Boshlang'ich sinflarda tinish belgilarini o'rgatish metodikasi mundarija. Kirish I -bob. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 57.69 Kb.
|
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsadi
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu ishni foydalanilgan adabiyotlari. Ona tili darslarida tinish belgilariga doir bilimlarni shakllantirish metodikasiga doir ilk ma`lumotlar Karima Qosimova, Safo Matjonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva va Sharofjon Sariyevlar muallifligidagi “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitobida uchraydi. Ushbu qo’llanmada boshlang’ich sinflarda tinish belgilarini qo’llash va o’rgatish haqida ilk namunalar o’rganilib tahlil qilinadi. Tinish belgilaridan ongli to’g’ri qo’llashga o’rgatish. Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darslarida qo’llaniladigan tinish belgilarini mustahkamlash diktant olish, ko’rgazmalilik, nazorat ishlari haqida tahlil qilinadi.Har bir tinish belgisini qo’llanilish qoidalari, qo’llanilish o’rni haqida bilimlar tahlil qilinadi.Ko‘rinadiki, ona tili darsida tinish belgilarini o‘rgatish metodikasiga oid bo‘lgan tahlillar talaygina. Ushbu kurs ishi ana shu sohadagi masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqot maqsadi: ona tili darslarida tinish belgilarini o‘rgatish orqali imon-e`tiqod og’izaki va yozma, nutq boyligini oshirish, imlo qoidalariga, dts talablariga javob beradigan, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish hamda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat. Tadqiqot obyekti. O‘quvchilarga tinish belgilarini o‘rgatish orqali ular nutqini va imlo qoidalarini o‘stirish va topshiriqlar tizimni ishlab chiqish. Bizga ma`lumki, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakatqiladilar. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchi foliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta`lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Shu jihatdan qaraganda, ta`lim jariyonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlarning rolibeqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta`lim jariyoni samaradorligini oshiradi ta`lim jariyonida o‘quvchilar faolligini o‘qish motivlarini rivojlantiradi. Mazkur kurs ishida darslarni aqliy hujim, mustaqil tahlil, ta`lmiy o‘yin, turli ko‘rinishdagi yozma ishlar,diktant,insho, nazorat ishlari o‘z bilimini tekshirish kabi usullardan foydalanishga alohida e`tibor berildi. Har bir darsning mazmuni va g‘oyasidan kelib chiqqan holda darsning maqsadi va metodlarini belgiladik. Ona tili darslarida tinish belgilarini o‘rganishda ham o‘quvchilarning tinish belgilarini puxta o‘zlashtirishlarini, tinish belgilarini tahlil qila olishlarini ta`minlash kerakligini hisobga olgan holda metod tanlashga e`tibor qaratildi. Kuzatish,tushuntirish, induktiv,deduktiv,analiz va sintez metodlarini birgalikda olib borish metodlaridan foydalanish samarali foyda beradi. Download 57.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling