Boshlang‘ich sinflarda fе’lni o‘rganish tizimi. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fе’llarni o‘rganish. Fе’llarda zamon mavzusini o‘rganish


Download 31.18 Kb.
bet4/10
Sana30.01.2024
Hajmi31.18 Kb.
#1808995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
l

 

 

 

7. Fe’llar yasaladi

Fe’l, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, fe’l zamonlari yuzasidan o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Bilim:
1.Fe’l-so‘z turkumi, fe’lning harakat ma’nosini bildirishi;
2.Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi;
3.Bosh bo‘lak vazifasida kelishi;
4. Boshqa bo‘laklarning kesimga bog’lanib kelishi;
5. Shakldosh, ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, ko‘p ma’noli fe’llar.
Ko‘nikma:
1.Fe’lni boshqa so‘z turkumlaridan farqlashi.
2.Fe’lga Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlarini bera bilishi.
3. Gap va matn tarkibidan fe’lni so‘roqlari orqali aniqlay bilishi.
4. Fe’lni boshqa so‘zlardan farqlay bilishi.
5. Fe’ldan unga bog’lanib kelgan so‘zga so‘roq bera olishi.
6.Fe’lning gapda bosh bo‘lak vazifasida kelishini, uni ikki to‘g’ri chiziq orqali belgilay olishi.
7.Fe’llarni to‘g’ri talaffuz qila olishi.
8. Fe’llardan og’zaki va yozma nutqda to‘g’ri va o‘rinli foydalana olishi.
9. Fe’llarga shakldosh so‘zlar, ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli fe’llar topa olishi.
Malaka:
1. Fe’llarning ma’nosini izohlay olishi.
2.Fe’llarning talaffuzi va yozilishini izohlay olishi.
3. Imlo Lug‘atdan foydalana olishi.
4. Fe’llarni o‘qilgan asar matnidan topa olishi
5.Berilgan fe’l ishtirokida birikma va gap tuza olishi.
6.O‘qiganlari, kuzatganlari va rasm asosida fe’llarni qatnashtirib kichik hikoyacha tuza olishi.
7.Matndagi fe’llarni boshqa ma’nodosh fe’llar bilan almashtirisha bilishi.
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING MILLIY O‘QUV DASTURI LOYIHASI
1-- SINF Kim?, nima?, qayerda?, qachon?, nima uchun?, nima qilib? kabi savollarga javob berish orqali so‘zlarning kishi, narsa nomlari, ularning belgisi, miqdori va harakati kabi ma’nolarni ifodalashi. Shaxs nomini bildirgan so‘zlar, ularni so‘roq berish orqali aniqlash bo‘yicha mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Download 31.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling