Boshlang‘ich ta‘lim yoʻnalishi 9-1 btu s -19 guruh talabasi axmadaliyeva Dilhayo Rustamovna


Download 145.53 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi145.53 Kb.
#1589629
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutafakkir allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan o\'rni

Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma'lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, -qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat'iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:

  • fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;

  • ushbu tamoyil va ma'lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya'ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;

  • xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.

Abu Rayhon Beruniy, bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma'lum bo’lgan jihatlarini kеlajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning, bilish nazariyasida sabab haqidagi ta'limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kеlish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin, deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta'sirini kuzatish asosida aniqlagan.

2.1. Imom Ismoil al-Buxoriy, Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy mеrosi.
Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib yetishishi, kasb-hunar o’rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug’lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz.
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo’shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o’zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya»,
«Minerologiya», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to’rt o’g’liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo’lsa, o’sha oila boshlig’i bo’lib qoladi», degan so’zlariga o’g’illaridan biri zumrad ko’zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko’rsatadi.
Kenja o’g’il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko’zli uzuk ham, zarbof chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo’q. Lekin mehnatkash qo’lim, botir yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig’i qilib, uyro’zg’orini meros qoldiradi.
Ko’rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli qila oladigan narsa mehnat dеgan g’oyani ilgari surgan.
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan:
Daryo suvini bahor toshirar, Inson qadrini mehnat oshirar.
Oltin o’tda bilinar, Odam mehnatda.
Mehnatda do’st ortar, g’iybatdan dushman, kabi maqollar shular jumlasidandir.
Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so’zlab, ularning jamiyat hayotidagi o’rniga alohida to’xtalib o’tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.
Dehqonlar mehnatini ulug’lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham «juda zarur kishilardir ... temirchi, tikuvchi, etikdo’z, suvchi, egarchi, toshchi, o’qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko’zim uzayib ketdi. ... Bu dunyoga ular yaxshilik kеltiradilar, Ular juda ko’p ajoyib narsalarni ishlaydilar», - deb o’zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga mehnatkashlar bilan munosabatda bo’lish shartlari xususida o’z tavsiyalarini bayon qiladi.
Dehqonlarga nisbatan:
Bularga qatilqil,harilqil o’zun
Tilin yo’qshi sozla, achuq tut yuzun. (O’zing bular bilan aralashgin,qo’shilgin,
Tilda yaxshi so’zla, yuzingni ochiq tut).
Hunarmandlarga nisbatan:
Keraklik kishilar еma bu sena,
Yo’qo’n tut bularo’q tosulqay tona.
(Bular ham senga kerakli kishilardir,
Bularni yaqin tut, foydasi tеgadi (ey) baqodir) .
Yusuf Xos Hojibning mehnat ahli haqidagi bu fikrlari haqiqatan ham ularga nisbatan hurmat va ehtiromni anglatadi. Yusuf xos Hojibning mehnat tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir.
16-asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug’lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farxod va Shirin», «Mahbub-ulqulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning xaqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko’rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko’z tikishdan ko’ra o’z qo’li bilan hayot kechirish ulug’roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi» hikoyatida kеltiradi. Alisher Navoiy mehnatning insonni go’zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farxod va Shirin» dostonining asosiy qahramoni Farxod ana shunday qahramonlar jumlasidandir.
Farxod Armaniston o’lkasiga qadam qo’yganda, o’z yurtida qorandan o’rgangan tosh yo’nish hunarini ishlatib, og’ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. O’z hunari, mehnati tufayli bir tomondan xalqning og’ir mehnatini yengillashtirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan sevgilisi Shirinning hurmatiga sazovor bo’ladi. Farxodning mehnatsevar va ijodkorligidan ilhomlangan Alisher Navoiy o’z dostonining ikkinchi nomini «Mehmonnoma» deb ataydi.
Mehnatga muhabbat, ijodkorlik dostonning markaziy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida esa turli ijtimoiy guruhlarning hayotidagi o’rnini bеlgilaydi, fazilat va nuqsonlarini ko’rsatadi. Dehqonlar tog’risida fikr yuritar ekan, «Dehqonki dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo’lin ochar. ... Olam ma'murliqi alardin va olam ahli masrurliqi alardin. harqayonki, qilsalar harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot»3, - deb dehqonlarni, ya'ni, mehnatkash insonni ulug’laydi. Shu bilan birga shoir bu asarida tekinxo’rlarni, nojo’ya ish tutuvchi kishilarni, ochko’z va ta'magirlarni, mehnat qilmay hayot kechiruvchi shaxslarni tanqid qiladi.
Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o’zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida fikr yuritar ekan, har bir sog’lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da'vat etadi, hunarga mehr qo’ygan, uni o’rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland bo’lajagini uqtiradi.
Pedagog-shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o’rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni ota-onalarining mehnati qadriga yеtishga undaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida gapirar ekan, «O’qi», «Kitob», «Qalam» kabi she'rlarida ilmni mehnatsiz egallab bo’lmasligi tog’risidagi g’oyani ilgari suradi.
U yoshlarga kеlajakda o’z orzulariga yetishish, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan mehnat qilish zarurligini ta'kidlaydi.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi.
Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi.
Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g’oyalarini olg’a surdi.U ilm-ma’rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma’rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma’naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’-e’tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o’rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi, o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi. Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo’stlikni go’zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi.
Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish xayotda o’z o’rnini topib olishda g’oyat muximdir. Uning fikricha to’g’ri so’z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.
Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o’z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo’lida xizmat qilishga da’vat etdi. U do’stlikni mehmondo’stlikni axloqiy go’zallikni ulug’ladi. Insonlarni ziyraklikka, to’g’ri so’zli bo’lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o’gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.
Berdimurod Berdaq Qaraqolpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi, insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarini olg’a suradi.
Berdaq insonning shaxsiy baxti xalq baxti bilan bog’liq deb biladi. Uning ta’kidlashicha, har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa jonini ham ayamasligi kerak. Berdaqning fikricha inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg’arazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim.
Berdaq yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning mavqyei katta ekanligini ta’kidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulqi atvorli qilib tarbyalash lozim. Uning fikricha maktabda dars beruvchi muallim o’z xushmuomilaligi, pok qalbligi, haqgo’yligi, o’z fanini yaxshi puxta bilishi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi kerak.
Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muxim o’rin tutishni aloxida ta’kidlaydi, oila muxitida ota – onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro hurmat bo’lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning uqtirishicha, inson tug’ilgan kundanoq tarbiyaga muxtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota – onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar va adolatli bo’lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jaxon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.


Xulosa
Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda mashaqatli va murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Shuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda.
O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. o’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g`oyat darajada ko`paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya, kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi tarbiyalay olishi uchun ularni, albatta, ajdodlarimiz fikrlari bilan sug’orib borish lozim. Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda mashaqatli va murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Shuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda.
O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. o’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g`oyat darajada ko`paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya, kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi tarbiyalay olishi uchun ularni, albatta, ajdodlarimiz fikrlari bilan sug’orib borish lozim.

Download 145.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling