Boshqarishning ilmiy asoslari Reja


Strategiyani joriy etish va amalga oshirish


Download 163 Kb.
bet10/28
Sana04.11.2021
Hajmi163 Kb.
#170430
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
бошкарув

Strategiyani joriy etish va amalga oshirish. Strategiyani joriy etish asosiy ma’muriy vazifadir, u о‘z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:

- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil tashkilot tuzish;

- strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bо‘lgan resurslarni yо‘naltiruvchi moliyaviy rejani ishlab chiqish;

- kо‘zlangan maqsadga jadal erishishga yо‘naltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;

- mukofotlash tizimini qо‘yilgan maqsadyaarga erishish natijalari bilan boglash;

- tashkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tug‘diruvchi muhit va ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish;

- tashkilotning har bir azosiga kunma-kun о‘z vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qо‘llab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;

- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tatbiq etish;

strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur bо‘lgan ichki yetakchilik tizimini joriy etish.

Ma’muriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir.

Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qо‘llab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar shaklida namoyon bо‘luvchi) о‘rtasida mutanosiblik qancha yuqori bо‘lsa, strategiya shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.


Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling