M. artikova, M. Tursunova
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi
M.ARTIKOVA, M.TURSUNOVA
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUV MASHG‘ULOTLARIGA INTERFAOL USULLAR TATBIQI
ANDIJON - 2012 Ushbu “Boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi” nomli uslubiy ishlanma ma’rifatli va ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, qolaversa talaba-yoshlar foydalanishlari uchun muhim manba hisoblanib, unda boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning ayrim mavzulariga ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘qitish usullarining singdirilgan tavsifi – dars ishlanmalari berilgan.
Tuzuvchilar: p.f.n. M.B.Artikova, M.N.Tursunova Taqrizchi: p.f.n., dotsent K.Turg‘unboev
SO’Z BOSHI O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o’tilgan. Unda “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi” - deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Darhaqiqat, innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini, bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bugungi kunda boshlang‘ich sinfdanoq ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi jadallashmoqdaki, bunda ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etish ko‘zga tashlanmoqda. Innovatsion texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.
O’QISH
I. Dars mavzusi: Ona sabog’i. II. Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga bobomiz Z.M Bobur haqida ma’lumot berib, bulut, uning qanday paydo bo’lishi, uning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga, buyuk ajdodlarimizga bo’lgan hurmat, ona tabiatga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini o’stirish, ularning og’zaki nutqini rivojlantirish.
tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlar, “ Boburnoma” asari va boshqalar. VIII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Shoh va shoir Takrorlashga oid savollar: - Bobur mirzo qayerda tug’ilgan? - U qayerda shohlik qilgan? - Nima sababdan uni shoh va shoir deb ataymiz? IX. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum. Bolajonlar, sizlar osmondagi bulutlarni kuzatganmisiz, ular qanday shaklda bo’ladi? Kim doskaga bulutning rasmini chizib bera oladi? Darslik bilan ishlash: O’qituvchi matnni o’g’il bolalar va qizlar ijrosida rollarga bo’lib o’qitadi.
Yoz oxirlab borayotgan damlar. Osmon ko’zguday tiniq, musaffo. Yetti yashar mitti Zahiriddin onajonisining yonginasida. Ona-bola o’zaro dillashadilar. Hozir dilbandi derazadan ko’kka boqib olgan edi. U osmondagi uyum-uyum paxtani eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi. - Hazrat onajon, - dedi jajji Bobur. – Shu bulutni qo’l bilan ushlab bo’ladimi? - Voy, bolajonim! – kuladi onasi. – Momiq emaski, qo’l bilan tutib bo’lsa. Ular suv zarralari-ku. Faqat bug’ holatida. Bug’lardan esa bulutlar paydo bo’ladi. Ular yomg’irmi-qorga aylanib yog’ayotgandagina qo’lingizni tutsangiz… - Ha-a-a… angladim, angladim. X. Mustahkamlash uchun metodlar: - “ Yumaloqlangan qor o’yini” metodi. Ushbu metod quyidagi harakatlar orqali amalga oshiriladi: - “Yomg’ir”, “qor”, “bulut” tasviri tushirilgan tasvirli kartochkalar tayyorlanadi. - Ularning orqa tomoniga mavzuni o’zlashtirishga oid savollar va topshiriqlar yoziladi. Savollar: 1. Voqea qaysi faslda bo’lib o’tdi? 2. O’sha paytda Zahiriddin necha yoshda edi? 3. U bulutni nimaga o’xshatdi?
1 O’qish kitobi: 1 – sinf uchun darslik/ Muallif – tuzuvchilar: T. G’afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva. Mas’ul muharrir: S. Matchonov. – T.: “Sharq”, 2009. .31 b. 4. Onasi Zahiriddinning savoliga nima deb javob berdi? 5. Bulutlar nimadan paydo bo’ladi? 6. Bulutlar yog’ayotganda nimaga aylanadi? 7. Bulutlarning ahamiyati haqida gapiring. - Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadilar. ( guruhlarni hosil qilishda tasvirli kartochkalardan foydalaniladi). - Har bir guruh a’zolari bir nechta juftlikka birlashtiriladi. - Guruhlar kartochkalardagi topshiriqlarni birgalashib bajaradilar. - Jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqariladi. XI. Uyga vazifa: Matnni qayta o’qib , yod olish, tabiatni kuzatish.
2-SINF I. Dars mavzusi: Bahor. II. Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga bahor fasli, unda kechadigan o'zgarishlar, bahorgi yumushlar, o'simliklar va hayvonlarning bahorgi hayoti haqida to'la ma'lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda mehnatsevarlik, ona tabiatga qushlarga, gullarga va hasharotlarga bo'lgan mehr - muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, og'zaki nutqini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.
lolaqizg'aldoq, kurtak, laylak, sassiqpopishak, jiblajibon, kakku, qaldirg'och, ayiq, tipratikan, tulki. IV. Darsning metodi: Aqliy hujum, ”SAN” texnologiyasi, tezkor savol-javoblar. V. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida. VI. Darsda qo'llaniladigan vositalar: bahor fasli tasvirlangan kartinkalar, bahoriy gullar, hayvonlar, hasharotlarning rasmlari, plakat va markerlar. VII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo haqida suhbatlashish. 2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: " Yomg'ir" she'ri. Takrorlashga oid savollar: - Safo Ochil she'r orqali nimani tasvirlab berdi? - Kuchli yoqqan yomg'ir tabiatga zarar keltirishi mumkinmi? - She'rni yoddan ayting.
Aqliy hujum: Dars Derazamning tagida bir tup O'rik oppoq bo'lib gulladi. Novdalarni bezab g'unchalar Tongda aytdi hayot otini va shabboda qurg'ur ilk sahar Olib keldi gulning totini she'ri bilan boshlanadi. O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, Hamid Olimjon ushbu she'rida qaysi faslni tasvirlagan? Darslik bilan ishlash: Matn o'qituvchi tomonidan ifodali qilib o'qib beriladi.
1-martdan o'lkamizda bahor fasli boshlanadi. Bobodehqonlarimiz dalalarda, bog'larda va ekinzorlarda bahorgi yumushlarni boshlab yuborishadi.
2 O’qish kitobi. 2-sinf uchun darslik. / Qayta ishlangan 10-nashri. (Q.Abdullayeva, M.Yusupov, M.Mahmudova, S.Rahmonbekova.) – T.:O’qituvchi” NMIU – 2008. 96-b. Mart oyida quyosh tobora yuqori ko'tarilib, yer yuzasiga o'z nuri va haroratini mo'l - ko'l socha boshlaydi. 21-martda kun bilan tunning uzunligi baravarlashadi. Bahor kelgan bo'lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o'zgarib turadi: shamol esadi, kechqurun va ertalab tuman tushadi, yomg'ir, do'l yog'adi. Bahorning dastlabki gullari-och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovullaydi, oltin gulli momaqaymoqlar barra maysalar uzra bodrab turadi. Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Mart oyida hasharotlar va boshqa jonivorlar uyg'onadi, qurbaqalar qurillab, "qo'shiqlari"ni boshlaydilar. Laylak, jiblajibon, sasiqpopishak, kakku, qaldirg'och va turnalar uchib keladilar. Ayiq, tipratikan, tulki va bo'rilar qishki uyqudan uyg'onadilar.
nazokatli). Texnologiyaning maqsadi: o'quvchilarda yakka, jamoaviy guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko'nikmalarini, ishga mas’uliyat va yondashuvni shakllantirish, tasviriy san'at bo'yicha bilimlarini yanada mustahkamlash. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: 1. O'qituvchi o'quvchilar auditoriyasini o'tkaziladigan mashg'ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o'quvchilarni uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi. 2. Kichik guruhlarda o'quvchilar quyidagi rollarga bo'linadilar: yozuvchilar, shoirlar
3. keyin har bir guruhdan bir vakil chiqib, o'zi uchun tayyorlangan topshiriqlarni oladi. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin:
Navro'z bayrami, ob-havodagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berish. "Shoirlar" jamoasiga: bahorda qaysi gullarning ochilishi, qaysi qushlarning uchib ketishi va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar haqida so'zlash. So'ngra bahor fasliga Navro'z bayramiga bag'ishlangan she'rlardan aytish.
O'quvchilar birgalikda topshiriqlarni bajarib bo'lgach tahlil qilinadi va munosib baholanadi. X. Uyga vazifa: Matnni qayta o'zlashtirib, Otayorning "Bahor keldi" she'rini yodlash.
I.Dars mavzusi: Nonni qo'yningizga tiqing, hamroh bo'ladi. II. Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga matn orqali non haqida, uning insonga do'stligi, aziz va muqaddasligi haqida so'zlab berish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga nonni isrof qilmaslik, unga oyoq bosmaslik, hatto ushoqlarini ham terib ko'zga surtish zarurligini uqtirish, ularni halol mehnat bilan non topishga o'rgatish; c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mehnat qilish ko'nikmalarini o'stirish, nonga nisbatan hurmat tushunchalarini rivojlantirish. III. Darsning metodi: aqliy hujum NAMX metodi. IV. Dars shakli: suhbat-ma'ruza, savol-javob. V. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida. VI. Darsda qo'llaniladigan vositalar: patir, shirmoy, jizzali, kulcha, buhonka, qora non, teshikkulcha singari nonning turlari, un va bug'doy donachalari (alohida stolga dasturxon ustiga teriladi).
1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo va yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzu: Safo Ochilning "Non haqida" she'ri. Takrorlashga oid savollar: 1. Shoir she'rda bolalarga nima deb murojaat qilyapti? 2. Bobolar non haqida nima deganlar? 3. Siz nonga qanday munosabatda bo'lasiz? 4. She'rni yod oling. VII. Yangi mavzu bayoni: Aqliy hujum: O’qituvchi: O’quvchilar quyidagi savollarga diqqat bilan quloq soling. Javoblarning bosh harflaridan mavzuning nomi kelib chiqadi. 1. Daraxtning bolasi nima?
Nihol 2.30 ni 5 ga bo'lsak necha bo'ladi?
Olti
3. G'azal mulkining sultoni Alisher ......
Navoiy
NON Shundan so'ng mavzu doskaga yoziladi. Darslik bilan ishlash: O'qituvchi mavzuni boshlashdan oldin Abdulla Oripovning quyidagi she'rini bolalarga o'qib beradi.
Bir ulug' alloma fikrin aylab jam So'zimni matalga yo'ymanglar debdi. Tokchaga bo'y cho'zsez Qur'on tursa ham Nonga sira oyoq qo'ymanglar debdi.
"Non" va "O'zbekiston" uyqashdir azal Bu yurtga ne ellar non deb kelganlar Sargashta qushlar ham doim galma gal Bu yurtdan risqini terib yeganlar.
Yurtim bugunliging bildi keng jahon To'ldi omborlaring o'z doning bilan Siylaysan olamni yozib dasturxon Mehnatdan yaralgan shu noning bilan.
- Shundan so'ng darslikdagi matn ifodali berilib, afsonaning mohiyati to'liq tushuntiriladi. Nonni qo'ningizga tiqing hamroh bo'ladi. 3
Kechasi kelayotgan odamga qarab uy egasi: "Bevaqt ketayapsiz. Mana bu nonni qo'yningizga tiqing, hamroh bo'ladi", - deydi. Xalq bu bilan nonni kishiga do'st sifatida ifoda etadi. Nonning insonga do'stligi haqida xalq ajoyib afsona yaratgan. Kunlardan birida bir dehqon dalada ko'p ishlab charchabdi. Ketmonning dastasini yerga tiqibdi. Ketmonning o'zini soyabon qilib, ko'kragiga nonni qo'yib uxlab qolibdi. Ittifoqo, osmondan zaharli uchar ilon tushib, ketmonni teshib, dehqonga zahar solmoqchi bo'libdi. Shu payt ko'kragida nonni ko'rib, zahar sololmay, kulcha bo’lib qolibdi. Non dehqonni ilonning zahridan qutqaribdi. VIII. Mustahkamlash uchun metodlar: NAMH metodi. Masalan, “ Odamlar ko’chada, ijtimoiy joylarda nonni isrof qiladilar, shu to’g’rimi?”.
3 Umarova M, Hakimova Sh. O’qish kitobi: 3-sinf uchun darslik./ Mualliflar: M.Umarova, Sh Hakimova. 9- nashri. – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2008.178-.
N - Nuqtayi nazar - o'z fikringizni bildiring. A - asos - fikringizga birorta sabab keltiring. M - misol - sababni keltiruvchi misol keltiring X - xulosa - fikringizni yakunlang. IX. Uyga vazifa: Matnni o'qib, nonning insonga do'stligi haqidagi boshqa rivoyat va afsonalarni topib kelish.
a) ta'limiy maqsad: hikoya orqali o'quvchilarga o'rik daraxti, uning navlari va ahamiyati haqida ekologik bilimlar berish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda ona tabiatga, butun o'simliklar va hayvonlar dunyosiga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mehnatsevarlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik tuyg'ularini rivojlantirish, ekologik madaniyatini yuksaltirish.
ekologik muammolar tasviri tushirilgan kartinkalar. VII. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzu: Habib Rahmatning "Jala darakchisi" she'ri.
Takrorlashga oid savollar: 1.Shoir momaqaldiroqni nimaga o'xshatdi? 2. Qaysi faslda momaqaldiroq gumburlaydi? U nimadan darak beradi? 3.Bahorda tabiatda yana qanday hodisalar yuz beradi? Bundan tashqari o’qituvchi momaqaldiroq va jala haqida bolalarga ensiklopedik ma’lumot bersa ham bo’ladi. VII.Yangi mavzu bayoni. a)"Muzyorar" o'yini (qizdiruvchi faoliyatga jalb qiluvchi mashq) - o'quvchilarning o'zaro tanishishi va ichki muhit yaratishi maqsadida qo'llaniladigan mashq. Mashqning vazifasi - o'quvchilarni muloqotga chorlash (muzni yorish). Bu o'yin - o'quv xonasidagi ruhiy taranglikni yengish, guruhning shakllanish jarayonini tezlatish, muloqot va axborot almashinuvini yo'lga qo'yish, shuningdek samimiylik va hamkorlik muhitini yaratishga yordam beradi. "Muzyorar" barcha ishtirokchilarni jarayonga muvaffaqiyatli jalb qiladi va treningning yo'nalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'yin savoli: "Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim bo'lishi aniq bo'lganda ham ulgursangiz ekib qo'yavering". (Hadisdan) Ushbu hadisdan qanday taassurot oldingiz va ko'chat ekishning hayotimizdagi ahamiyati haqida so'zlang? b) Daslik bilan ishlash: Hikoya o'quvchilar tomonidan rollarga bo'lib o'qitiladi.
4
(Xudoyberdi To'xtaboyev) Tug'ilib o'sgan qishlog'imga borib, qarindosh - urug'lar huzurida bir necha kun mehmonda
4 O’qish kitobi. 4: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4 – sinfi uchun darslik/ S. Matchonov, A.Shojalilov, X. G’ulomov va boshq. – T.: “Yangiyul polygraph ” 2007/ 192-195 betlar. bo'ldim. Tengqurlarim, yoshlar davrasida ishtirok etib, goh qizg'in suhbatlarga qo'shildim, goh aytilayotgan fikrlarning "mazasini" shimayotgandek jimgina o'tirdim.Yoshlar orasida ko'proq bo'ldim desam ham bo'ladi, ularning beg'ubor suhbatini yoqtiraman, ruhiyati, dunyoqarashlari qanday ekanligini bilgim keladi. Bir galgi suhbatda yigitchalardan biri: "Amaki, o'rikdan yeng ,og'zingizda erib ketadi. "Qoraqandak" deyishadi bu navni, Erkacholning o'rigidan", deb qoldi. Yuragim hapqirib ketdi. Shirin-shirin entika boshladim. Suhbatdoshlarimga qayta - qayta tikilaman, yuz-ko'zlarida yeyayotgan o'riklaridan olayotgan huzurdan o'zga ifodani sezmayman. Erkacholning kimligini ham, u kishi menga bobo bo'lishini ham bilishmaydi, deb o'ylayman. Axir u zotning olamdan o'tganiga necha-necha yillar bo'ldi-ku... Otam olamdan o'tgach, yigirma yoshida beva qolgan onam ikki-uch yildan so'ng turmushga chiqib, mening tarbiyam bobomning ixtiyorida qolgan edi. Yoshi yetmishlarga borib qolgan, baland bo'yli, tik qomatli, tarashadek qotma, cho'ziq yuzli, serzarda va eng muhimi, tinib-tinchimas kishi edi.O'ziyam tinmasdi, rahmatli enam ikkimizni ham tinchitmasdi. Hatto, ishonsangiz, og'ilxonadagi qo'yu mollarni ham tinch qo'ymas, mol yotganda emas, yeganda semiradi, deb ularni ham turtkilagani turtkilagan edi. Men bobomga juda bog'lanib qolgan edim. Sutga to'ymagan qo'zi onasining orqasidan qolmaganidek, erta-yu kech bobomning ortidan ergashib yurardim. Hatto tunda ham bir o'rinda yotardik. Yotishim bilan barmoqlarim bilan soqollarini tarab, ertak aytib berasiz deya, qiyin-qistovga olardim. Ko'pincha hassalarini yoki taqqillab yuradigan kavushlarini berkitib qo'yib, hukmimni o'tkazishga, so'ragan narsamni undirib olishga harakat qilardim. Bobomning "Jon o'g'lim, topib bersang senga bir narsa beraman", deya yolvorishini hush ko'rardim. Bir kuni ertalab katta ko'k eshagimizni yetaklab chiqib: - Qani, orqamga mingash-chi, - deb qoldilar. - Qayoqqa boramiz? - deya so'rayman sevinib. - Qashqar qishloqdan o'rik ko'chati olib kelamiz. - O'rik ko'chati o'zimizda bor-ku? - U boshqasi, o'g'lim. - Qanaqasi? - Bas endi, jim ket. - Yo'q, oldin qandayligini ayting, keyin jim ketaman. Bo'lmasa eshakning junidan tortaman. - Qo'y, bolam junidan torta ko'rma, yana yiqitsa, ishimiz bitmay qoladi... Qashqarda " Qoraqandak" degan o'rik bor, faqat o'sha yerda o'sadi u. Quruq, suvsiz yerni hoxlaydi, shekilli. Mevasi hay-hay, biram shirin bo'ladiki, tog'alaringnikiga borganda yegansanku. - Yeganim yo'q, - deyman. - Yegansan, cho'ntagingni to'ldirib solib berishardi-ku! - hecham-da, menga doim qurt tushganidan berishadi... Bobojon, nega " Qoraqandak" deyishadi? - Quriganda shirasi ko’p bo’lgani sabab rangi qorayib qoladi-da. - Nega oqarib qolmaydi? - Endi bas qil, miyamni achitib yubording. Shu yo'sin Qashqarga borib bir quchoq mayda ko'chat olib qaytdik. Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ulgurmagan, tuproq ham hamirdek ko'pchib turibdi. Tepalikning kungay tomonida chuchmomalar yerni yorib chiqa boshlagan, havo ham hiyla ayoz bir palla edi. Bobom bir hafta davomida tepalikni gir aylantirib, orasida besh-olti gaz joy qoldirib, chuqurchalar kovladilar. Men esa goh o'tgan yilgi has-hashaklardan yig'ib, guldiratib olov yoqib yuboraman, goh katta qumg'onni toshdan yasagan o'chog'imizga qo'yib, varaqlatib choy qaynataman, goho nima maqsaddaligiga o'zim ham tushunmagan holda yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga halloslab yugurib terga botaman. - Kel endi, mana bu ko'chatni ushlab tur, - deydilar ba'zan bobom. - Angrayma, nihol qiyshayib qolyapti. - Bobojon, bog'imizda o'rik ko'p-ku, endi qolganini ekmay qo'ya qolaylik, qishloqqa qaytgim kelyapti, enamni sog'indim. - Yo'q, bo'talog'im, hammasini ekib ketganimiz yaxshi. Katta bo'lsa, mevasini odamlar yeb sen bilan meni duo qilishadi. Shu yo'sin nihollarni ekib tugatdik. Rahmatli bobom o'sha yili ham, keyingi paytlarda ham xurjunning ikki ko'ziga ikki ko'zani solib, tepalikka suv tashiganlari-tashigan edi. Meni qanchalik suyib erkalasalar, nihollarni ham to hosilga kirguncha ana shunday erkalaganlari hali-hali esimda. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling