Boshqarmalar moliya boshqarmasi
BIZNES-JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH, YANGI XIZMATLARNI JORIY
Download 120.5 Kb.
|
Основные функции управлений ЦД узб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi
- Belgilangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi
BIZNES-JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH, YANGI XIZMATLARNI JORIY ETISH VA XALQARO HAMKORLIK BOSHQARMASI
Boshqarma Markaziy depozitariyning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ikkita bo‘limdan iborat: - biznes-jarayonlarni rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘limi; xalqaro hamkorlik bo‘limi. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: - qimmatli qog‘ozlar bozorida Markaziy depozitariy faoliyatining yangi yo‘nalishlarini, shu jumladan xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida aniqlash; - biznes-jarayonlarini takomillashtirish, asosiy ma’muriy va operatsion jarayonlarni optimallashtirish; - Markaziy depozitariyning xorijiy depozitariylar, moliya institutlari, shuningdek chet el moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish; - Markaziy depozitariy faoliyati sohasida xorijiy hamkorlar bilan tajriba va axborot almashish. Belgilangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi: - Markaziy depozitariyning dolzarb missiyasini shakllantirish; - Markaziy depozitariyning missiyasidan kelib chiqqan holda va Markaziy depozitariy faoliyatining asosiy tarkibiy qismlariga ta’sir qiluvchi strategik biznesni rejalashtirish: tashkiliy tuzilma, xizmatlar va mahsulotlar, resurslar, korporativ madaniyat va boshqalar. - biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni o‘rganish va ularni minimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; - tasdiqlangan strategiyaning oraliq natijalarini monitoring qilish va zarur hollarda uni tuzatish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; - qimmatli qog‘ozlar bozorida Markaziy depozitariy faoliyatini kengaytirish, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan, professional ishtirokchilar bilan o‘zaro munosabatlarni kengaytirish predmeti yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish/qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish; - Markaziy depozitariy faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; - xorijiy davlatlar fond bozorini, ularda faoliyat ko‘rsatayotgan depozitariylarning shakllari, tuzilmalari va xususiyatlarini o‘rganish, Markaziy depozitariyning muvaffaqiyatli va samarali faoliyat yuritishi uchun qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani o‘zgartirish yoki to‘ldirish bo‘yicha takliflar kiritish; - fond bozori faoliyatiga oid xalqaro seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar tashkil etishda ishtirok etish; - depozitariy faoliyatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatini xabardor qilish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’minlash shakllari va usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - xorijiy fond bozorlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan tajriba va axborot almashish, shuningdek Markaziy depozitariy xodimlarini ushbu tashkilotlarda amaliyot o‘tash va malakasini oshirish maqsadida aloqalar o‘rnatish; - xorijiy fond bozorlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling