Boshi boshqaruv madaniyatining


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1524821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3-mavzu IM

Ishning realligi 
Boshqaruvni o’rganishdan yana bir maqsad uning sizga ham aloqadorligidir, siz 
o’quv yurtini tamomlaysiz,ish faoliyatingizni boshlaysiz natijada yo boshqarasiz 
yo sizni boshqarishadi. Boshqarishni xohlaydiganlar boshqaruv shaklarini, asosini 
tushungan holda boshqaruv malakalarini shaklantirish lozim. O’zini boshqaruv 
ishlarida tasavvur qila olmaydiganlar boshqaruvchilar bilan ishlaganlari maqul. 
Lekin siz biror tashqilotda ishlasangiz ham boshqaruvchi rahbar bo’lsangiz ham 
ba’zi boshqaruv malaka ko’nikmalariga ega bo’lishingiz kerak. Bizning tajribamiz 
shu ko’rsatadiki siz rahbaringiz faoliyatini, o’zini tutishini tahlil qilgan holda 
boshqaruv haqida ko’p narsani o’rganishingiz mumkin. Bizning fikrimizcha, siz 
3-chizma 


32 
moddiy qadriyatlarga ega bo’lish uchun boshqaruvchi bo’lishga intilmasinligingiz 
darkor. 
Boshqaruvchi bo’lishni afzaliklari va kamchiliklari 
Bu qismda boshqaruvchi bo’lishni afzaliklari va kamchiliklari ko’rib chiqamiz. 
Hozirgi ish joylarida boshqaruvchi bo’lish nimani anglatar ekan? Birinchidan 
kamchiliklari yetarlidir. Bu vazifa og’ir va hech kim qadirlamaydigan bo’lishi ham 
mumkin. Boshqaruvchilik vazifasi oddiy xodimning vazifalarini ham o’z ichiga 
oladi. (Hisobotlar tayorlash, ma’lumot to’plash, hujjatlar bilan ishlash) 
Boshqaruvchilar turli odamlar bilan ishlashlari darkor bo’lib, chegaralangan resurs, 
mablag’larga duch keladilar. Ular tartibsizlik va boshqa vaziyatlarga ham 
xodimlarni rag’batlantirishga vaqti vaqti bilan to’xtab qolgan ishni o’z vaqtida 
yo’lga qo’yishga ma’suldirlar. Boshqaruvchilar yetarli bilim, malaka, ko’nikmaga 
ega bo’lmasliklari tajribasizlik esa jamoa ishini tartibsizlikka olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytsak, boshqaruvchi o’zining taqdirini to’laqonli nazorat qila 
olmaydi. 
Uning xodimlari faoliyatiga bog’likbo’lgan ish samarasi oddiy holder. 
Qiyinchiliklardan tashqari boshqaruvchilikning yutuqlari albatta mavjud. Siz 
ma’sul bo’lgan ishchamlik muhiti xodimlar o’zlarining eng yaxshi qobilyatlarini 
namoyon qila olishlari tashqilotni erishilgan maqsadlarga olib kelishiga yordam 
beradi. Siz o’zgalarga ishning mohiyati, mazmunini anglashga yordam berasiz. 
Siz ularni qo’llab quvatlaysiz,o’rgatasiz, to’g’ri qaror qilishga undaysiz. Shu 
bilan birga siz doimo ishga ijodiy yondashib o’z tasavvuringizdan foydalana 
olasiz. Siz turli odamlar bilan tanishishingiz, ishlashingiz mumkin. U tashqilotda 
yoki tashqilotdan tashqarida bo’lishiga qaramay afzaliklardan yana biri siz 
egallagan mavqe tashqilotdagi qabul qilinadigan qarorlarda ishtirok etishingiz, 
yuqori oylik maoshiga ega bo’lishingiz, rag’barlantirishlar va boshqa tashqiliy 
ishlarda ishtirok etasiz. 
Umumlashtiradigan bo’lsak, yuqorida aytganimizdek, tashqilotning yaxsi 
boshqaruvchiga, rahbarga ega bo’lishi lozim. Shu holda xodimlar birgalikda, bir 
yoqadan bosh chiqarib ishlash tashqilotni maqsadga yetaklaydi. Boshqaruvchi 
sifatida siz olib borayotgan faoliyatingiz, xatti harakatingiz, malakangiz yetarli va 
kerakligicha ishongan bo’lishingiz kerak
5

Jamiyatni boshqarish zamonaviy muammolari echimida madaniy omilning 
roli ortmoqda va kelajakda ortib boradi. Bu qator holatlar bilan izohlanadi. 
Birinchidan, jamiyat hayotining ijtimoiy nazoratchilari axborot inqilobi 
talablari (iqtisodiy, huquqiy, siyosiy) bilan birga tobora katta ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Ikkinchidan, ular jamiyatdagi o’zaro bog’liq kuchlarning yig’indisi sifatida 
5
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012.
 
17-18-betlar 


33 
kengayib tizim ko’rinishiga kelmoqda va o’z ta’sir maydonini kengaytirib, 
jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda. 
Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda 
va rivojlangan davlatlarda 50%gacha etdi. Bu jamiyatni uning asosiy resurslari - 
inson va aqldan oqilona foydalanishdagi ma’suliyat va mohiyatni oshiradi.
Boshqarish madaniyatining belgilangan bir qancha madaniyat qismlari 
mavjud. Madaniyatning asosiy elementlari odam bilimi, xissiyotlari, kayfiyati, 
boshqaruv, falsafiy va iqtisodiy kontseptsiyalari, fikrlash jarayonlari bo’lib 
hisoblanadi. Biroq, belgilangan madaniyatning manbalari bo’lgan boshqaruv 
mahorati, turmush sharoiti, urf-odatlar, tantanalar, jamiyat munosabatlari va 
boshqalarsiz, umumiy ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va moddiy - 
ma’naviy ne’mati iste’moli bo’lmaydi. 
Madaniyatning asosiy masalasi - inson o’zini takror ishlab chiqarish, uning 
bilimi, yangiliklari, moddiy va ma’naviy ne’matlarini hal qilish hisoblanadi. 
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, boshqaruv madaniyati elementlarini 
umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko’rsatish mumkin: 

boshqaruv bilimlari (menejment va boshqaruv nazariyalari) kayfiyat, ong 
muvofiqligi; 

jamiyat munosabatlari namuna, me’yorlar va bilimlar mujassamlashtirgan 
tashkiliy boshqaruvchanlik inson madaniyati elementlaridir; 

boshqaruv faoliyati, haqiqiy ijodiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy 
rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob’ektiv zaruriy unsuridir. 
Xususan, boshqaruv madaniyatini boshqaruv faoliyatining ma’lum 
bosqichidagi boshqaruv bilimlari, hissiyotlari, ne’matlari, boshqaruv va tashkiliy 
munosabatlar yig’indisi sifatida tushinish mumkin. Uning shakllanish mexanizmi 
quyidagicha bo’lish mumkin:

bilimlar, 
boshqaruv 
kontseptsiyalari, 
loyihalari, 
dasturlarining 
shakllanishi; 

boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi; 

boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag’batlantirish; 

jamiyatda jamoat institutlari, davlat, qonunlarga hurmatning tasdiqlanishi; 

boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Boshqaruv 
madaniyatida 
oqilona 
boshlanish, 
bilim, 
zamonaviy 
kontseptsiyalar, ilmtalab texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv 
asosining zamonaviy bilimlarisiz jamiyatni shakllantirib bo’lmaydi. Menejment 
ingilizcha so’z bo’lib, lotincha so’z «manus»-qo’l o’zagidan olingan. Dastavval u 
hayvonlarni boshqarish sohasiga tegishli bo’lgan va otlarni boshqarish san’atini 
anglatgan. Keyinchalik bu so’zni inson faoliyati sohasiga olib o’tildi va odam va 
tashkilotlarni boshqarish amaliyoti va ilmini ifodalay boshlashdi. Boshqaruv - bu 


34 
yakuniy natijani olishga qaratilgan xatti-harakatlar, usullar yordamida tashkilot, 
jamiyat maqsadlariga erishish. 
XXI asrda dunyo global xarakterdagi muammolar oldida turibdi. Lekin 
ularning keskinlashuvi sodir bo’lmaguncha, echish usullari eskiligicha qolmoqda. 
Buning negizi - madaniyatning, shuningdek, inson madaniyatining bir qismi 
bo’lgan boshqaruv madaniyatining ortda qolishidadir. Dunyo yangi milliy 
madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo’ydi. Madaniyatlarning ko’pligi - 
bu konfrontatsiyaning ko’payishi uchun asos emas, balki tolerantlik - o’zaro 
chidam, odamlarning o’zaro tushunishi uchun sharoit. Lekin bu hozircha sodir 
bo’lmayapti. O’zini o’tab bo’lgan «an’anaviy» va «kuchli» madaniyatlar 
na’munalari dunyoga, uning alohida regionlariga kuch usulida keskinlik kiritib, 
sayyoradagi ijtimoiy keskinlik holatini kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi 
uchun mehnat faoliyatini, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda qator 
progressiv o’zgarishlar kiritishi lozim. Lekin bugun tsivilizatsiyani bunday 
zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne’matlar, xaqiqatni anglash 
usullarini 
tezda 
almashtirish 
sharoitidagina 
mumkin. 
Jamiyatni 
zamonaviylashtirish muhim, lekin madaniy yangilanish undan oldin bo’lishi va 
doimo uni ta’minlashi, sur’at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati 
«parametrlarini», 
uning 
alohida 
regionlari, 
mehnat 
assotsiatsiyalarini 
o’zgartiribgina, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqish mumkin. 
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan 
tezroq o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli 
qo’yilmalar ko’maklashadi. 
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi. 
Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega 
bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi. 
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan 
tezrok o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli qo’yilmalar 
ko’maklashadi. 
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi. 
Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega 
bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling