Boshqarmalar moliya boshqarmasi


Belgilangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi


Download 120.5 Kb.
bet4/8
Sana03.12.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1798895
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Основные функции управлений ЦД узб лотин

Belgilangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni bajaradi:
emitentlar bilan emissiyaviy shartnomalar tuzish;
emitentning qimmatli qog‘ozlarini ro‘yxatga qo‘yish;
emitentni Deponentlarning yagona bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda - DYaB);
ilgari DYaBda ro‘yxatdan o‘tgan emitentning tavsifiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek emitentning DYaBda ro‘yxatdan o‘tkazilishini bekor qilish;
qimmatli qog‘ozlarning ilgari ro‘yxatga olingan chiqariluvlariga o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan Markaziy depozitariy hisob registrlariga o‘zgartishlar kiritish;
bekor qilingan qimmatli qog‘ozlar chiqariluvini hisobdan chiqarish;
depo hisobvaraqlariga qimmatli qog‘ozlarni kiritish;
investitsiya vositachilari bilan shartnoma tuzmagan deponentlarning depo hisobvaraqlarida hisobga olinadigan emitent tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish parametrlariga kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida savdo tizimlariga ma’lumot berish;
qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan chiqarilishi to‘g‘risida investitsiya vositachilarini xabardor qilish;
qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilish va saqlash, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish parametrlariga o‘zgartishlar kiritish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish (so‘ndirish);
elektron hujjatlar arxivini, shu jumladan yuridik shaxslarning depo hisobvarag‘i kartalari arxivini yuritish;
investitsiya vositachilarining mijozlari nomidan qimmatli qog‘ozlarni Markaziy depozitariyda ro‘yxatga olish uchun qabul qilish;
uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
uyushmagan birjadan tashqari bozorda amalga oshirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar to‘g‘risida investitsiya vositachilaridan oylik ma’lumot to‘plash;
depozitar tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar bo‘yicha bitimlarning yig‘ma hisobotini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuborish;
O‘zbekiston Respublikasining davlat va boshqa vakolatli organlariga axborot taqdim etish;
- investitsiya fondiga tegishli (emissiyaviy, investitsiya portfeli) va investitsiya fondi aksiyadorlariga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
qimmatli qog‘ozlar egasiga tegishli qimmatli qog‘ozlarga cheklovlar qo‘yish/olib tashlash (blokirovka qilish/xatlash);
vakolatli davlat organining topshirig‘iga muvofiq investitsiya vositachisidan olingan ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va umumlashtirish (zarur hollarda);
Markaziy depozitariyning mijozlari-deponentlarni, shuningdek investitsiya vositachilarining mijozlarini DYaBda ro‘yxatdan o‘tkazish (zarur hollarda).


  1. Download 120.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling