- Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, o’rganish, o’zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur o’y-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sr ko’rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «ko’ngil xazinasining qulfi», deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so’zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko’rsatadi, so’z boyligni oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm fan cho’qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o’rgatadi. Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutiqlari bilan tanishtiriladi, faxr tuyg’ularini o’stiradi. Shunday ekan, bugungi kunda bolalar ta’lim-tarbiyasida qudratli qurol bo’lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. - Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko’rsatadi, so’z boyligni oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm fan cho’qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o’rgatadi. Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutiqlari bilan tanishtiriladi, faxr tuyg’ularini o’stiradi. Shunday ekan, bugungi kunda bolalar ta’lim-tarbiyasida qudratli qurol bo’lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |