Бошланғич математикани чуқур ўрганиш давлат стандарти
Materialni umumlashtirish va tizimga solish (20 soat)
Download 210,78 Kb.
|
Бошлан ич математикани чу ур ўрганиш давлат стандарти
Materialni umumlashtirish va tizimga solish (20 soat)
O‘quvchilarning bilim va malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablar: 2-sinfning oxirida o‘quvchilar quyidagi tasavvurlarga ega bo‘lishlari: — ko‘paytirishning‘ o‘rin almashtirish va guruhlash xossalari haqida; arifmetik amallar orasidagi bog‘lanishlar haqida; — sonli va harfiy ifodalar hamda ular orasidagi farqlar haqida;
bilishlari: —atamalarni: qo‘shiluvchi, yig‘indi, kamayuvchi, ayiriluvchi, ayirma; ifoda, ifodaning qiymati; ko‘paytirish, ko‘paytuvchi, ko‘paytma, bo‘lish, bo‘linuvchi, bo‘luvchi; «... marta kam», «... marta ko‘p», o‘tkir, o‘tmas va to‘g‘ri burchaklar; to‘g‘ri to‘rtburchak; aylana, aylana markazi, aylana radiusi; shaklning perimetri va yuzi; to‘g‘ri burchakli paralepipedning hajmi;
— simmetriya, algoritm; — ishora va belgilarni: «∙» (ko‘paytirish), «:» (bo‘lish); ifoda va tenglamalarda ishlatiladigan lotin alfavitining harflari; — bir xonali sonlarni (18 ichida) qo‘shish jadvali va ayirishning mos hollarini (avtomatizm malaka darajasida); — ko‘paytirish jadvalini va bo‘lishning o‘ziga xos hollarini (avtomatizm malaka darajasida); — 2-3 amalni o‘z ichiga olgan ifodalarda, jumladan qavslarni ham o‘z ichiga olgan ifodalarda, arifmetik amallarni bajarish tartibini; uddalay olishlari kerak: — o‘rganilgan usullar asosida 100 ichida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish; — 100 ichida sonlarni ustun shaklida yozma qo‘shish va ayirish; — ko‘paytirishning asosiy xossasini ifodalash va hisoblashlarda qo‘llash; — bir o‘zgaruvchili ifoda qiymatini bu o‘zgaruvchining berilgan qiymatlarida topish; amallarning komponentlari orasidagi bog‘lanishlar va tanlash asosida eng sodda tenglamalarni yechish; — 2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallar tartibi qoidalarini qo‘llash; — 1-2 amalli masalalarni yechish (amallar yordamida va ifodalar tuzish bilan ); — berilgan uzunlikdagi kesma chizish; berilgan kesmaning uzunligini o‘lchash; — ko‘pburchakning tomonlarining berilgan uzunliklari bo‘yicha perimetrini topish; — katakli qog‘ozda kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak chizish;
Download 210,78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling