2.2. Masofani topishga doir masalalarning o’ziga xos yechish usullari.
Misol uchun bunday masalaning yechilishini qaraymiz: "Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yoida boidi. Piyoda kishi qancha masofa o’tgan?"
Masala shartini chizma yordamida ham hal qilish mumkin.
Shunga o’xshash bir qator masalalarni yechish natijasida o’quvchilar bunday xulosaga kelishadi: agar tezlik va harakat vaqti maium bo’lsa, u holda masofani topish mumkin. Masofa tezlik bilan vaqtning ko’paytmasiga teng.
Maium tezlik va masofaga ko’ra, harakat vaqtini topishga doir bir qator masalalarni yuqoridagidek qarab bunday xulosaga keladilar: agar tezlik va masofa maium bo’lsa, u holda harakat vaqtini topish mumkin. Vaqt masofaning tezlikka bo’linganiga teng.
Uchrashma harakatga doir masalalar
Uchrashma harakatga doir masalalar yechish uchun avval og’zaki yechiladigan quyidagi tayyorlash masalalari qarab chiqiladi, bunda ko’rsatma-lilikdan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinflarda asosan uchrashma harakatga doir shunday masalalar beriladiki, ularda jismlar bir vaqtda harakatlanadi va bir vaqtda to’xtadi. Bu masalalarda to’rtta o’zaro bogiiq miqdorlar ustida so’z boradi: bunda; s - harakat qilayotgan jismlar-ning tezliklar -harakat vaqti. Bundan ushbu guruhga to’rt xil masala kiradi, degan xulosa chiqadi. Ammo birinchi va ikkinchi jismlarning tezliklarini topish bir xilda hal qilishni talab qiladi, shu sababli masalalarning bu guruhga uch xil masalani kiritish qabul qilingan:
1. Berilgan jismlarning tezliklari va harakat vaqtiga ko’ra masofani topishga doir masalalar.
2. Har qaysi jismning maium tezligi va masofaga ko’ra vaqtni topishga doir masalalar.
3. Harakat qiiayotgan jismlardan birining tezligi, berilgan masofa, harakat vaqti va jismlardan ikkinchisining tezligi, masofa, harakat vaqti va jismiardan ikkinchisining tezligini topishga doir masalalar.
Berilgan masalaga teskari masala tuzib yechish
Har bir masala 2 qismdan iborat bo’ladi: 1) shart. 2) savol.
Ma'Ium bo’lgan narsalar «shart» deyiladi. Hisoblab topiladigan qismi «savol» deyiladi. Yana «yechim» va «javob» degan qismlar ham bor, uni quyidagi masalani yechish orqali o’rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |