Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish


Boshlang’ich sinf o`qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish


Download 45.26 Kb.
bet4/13
Sana17.02.2023
Hajmi45.26 Kb.
#1206509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
17.Raimboyeva M

1.2. Boshlang’ich sinf o`qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish
Mustaqillik va faollik o`zaro sabab va natija shaklida bog’langan didaktik hodisalardir. Ta`limda bolalarning mustaqilligini ta`minlamasdan turib, ularni faolligiga erishib bo`lmaydi.
Ta`limda o`quvchilarning faolligi mustaqillik orqali belgilanadi, mustaqillik tufayli o`quvchi ta`limning faol subyektiga aylanadi. Ta`lim jarayonidagi mustaqillik faollik uchun shart-sharoit vazifasini o`taydi. Faollik esa o`z navbatida bolalarda mustaqillikni tarbiyalash uchun asos bo`ladi.
Kishining mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatish, mustaqil o`rganish orqaligina fan asoslarini puxta egallashi hech kimga sir emas. O`quvchilarga kitob ustida ishlay olish malakalari, dastavval boshlang’ich sinflarida hosil qilingan. Bu malakalar yuqori sinflarda yanada takomillashtiriladi.
Har qanday faollik zaminida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik to`g’risida gapirilganda, o`qituvchi hikoyasi, suhbati, tushuntirilishi,mavzuni diqqat bilan tinglashi: turli xil yo`llar: ko`rgazmali qurol, mustaqil ish, muammolar, texnik vositalar yordamida o`quvchilarning faolligini oshirish ijtimoiy va ma`naviy hayotda faol ishtirok etish: moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishda ma`naviy boyliklarni o`zlashtirishda ijodkorlik, tashabbuskorlik ko`rsatish tushuniladi. Demak, faollik tushunchasi xoh o`quv-tarbiya, xoh ijtimoiy va ma`naviy hayot to`g’risida bo`lmasin, insonning ongli aqliy faoliyatini ifodalash uchun ishlatiladi.

II BOB. “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quv materialini amaliy jihatdan o`zlashtirishda didartik topshiriqlardan foydalanish”( 2-sinf misolida )

    1. 2-sinf o’qish darslarida didaktik topshiriqlar ustida ishlash

Biz boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`quv materiallarini amaliy jhatdan o`zlashtirishda didaktik topshirqlardan foydalanish bo`yicha fikplarimizni bayon qilishdan oldin didaktika haqida, unung dars jarayonida nazariy va amaliy jihatdan organish haqidagi ma`lumotlarni keltirib o`tamiz.
O`quv materiallarini amaliy jhatdan o`zlashtirishda quyidagi didaktik topshiriqlardan foydalanib Urganch tumanidagi 38-son umumta`lim maktabida 2-sinflarda dars o`tganmiz.Bu didaktik topshiriqlarni bo`limlar bo`yicha darsda qo`llashga harakat qilganmiz.
2-sinf

Download 45.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling