suyagi sinishidan qat’iy nazar, singan bo‘lak sinish chizig‘idan yuqori sohaga, bosh suyagining qimirlamaydigan qismiga mahkamlanadi. Yuqori jag‘ bir joyidan singanda, ikkala jag‘ tishlariga simdan bukilgan shina o‘rnatiladi va ular bir biriga mahkamlanadi. Lefor bo‘yicha pastki tipdagi sinishda ortodontik apparatlar, Vankevich, Port shinalari, individual shina qoshiq og‘iz tashqarisidagi moslama vositasida boshdagi bog‘lamga mahkamlanadi. Asoratlar: yiringli yallig‘lanish, abssess, flegmona, osteomielit, sinusitlar, meningit, sepsis, mediastenit, kech asoratlar–(prikus) tishlam deformatsiyasi, yuz o‘rta zonasi shaklining buzilishi, gaymorit, tishlar chiqish jarayonining kechiqishi kabilardan iborat. Yuqori jag‘ sohasi jarohatlangan bolalar dispanser (jarroh, ortodont va bolalar stomatologi) nazoratida bo‘lishlari kerak. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling