Boshlang'ich sinflarda ot mavzusini o'rganing metodikasi Reja: Otni o’rganish metodikasi


Download 213.96 Kb.
bet9/10
Sana19.06.2023
Hajmi213.96 Kb.
#1625574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda ot mavzusini o\'rganish metodikasi mundari

Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og’zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish bilan bog’liq holda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan sifatlarni va ko’m-ko’k, yam-yashil kabi sifatlarni to’g’ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o’quvchilar nutqini o’stirishga qaratiladi.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo’yish, gapda sifat bog’langan otni (so’z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so’z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko’proq bo’lishiga e’tibor beriladi. O’quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan o’zaro bog’liq holda o’rganishga asoslaniladi.
Boshlang`ich sinflarda “Gap” mavzusini o`rganishdagi izchillik.
Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo’laklarni o’rganishga muqaddima bo’ladi.
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O’quvchilar gapni amaliy o’rganishdan tushuncha sifatida o’rganishga o’tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so’zlarning bog’lanishiga katta e’tibor beriladi. O’quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo’laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so’z (hokim va tobe so’z)ni, so’zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo’shimchalar orqali bog’lanishni bilib oladilar.
4-sinfda gapning uyushiq bo’laklarini o’rganish bilan gap bo’laklari haqidagi bilim kengaytiriladi. Shunday qilib, o’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi.Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar 31 “Qushlar uchib keldi” gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga qaerga? va qachon? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yish topshiriladi. O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishning asosida grammatik nazariya emas, balki nutqiy ko`nikma va orfografik malaka hosil qilish turadi. Bu davrda bolalar til materiallarini tahlil qilishga , asosiy tushunchalarni ajratishga o`rgatiladi. Materialni tahlil va tarkib qilish, guruhlash va umumlashtirish, o`xshash va farqli tomonlarini topish, nutqiy va orfografik ko`nikmalarni amalda tadbiq etish jarayonida bolalar har tomonlama rivojlanadi. 3-sinfda “Gap” bo`limi mavzusini o`rganishga 30 soat ajratilgan. O`quvchilar 2-sinfda gap bilan amaliy tanishganlar, nutqdan gaplarni ajratishni ,gapning tugallangan mazmun bildirishini , gap oxirida ovozning pasayishi va to`xtam bo`lishini , yozuvda nuqta qo`yilishini, gap ki yoki nima haqda aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so`zni aniqlashni, gap tuzishni va gapni savollar orqali kengaytirishni, gapning birinichi so`zi bosh harf bilan boshlanishini bilib olganlar. 3- sinfda o`quvchilarning “Gap’ mavzusi yuzasidan olgan bilimlari takrorlanib, mustahkamlanadi va kengaytiriladi. “Gap” bo`limi mavzusi o`tilganda o`quvchilar gapning turi, gap turi, gap bo`laklari va gapda so`zlarning bog`lanishi haqida ma`lumot oladilar;”Darak va so`roq gap’, “His-hayajon gap”, “Gapning bosh bo`laklari” (ega va kesim) , “Ikkinchi darajali bo`laklar ” mavzularini; gapda bir- biri bilan bog`langan so`zlarni juft-juft qilib ajrata olishni o`rganadilar. Darslikdagi yangi materialni o`rganishga kirishish oldidan o`quvchilarning ijodiy fikr yuritishlari , izlanishlari, qiziqishlari va faolliklarini oshirish maqsadida “Nutq nima?” “Nima uchun nutqimizda turli gaplar qo`llanadi?” , “So`roq gaplar qanday 36 tuziladi?’, “His- hayajon gaplar qanday bo`ladi?’ kabi savollar qo`yilgan. Bu kabi savollar darsning maqsad va vazifasini belgilaydi. XX asrning 80-yillarida “samaradorlik” tushunchasining didaktik jihatlarini O.Roziqov tahlil qilgan edi . U ta`lim jarayoniga qo’yilgan o’quv maqsadi bilan bolalar erishgan natija o’rtasidagi farqni tahlil qilib, samaradorlikni ta`lim jarayoniga qo’yilgan maqsad va erishilgan natija o’rtasidagi tafovut shaklida qayd etgan . Shu bilan birga muallifning yozishicha, samaradorlik fanlararo tushuncha bo’lib, uning mohiyati ta`limni tashkil etish muhiti, vaqt, natija, ta`limni tashkil etish madaniyati kabi tushunchalar bilan aloqador. O.Roziqov didaktik hodisalarni sistеm tahlil qilish mеtodologiyasiga asoslanib, ta`limning samaradorligini oshirishning qator tamoyillarini ham qayd etgan. Ta`limning samaradorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida qo’yilgan maqsad bilan erishiladigan natija o’rtasidagi tafovutni kamaytirish (1), ta`lim vositalarining ta`lim jarayoni mazmuniga mosligi (2), ta`lim mazmuni va faoliyat usullarini bir paytda o’zlashtirish (3), ta`limni bolalarning yuqori darajadagi taraqqiyotini mo’ljallab tashkil etish (4) kabilar samaradorlik tamoyillari sifatida asoslangan. Kеyinchalik O.Roziqovning M.Mahmudov va B.Adizovlar bilan hamkorlikda e`lon qilgan asarlarida ta`limning samaradorligi yanada kеngroq tadqiq qilindi . “Ta`lim samaradorligini oshirishning,-dеb yozadi mualliflar, - ikki xil ko’rsatkichi mavjud: samaradorlikning sifat ko’rsatkichlari; samaradorlikning miqdor ko’rsatkichlari” . Mualliflarning yozishicha, samaradorlikning sifat ko’rsatkichlari ma`lumot mazmuni va faoliyat usullarini egallash shartlariga, samaradorlikning miqdor ko’rsatkichlari ta`lim maqsadi hamda bolalar erishgan haqiqiy bilim, malaka va taraqqiyot o’rtasidagi farqlarga ko’ra aniqlanadi . Samaradorlikning sifat ko’rsatkichlari quyidagilar: o’quv-tarbiya ishlarini bolalarning eng yuqori darajadagi taraqqiyotini mo’ljallab tashkil etish; ta`lim jarayoni maqsadi bilan natijasi o’rtasidagi tafovutni uzluksiz kamaytira borish; ta`lim vositalarining ta`lim jarayoniga mosligini ta`minlash; o’quv matеriali va faoliyat usullarini bir paytda (parallеl) o’zlashtirish. Gap ustida ishlash o’quvchilarining nutqini o’stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o’quvchilarini sintaktik jihatdan to’g’ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o’rgatish hisoblanadi. Gap (Grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo’lgan) nutq birligi bo’lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo’yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap- Grammatik tomondan to’g’ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bo’gliq bo’lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so’zlarning bog’lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap,nutq va til birligi bo’lib, tugallangan mazmunni bildiradi.
Xulosa.
Boshlang‘ich ta‘limning davlat ta‘lim standartlarida ,,ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, hozirgi davrda yosh avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma‘rifatli, barkamol shaxslar bo‘lib hayotda munosib o‘rnini topishi madaniyatlilik va ma‘naviyatlilikning shartlaridan biri hisoblangan imlo savodxonligiga ham bevosita bog‘liqdir. Imlo qoidalarini yaxshi bilish ya‘ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a‘zosi bo‘lish uchun ham zarurdir.
Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-a.da Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-a.da hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-a.larda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-a.larda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.

TAQRIZ

‘’_____________________________________________________’’fakulteti sirtqi _________________________________________________ -guruh talabasi ____________________________________________________________________________________________________--________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ __1. Amalyot mazmuni _______________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________

2. Amalyotning ijobiy tomonlari __________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________

3.Amalyotning salbiy tomonlari __________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________

4. Tushuntirish qismi __________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________________ 5. Xulosa _________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________



Taqrizchi ___________________________________

“______”_____________202___-y



Download 213.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling