Dastur nomi
|
Ichki kasalliklar asoslari va birinchi tibbiy yordam
|
Ajratilgan soat
|
90
|
Mavzular soni
|
13
|
Dasturning maqsadi
|
Ichki kasalliklar bilan og‘rigan bemorda mustaqil ravishda turli tekshiruvlarni o‘tkazish, kasalliklarning oldini olish choralarini, tashxis va davolash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy muolajalarni bajarishni o‘rgatish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
fanga oid bilimlarni tizimli umumlashtirish orqali kasalliklarni etiologiyasi, klinikasi, bemorlarni laborator va funksional tekshiruvlarga tayyorlash, tekshiruvlarni o‘tkazish, davolash to‘g‘risidagi nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar;
nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etgan holda bemorning umumiy holatini baholab, ichki kasalliklarning asosiy xususiyatlarini bilib, kasalxonaga qadar barcha shoshilinch va tez yordam choralarini amalga oshiradilar.
|
Bilimlar
|
ichki kasalliklar faning rivojlanish tarixi;
terapevtik kasalliklar haqida tushuncha;
terapevtik bemorlarni o‘qitish va muammolarni yechish jarayoni;
katta yoshdagilarning rivojlanish bosqichidagi xususiyatlari;
sog‘lom hayot va katta yoshdagi odamlarda salomatlik muammolari;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
tibbiy asbob-uskunalar va laboratoriya tekshirish usullarining ahamiyati.
|
Ko‘nikmalar
|
bemorni subyektiv va obyektiv tekshirish;
bemorni laborator va instrumental tekshiruvlarga psixologik va maxsus tayyorlash;
dorilarni parenteral yuborish;
bemorlarga o‘z – o‘zini parvarish qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rgatish;
shoshilinch holatlarda shifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlar bilan tanishish;
internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
mavzuga oid amaliy ko‘nikmalarni o‘quv trenajyor xonasida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda mustaqil bajarish;
Zoom dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘rganish.
|
|