Sonlarning otlashuvi
Son so‘zning ot turkumi vazifasini bajarishga xoslangani uning otlashuvi (
substantivatsiya) deyiladi. Son so‘z mavhum tushuncha ifodalasa , u ko‘pincha otga
yakinlashadi, uning vazifasini bajaradi. Aniq predmet tushunchasini ifodalagan so‘z
bilan biriksa, belgini ko‘rsatadi- aniqlovchi bo‘lib keladi. Son so‘z
otlashib, ot
turkumi uchun xos bo‘lgan egalik , ko‘plik,kelishik qo‘shimchalarini olib,
gapda
ega, to‘ldiruvchi va qaratqichli aniqlovchi bo‘lib keladi. M ; Besh unning yarmi. Olti
ikkiga koldiksiz bo‘linadi kabi.son so‘zlar otlashib aniqlanmish olganda ot sondan
oldin kelishi mumkin: olmadan to‘rttasini oldim deb qo‘llash mumkin (to‘rtta olma
oldim urnida).
Son gapda aniqlovchi, otlashganda ot
kabi sintaktik vazifalarni
bajarib keladi. Son so‘z hech kachon o‘ziga aniqlovchi olmaydi.
Son turkumining tahlil namunasi.
Turkumiga ko‘ra (son)
Tuzulishiga ko‘ra (sodda, qo‘shma, juft tarkibli)
Ma'nosiga ko‘ra (miqdor yoki tartib son)
Miqdor sonning turiga ko‘ra (sanoq, chama,
jamlovchi, dona, taqsim, kasr
son)