Boshi boshqaruv madaniyatining
Tashkilotlarda hamkorlik munosabatlarini tashkil etish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu IM
Tashkilotlarda hamkorlik munosabatlarini tashkil etish
Rivojlanib borayotgan global raqobat sharoitida har bir tashkilot o’zining puxta ish uslubiga hamda strategik, taktik yo’nalishlariga ega bo’lishi talab etiladi. Bu esa o’z navbatida tashkilotlarning raqobatda “jon saqlab qolish”ida hamkorlik qilishga turtki beradi.. “3M” kompaniyasining dental mahsulotlar bo’limida tadqiqotchi olim Sumita Mitra shunday qoplama ishlab chiqarishga yordam berdiki, bu qoplama tish qobig’ini va nur yordamida o’rnatiluvchi tsement materiallarini himoya qiladi. Shunga qaramasdan, kosmetik stomatologiya ommalashgani uchun, u stomatolog xohlagan darajadagi kuch va tabiiylikka ega bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun imkoniyat seza boshladi. Mitra dastavval 3M kompaniyasining 7000 ga yaqin mutaxassislar yozigan ma’lumotlar bazasiga murojaat qildi. Garchi ma’lumotlar ba’zasi bilimlarni butun kompaniya bo’ylab o’rtoqlashishga imkon bermasa-da, “haqiqiy hamkorlik ishlari asosan yuzma-yuz, TechForum tomonidan 6 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 298-299-bet. 40 moliyalashtirilgan forumlarda yuz buradi. Bu forum butun dunyodagi olimlarni bir-biriga bog’laydi”. Bu erda esa Mitra kompaniyaning boshqa bo’limlaridagi mutaxassislarga tegishli kerakli ma’lumotlarni topa oldi. 3M kompaniyasining tadqiqotchilarni bog’lovchi o’z sayti ham bo’lib, Mitra buni “3M tadqiqotchilari uchun yaratilgan LinkedIn”sifatida tasvirlaydi. Tadqiqot markazi va Forum Mitraning tadqiqoti uchun foydali bo’ldi. O’z tadqiqotlarini boshlaganidan 3 yil o’tib, 3M kompaniyasi Filtek Supreme Plus ni taqdim qildi, bu juda kuchli, yorqin material bo’lib, ilk marotaba u o’zida nanoqismlarni mujassamlashtirdi. 3M kompaniyasida, ishchilar o’zaro hamkorlik qiladilar va muvaffaqiyatlariga qarab ko’tariladilar. Kompaniya tadqiqotchilari o’rtasidagi bunday hamkorlik qator yangiliklarning ochilishiga olib keldi. Aytish mumkinki, bugungi kunda ishlash jarayoni butkul o’zgarib ketdi. Garchi vazifalarning samarali bajarilishi muhim bo’lishiga qaramasdan, tashkilotlar uning qanday bajarilishiga ham moslasha olishi kerak. Tan olish kerakki, bugungi kunda innovatsiyani tezlik bilan o’rganish va uni bozorda qo’llash juda ham muhim ahamiyatga egadir va bu bilan siz nima uchun buyruqbozlik zanjiriga asoslanuvchi yuqoridan pastga qarab qaror qabul qilish tizimi yaxshi ish bermasligini tushunib olasiz.3M kabi ko’pgina tashkilotlar o’zlarida ishchilar o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqdalar. 11-3 jadval hamkorlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlarini ifoda etadi.Hamkorlik ichki bo’lishi (tashkilot ichidagi ishchilarning orasida) yoki tashqi (har qanday aktsioner bilan) bo’lishi mumkin. Har ikki holatda ham, ishchilar hamkorlik qanchalik tashkilotning strukturasiga to’g’ri kelishini va hamkorlikda ishlash bilan bog’liq muammolarni anglab olishlari zarur. Hamkorlikning har bir turiga alohida nazar solib chiqaylik. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling