Boshqarmalar moliya boshqarmasi
MARKAZIY DEPOZITARIYNING MIJOZLARIGA VA DAVLAT ORGANLARIGA XIZMAT KO‘RSATISH BOSHQARMASI
Download 120.5 Kb.
|
Основные функции управлений ЦД узб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarmaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi
MARKAZIY DEPOZITARIYNING MIJOZLARIGA VA DAVLAT ORGANLARIGA XIZMAT KO‘RSATISH BOSHQARMASI
Boshqarma Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining mustaqil bo‘linmasi bo‘lib, ikkita bo‘limdan iborat: - emitentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi; deponentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi. Boshqarmaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: emitentlar bilan emissiyaviy depozitar shartnomalarni tuzish; emitentlarga depozitar xizmatlar ko‘rsatish; emitentlarning majburiy korporativ harakatlariga xizmat ko‘rsatish; emitentlarning korporativ harakatlari davomida savdo tashkilotchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilish; qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va bekor qilish jarayonida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan hamkorlik qilish, shuningdek ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar parametrlariga o‘zgartishlar kiritish; qimmatli qog‘ozlar va emitentlarning ma’lumotlar bankini shakllantirish va xizmat ko‘rsatish; emitentning yoki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining topshiriqnomasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda aksiyadorlarning yozma so‘rovi asosida reyestrlarni shakllantirish; emitentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida transfer-agentlar bilan o‘zaro hamkorlik yuritish; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlarni berish; qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish parametrlariga o‘zgartishlar kiritish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish (so‘ndirish); investitsiya vositachisi va uning mijozlariga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritish, depozitar operatsiyalarni amalga oshirish, investitsiya vositachilarining hisobvaraqlaridagi qimmatli qog‘ozlar qoldiqlarini solishtirish; deponentlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va tranfer-agentlar bilan o‘zaro hamkorlik yuritish; qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga chiqarish hamda axborotni oshkor qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining davlat va boshqa vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik yuritish; qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalada bo‘lish va axborotni oshkor qilish jarayonida investitsiya vositachilari bilan o‘zaro hamkorlik yuritish; qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bitimlarning hisob reyestrini yuritish; deponentlarga axborot xizmati ko‘rsatish; Markaziy depozitariy deponentlariga qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar xizmatlarni ko‘rsatish; deponentlarning yagona bazasini yuritish. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling