“boshlang’ich ta’lim” fakulteti


masal juda qo’l keladi. Masal bola aqlining rivojiga, qiziqishiga boy imkoniyatlar


Download 1.39 Mb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1566461
1   2   3   4   5
Bog'liq
taqdimot bolalar adabiyoti

masal juda qo’l keladi. Masal bola aqlining rivojiga, qiziqishiga boy imkoniyatlar 

ochib beradi. Ko’p masallar yordamida bolalarning go’daklik chog’laridanoq 

adolatparvarlik, do’stlik, o’rtoqlik tuyg’ularining shakllanishi, ularning tabiatga, 

hayvonot olamiga mehr-muhabbatlarining oshishi uchun keng yo’l ochiladi. 

Chunki ular kamol topar ekanlar masal eshitadi. Har bir masaldagi yaxshi-

yomonni, gunoh-savobni bilib, mag’zini chaqib, tushunib o’sadilar. Bu esa, 

ularning kelajagida oqko’ngil, mehnatkash, ota-onaga, ona-Vatanga, hayvonot 

olamiga muhabbatli bo’lishlari uchun ko’prik vositasini ado etadi.

Tez aytish

  • Bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga-aql 
  • qo’shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o’zini qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o’zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o’zlashtiradi. Bu yo’l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, porloq kelajak yo’lidir. Tez aytish qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so’z o’yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo’ladi. SHulardan birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi o’sadi, tili ravon bo’ladi.

Ertaklar

  • Xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertaklardir. Xalq tomonidan yaratilgan ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog’lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo’ldosh bo’lib kelishidadir. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. O’tmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi o’zining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bo’lgan ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g’alabasi, yorug’likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g’oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan. Xalq ertaklarida el-yurtni ko’z qorachig’iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar ulug’lanadi, ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi, uzoq masofalar yaqin qilinadi, kishilar xarakteridagi yaramas odatlar, noma’qul illatlar tanqid ostiga olinadi, mardlik, epchillik, dovyuraklik, mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik g’oyalari ulug’lanadi.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling