Boshi boshqaruv madaniyatining
Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu IM
Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari
7 Ijobiy tomonlar Salbiy tomonlar kommunikatsiya va koordinatsiyaning kuchayishi; innovatsiyaning o’sishi; kompleks muammolarni yechish uchun imkoniyatning ortishi; ma’lumotlar va eng yaxshi amaliy ishlar bilan bo’lishish. Shaxslar o’rtasida nizoning yuzaga kelishi ehtimoli; turli xil qarashlar va maqsadlar o’rtasidagi raqobat; koordinatsiya logistikasi Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning cho’qqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup Management Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning kompaniya uchun salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, “Hamkorlik tarmoqlari, strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings Online, 1998; va M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa. 7 Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning cho’qqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup Management Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning kompaniya uchun salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, “Hamkorlik tarmoqlari, strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings Online, 1998; va M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa 41 Turli funktsiyali jamoalar. Tashkilotlar bunday boshqaruv metodini tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv bo’limlari yoki muntazam ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan deb hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan yig’ilishi, e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10- bobda, biz turli funktsiyali jamoalarni bo’limlarga bo’lishning turli shakllari sifatida muhokama qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli mutaxassisliklarga ega bo’lgan shaxslardan iborat bo’ladi. Turli funktsiyali guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari ularning funktsional sohalariga ta’sir qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun birikishadi. Nazariy jihatdan, ularning funktsiyalarini ajratib turuvchi sun’iy to’siqlar g’oyib bo’ladi va jamoa tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi. Masalan, dunyoning eng yirik po’lat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal kompaniyasida, turli funktsiyali tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi mahsulot innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funktsiyali jamoalar kontseptsiyasi sog’liqni saqlash sohalarida ham qo’llanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining Betesda shahridagi gospitalda doktor, farmatsist, ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi, bosh hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni kamaytiradi, bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi va bemorlarning oilasi va gospital hodimlari o’rtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday jamoalarni 13-bobda yanada chuqurroq muhokama qilamiz. Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch o’lchamli LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya bo’ldilar. Samsung kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim o’rin egallagani uchun, kompaniya o’z ichida ishchilar o’rtasida ichki hamkorlikni, o’z mijozlari bilan esa tashqi hamkorlikni yo’lga qo’yishga chaqiradi. Dunyoning 42 davlatida joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida hamkorlik qilishadi. O’zining ichida esa kompaniya mahsulotlarni tezroq ishlab chiqish uchun kesishuvchan funktsional jamoalardan foydalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling