Dasturning nomi
|
Internetga ulangan buyumlarni dasturlash
|
Ajratilgan soatlar
|
100
|
O‘qituvchi sinfda o‘tkazadigan mavzular soni
|
36
|
Dasturning maqsadi
|
Arduino orqali ishlatilishi mumkin bo‘lgan apparat va dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan ochiq manbali elektron platforma orqali C tili bilan dasturiy ta’minotni joriy etishga qaratilgan. Dasturiy ta’minot asoslarini, shu jumladan kirish va chiqishlarni qamrab olgan holda, talabalarga Arduino kengaytiriladigan dasturiy ta’minot va texnik vositalarini o‘rgatish.
|
O‘zlashtirish natijalari
|
"mikrokontroller", "sxema" va boshqa asosiy elektron tushunchalarni tushunish. Funksiyalar, o‘zgaruvchilar, blok, sikl va holat kabi asosiy tushunchalarni o‘rganish. Dasturlash hamda texnik vositalarga qiziqishni rivojlantirish.
|
Bilim
|
dasturlash va robototexnika haqida asosiy tushunchalar;
robotlashtirilgan qurilmalarning konstruktsiyalari;
arduino bilan tanishish;
arduino dasturining tuzilishi;
o‘zgaruvchilar va ma’lumotlar turlaridan foydalanish;
arduino operatsiyalari
axborotni kiritish-chiqarishni tashkil etish (shu jumladan fayllar bilan ishlash);
massivlarni, funksiyalarni yaratish va qayta ishlash usullari;
analog arduino buyruqlaridan foydalanish;
led chirog‘ini qo‘llash;
robotni boshqarish funksiyasi va robot qo‘li;
robotlashtirilgan qurilmalarni dasturlash;
avtonom mobil robot.
|
Ko‘nikmalar
|
muammoni hal qilishda umumiy yondashuvni ishlab chiqish;
turli tuzilmalar uchun algoritmlarni tuzish;
mantiqiy algebra elementlarini mantiqiy ifodalarni qurish va hisoblash uchun ishlatish;
asosiy konstruktsiyalardan foydalangan holda dasturlarni yozish;
standart o‘zgaruvchilar va ma’lumotlar turlaridan foydalanish;
Arduino tilining turli xil operatorlaridan foydalanish;
massivlardan foydalanish;
Arduino analog buyruqlarini tushunish va ulardan foydalanish;
LED sxemasini sozlash;
boshqaruv dasturlarini yaratish;
algoritmlarni ishlab chiqish va robotlarni boshqarish dasturlarini tuzish asoslarini o‘zlashtirish;
sensorning ishlashini tekshirish;
o‘lchov vositalaridan foydalanish;
Arduino platformasida dasturlar yozish.
|
|