Boshqarmaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Markaziy depozitariyning barcha xodimlarining bir me’yorda barqaror ishlashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- Markaziy depozitariyning hayotiy faoliyatini ta’minlash;
- Markaziy depozitariy tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar, seminarlar, delegatsiyalarni qabul qilish va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
- Markaziy depozitariy xodimlarining kadrlar hisobi;
- Markaziy depozitariyda mavjud bo‘lgan bo‘sh lavozimlarga yuqori malakali xodimlarni tanlash.
Boshqarma belgilangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
savdo va ta’minot tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha moddiy resurslarni xarid qilish;
- Markaziy depozitariyning tarkibiy bo‘linmalarini xo‘jalik xizmati ko‘rsatish, ularning barqaror faoliyati uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
- elektr tarmog‘i, isitish tizimining holatini kunlik va davriy monitoringini yuritish, ushbu tizimlarning ishlashida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish;
Markaziy depozitariy tasarrufidagi transport vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Markaziy depozitariy egallagan binodagi xonalarni ta’mirlashni rejalashtirish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.
MUSTAQIL BO‘LIMLAR
YURIDIK XIZMAT
Yuridik xizmat Markaziy depozitariyning mustaqil bo‘linmasi hisoblanadi.
Yuridik xizmatning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Markaziy depozitariyga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, davlat boshqaruv organlarida, sud instansiyalarida, shuningdek shartnomaviy munosabatlarni amalga oshirishda nizolar va nizoli vaziyatlarda Markaziy depozitariyning manfaatlarini himoya qilish;
Markaziy depozitariyning namunaviy shartnomalari va ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ularning qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga muvofiqligini huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
mehnat qonunchiligi talablariga amal qilinishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |