Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari


Download 203.73 Kb.
bet18/18
Sana09.06.2023
Hajmi203.73 Kb.
#1468029
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
matem sinfdan tashqari 15 ТАЛИ

Savod o’rgatish usuliyoti ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan muammodir.
O’qish usuliyoti. Boshlang’ich sinflarda o’qish predmetining vazifasi, birinchi navbatda, bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Grammatika va imlo usuliyoti. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni o’z ichi­ga oladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish usuliyoti. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta til, nutqni o’quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy va hodisalar haqida o’ylab, Rejalashtirib nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar, ular o’zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Usuliyot bolalarning nutqini boyitishni, sintaksisi va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak. Usuliyotning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bilib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir: tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi roli uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi til­ni aloqa — kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan, nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va shakllari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.
Metodik fan sifatida ona tili o’qitish usuliyoti maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat beradigan, tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta’minlashi kerak. Demak, nutq o’s­tirish maktabning muhim vazifasidir.
Analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida ishlashdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og’zaki va yozma tarzdagi jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga amaliy va nazariy jihatdan boyib kirishadilar. Ular kuzatish jarayonida uchragan til namunalarini, o’zlari bilib olgan va nazariy o’zlashtirgan qoidalarni amaliyotga ongli tatbiq. etadilar. Maktabda ona tili o’qitish usuliyotining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi, javob beradi.


Download 203.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling