Boshqarmasi


Boshlang`ich sinf metodbirlashmasi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana24.10.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1718104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Boshlang`ich sinflar metod birlashmasi yillik bayonnomasi bilan

Boshlang`ich sinf metodbirlashmasi 
rahbari 
_______________________
________________________________

 




Metod birlashmani to`liq holda olish uchun +998911595353
 

___________________ VILOYATI XALQ TA’LIMI 
BOSHQARMASI 
____________________TUMANI XALQ TA’LIMI BO`LIMI 
TASARRUFIDAGI 
___-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI 
BOSHLANG`ICH SINFLAR METOD 
BIRLASHMASINING
 
2022-2023-O‘QUV YILI UCHUN 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Metod birlashmani to`liq holda olish uchun +998911595353
 
Quva tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli 
4-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil avgust oyida 
Uslubiy birlashma yig’ilish 
Bayoni №1 
Yig’ilish avgust oyining ____ sanasida bo’lib o’tdi. 
Qatnashdilar: 
Yig’ilishda jami ___ nafar o’qituvchidan ___ nafari qatnashdi.
Kun tartibidagi masalalar . 
1.Boshlang`ich sinf metod birlashmasining 2021-2022-o‘quv yili yakunlari natijalarining 
tahlili va 2022-2023-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish, 
metodbirlashmaning joriy o‘quv yili uchun tuzilgan ish rejasi va metodbirlashma 
a’zolarining ish taqsimotini tasdiqlash va maktab rahbariyatiga tasdiq uchun taqdim etish. 
2. Avgust shuba yig‘ilishlarida ko‘rilgan masalalar va joriy yildagi ta’lim 
yangiliklarini metodbirlashma yig‘ilishida o‘rganib chiqish.O‘zbekiston Respublikasi 
xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik 
xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i 
ijrosini ta’minlash Boshlang`ich sinf metod birlashmasida darslar taqsimoti va 5-11- 
sinflar bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi 
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy 
o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
2017-yil 15- martdagi 140-sonli qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati “Sen 
qudrat manbaai saodat maskani jonajon O’zbekistonim!” shiorini o’quvchilar o’rtasida 
o’rganish va amalga tadbiq etish .
4.
Sentyabr oyi boshlang`ich sinflar fan oyligi munosabati bilan amalga oshiriladigan 
ishlar rejasini tuzish 
1- masala yuzasidan Boshlang`ich sinf metod birlashmasining 2021-2022-o’quv
yulidagi amalga oshirilgan ishlari va 2022-2023- o’quv yilidagi vazifalari to’g’risida 
metod birlashma rahbari G.Karimova so’z olib o`z fikrlarini aytib yutuqlar o’zimizniki
o’tgan o’quv yilida olib borilgan ishlar samaradorligi va qilingan ishlarni kamchliklari 
metod birlashma rahbari va uning a’zolarining bir yillik faoliytiga nazar solsak o’tgan 
yilni yaxshi natijalar bilan yakunlaganligini alohida takidlab o’tdi. Shu bilan birga o’tgan 
o’quv yilida yo’l qo’yilgan xato va kamchilaklarni yangi o’quv yilida bartaraf etish 
choralari ko’rilishini va odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilishni aytib o’tdi.


Metod birlashmani to`liq holda olish uchun +998911595353
 
Shundan so`ng yangi o`quv yili uchun dars taqsimoti haqida gapirar ekan 
O`zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 3271-sonli qarorining 3-bob 15-16-
bandlariga alohida to`xtalib o`tdi metod birlashma a’zolariga tushintirish ishlarini olib 
bordi bundan buyon har yili dars taqsimoti ushbu qaror bandlarida keltirilgan tartib 
qoidalar asosida amalga oshirilishini aytib o`tdi. Qarorning 15-bandiga asosan dars 
taqsimotida eng avvalo xalqaro fan olimpiadalar g`olibini tayyorlagan o`qituvchilar, 
o`qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan xalqaro fan olimpiadasi g`oliblari, bundan tashqari 
dunyoning yuqori reytingga ega oliygohlarida ta’lim olgan fan o’qituvchilari, oliy toifali 
fan o’qituvchilari, birinchi toifali fan o’qituvchilari, ikkinchi toifali fan o’qituvchilari, 
mutaxasis toifasiga ega fan o’qituvchilari, yuqoridan reytingga qarab maksimal 30ga 
qadar dars olish huquqiga ega ekanligi bayon etilgan. 
2- masala bo’yicha uslubiy birlashma rahbari G.Karimova so’z olib Avgust oyida 
o’tkazilgan shuba yig’ilishlarida ishtiroki yuzasidan metod birlashma a’zolari va majlis 
ishtirokchilariga yetkazdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13-
avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada 
rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to’g’risida fikr yuritdi. 
183-sonli buyuruqqa asosan Shanba kuni Boshlang`ich sinf metod kuni sifatida 
o’zgarisgsiz qoldirilib Sentyabr oyi ham Boshlang`ich sinf fan oyligi sifatida o’zgarishsiz 
qildirilganligini Metod birlashma ishlarini yuritishdagi hujjatlar to’plami 
qisqartirilganligi va joriy o’quv yilidan Metod birlashma hujjatlaridan metod birlashma 
rejasi va yig’ilish bayonini yuritish bilan cheklanish qat’iy belgilanganiligini tushuntirib 
o’tdi. 2022-2023-o’quv yili uchun Boshlang`ich sinf metod birlashmasining yillik ish 
rejasini tasdiqlash to’g’risida qilinadigan ishlar mazmun mohiyatini o’qituvchilarga 
tushuntirib O’IBDO’ G.Rahmatjonovaga taqdim etdi. Darslar taqsimoti va 1-4- sinflar 
bo’yicha fanlardan taqvim mavzu rejalarni muhokamasi keng jamoa o’rtasida va maktab 
direktori B.Teshaboyev, O’TIBDO’ G.Rahmatjonova uslubiy birlashma rahbari
G.Karimovalar tomonidan ko’rib chiqildi, metod birlashma rejasi 1-4-sinflar bo’yicha 
fanlardan taqvim mavzu rejalari tasdiqlanish to’g’risida kelishildi. Muzokarada Tarbiya 
fani o’qituvchilaridan birinchi toifali o’qituvchi G.Rahmatjonova , tajribali va mahoratli 
o’qituvchi X.To`xtasinovalar so’zi tinglandi.
3- masala yuzasidan O’IBDO’ G.Rahmatjonova so’z olib O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-
hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15- martdagi 140-sonli 
qarorlari asosida olib borilayotgan ishlar xolati bundan keying qilinadigan ishlar rejasi 
bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng metod birlashma rahbari G.Karimova so’z olib 
“Yangi O`zbekistonda el aziz, ison aziz!” shiorini o’quvchilar o’rtasida o’rganish va 
amalga tadbiq etish bo’yicha sinf xonalariga shiorlar yozib qo’yilishi Mustaqillik 
darslarini ushbu shior asosida tashkil etish kerakligi , mustaqillik darslarni tashkil etish


Metod birlashmani to`liq holda olish uchun +998911595353
 
darslar davomida o’quvchilar ongiga chuqur singdirilishi uslubiy birlashma rahbari
G.Karimova tomonidan aytib uqtirildi. Yuqoridagi masalalar bo’yicha muzokara bo’lib 
o’tdi. “Yangi O`zbekistonda el aziz, ison aziz!” shiorini o’quvchilarning ongiga 
singdirishda pedagogik mahoratlarini ko’rsatib misollar yordamida yosh pedagoglarga 
tushunchalar berdilar. 
4-masala yuzasidan Metod birlashma rahbari G.Karimova so’z olib Aprel oyi 
“Boshlang`ich sinf fani oyligini o’tkazish uchun oldindan puhta va jiddiy tayyorgarlik 
ko’rish. Fan oyligi davomida rejalarni oldindan tayyorlab uni metod birlashma 
tasdiqidan o’tkazish to’g’risida fikrlarini aytib topshiriqlar berdi. Fan oyligida har bir 
fan o`qituvchisi o`quvchilar uchun qo`shimcha tadbir, to`garak va o`quvchilarni fanga 
qiziqtira oladigan yangiliklar orqali ko`tarngki ruhda o`tkazish zarur. Fan oyligini 
tashkillash orqali o`quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini va e’tiborini o`zgartirish va 
fanlarni o`rganishga jalb etish lozim. Yuqoridagi masalalar bo’yicha muzokara bo’lib 
o’tdi. Muzokarada O’IBDO’ G.Rahmatjonova yuqori toifali o’qituvchi tajribali va 
mahoratli o’qituvchi S.Sidikova so’zi tinglandi va qaror qabul qilindi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling