M. artikova, M. Tursunova


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana28.11.2020
Hajmi0.9 Mb.
#154198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi


 

 

 

 

 

2-SINF  

 

o’quvchisining taxminiy kun tartibi

 

 



7

00

     



–  uyqudan uyg’onish 

7

00



– 7

15

     



–  badantarbiya, yuvinish o’rinni yig’ish 

7

15



 – 7

30

    



–  ertalabki nonushta 

7

30



 – 7

40

    



–  maktabga tayyorgarlik 

7

40



 – 8

00

    



–  maktabga borish yo’li 

8

00



 – 13

00

 



–  maktabda o’qish vaqti 

13

00



 – 13

30

 



–  maktabdan uyga qaytish yo’li 

13

30



 – 14

00

                                               



–  tushki ovqat 

14

00



 - 16

00

  



–  tushki ovqatdan keyingi uyqu, harakatli o’yinlar 

16

00



 – 17

50

 



–  dars tayyorlash, ish joyini yig’ishtirish 

17

50



 – 18

00

 



–  yengil tamaddi 

18

00



 – 19

00

 



–  ochiq havoda bo’lish, uy ishlariga qarashish 

19

00



 – 20

30

 



–  kechki ovqat va erkin mashg’ulot 

20

30



 – 21

00

 



–  kechki ovqatga tayyorgarlik 

21

00



 – 7

00

   



–  kechki uyqu 

 

 



XI. Mustahkamlash uchun metodlar: Blits-so’rov

“Blits-so’rov”    usuli  o’quvchilarni  harakatlar  ketma-ketligini  to’g’ri  tashkil  etishga, 

mantiqiy  fikrlashga,  o’rganayotgan  predmeti  asosida  xilma-xil  fikrlar,  ma’lumotlar  ichidan 

kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o’zgalar fikrini hurmat qilish hamda o’z faoliyati, 

kunini rejalashtira olishga o’rgatadi. 

Mashg’ulotni  o’tkazish  tartibi.  O’qituvchi  tomonidan  tayyorlangan  sxemada  2-sinf 

o’quvchisining  kun  tartibi  aralash  holatda  berilgan.  O’quvchi  esa  uni  tartibga  keltirishi  kerak 

bo’ladi. 

 

№ 

Bajariladigan yumushlar 

Bajarilish vaqti 

Uyqudan uyg’onish 



7

30

 – 7



40 

Badantarbiya, yuvinish, o’rinni yig’ish 



7

15

 -7



30

 



Ertalabki nonushta 

7

00



 -7

15 


Maktabga tayyorgarlik 

7

00 


Maktabga borish yo’li 

13

00

 – 13



30 

Maktabda o’qish vaqti 



7

40

 – 8



00 

Maktabdan uyga qaytish yo’li 

13

30

 – 14



00 

Tushki ovqat 



8

00

 – 13



00 

Tushki ovqatdan keyingi uyqu, dam olish 



16

00

 – 17



50 

10 


Dars tayyorlash, ish joyini yig’ishtirish 

14

00



 – 16

00 


11 

Yengil tamaddi 

21

00

 – 7



00 

12 


Ochiq havoda uy ishlariga qarashish 

20

30



 – 21

00 


13 

Kechki ovqat 

18

00

 – 19



00 

14 


Uyquga tayyorgarlik 

19

00



 – 20

30 


15 

Kechki uyqu 

17

50

 – 18



00 

 

Uyga vazifa: O’z shaxsiy kun tartibini tuzib kelish. 

 

3-SINF  

I. Dars mavzusi: Futbol. 

II. Darsning maqsadlari: 

a)  ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarni  futbol  o’yini  tarixi,  uning  qonun  –  qoidalari,  inson 

hayotidagi ahamiyati bilan to’la tanishtirish. 

b)  tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarni  vatanga,  ona  tabiatga  ,  sportga  bo’lgan  muhabbat 

ruhida tarbiyalash; 

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  mustaqil  va  erkin  fikrlashlariga  imkon  yaratish, 

qobiliyatlarini rivojlantirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  futbol,  darvozabon,  hujumchi,  himoyachi,  futbol 

maydoni, to’p va hokazo. 



IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

futbol qanday o’yin ekani haqida bilish; 



futbol tarixi haqida bilish; 

hujumchining vazifasini bilish; 



yarim himoyachi va darvozabonning vazifasini bilish. 

Ko’nikma va malakalar: 

to’pni tashlashni o’rganish; 



oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepishni o’rganish; 

to’pga kalla bilan zarba berishni o’rganish; 



futbolning ahamiyati va mavqeyi haqida gapirish. 



V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Darvozangni qo’riqla” metodi. 

VI. Dars shakli: suhbat, amaliy mashg’ulot.  

VII. Dars usuli: noan’anaviy. 

VIII.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  3-sinf  “Jismoniy  tarbiya”  darsligi,  mavzuga  oid 

rasmlar, futbol to’pi va boshqalar. 



IX. Darsning borishi: 

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, sport yangiliklari haqida suhbat. 

2.  O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Uloqtirish. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 

1.  Koptokni uloqtirishda qanday xatoliklarga yo’l qo’yiladi? 

2.  Koptok necha gradus burchakda uloqtiriladi? 

3.  Koptok uloqtirishning o’rganish ketma-ketligini ayting. 

X. Yangi mavzu bayoni. 

Aqliy hujum. 

 O’qituvchi: O’zbekistonning mashxur futbol jamoasi qaysi? 

O’quvchilar: Paxtakor. 

O’qituvchi: Qanday taniqli futbolchilarni taniysiz? 

O’quvchilar: Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Maksim Shatskix va boshq. 



XI. Darslik bilan ishlash. 

Futbol.


15

 

Futbol-xalq  sevgan  o’yin.  Garchi  uning  vatani  Angliya  hisoblansa-da,  o’yinning  osonligi, 



qonun-qoidalari oddiy tuzilgani, muhimi har bir kishi bemalol shug’ullana olishi mumkinligi uchun 

ham  futbol  butun  dunyoda  mashxur  bo’lib  ketgan,  har  bir  xalq  uni  o’ziniki  deb  hisoblaydi.  Shu 

sababli futbol xalq o’yini, millionlar o’yini deyiladi. 

Futbol  -  maxsus  maydonda  to’p  bilan  o’ynaladi.  Har  bir  jamoada  o‘n  bittadan  o’yinchi 

bo’lib, ular alohida hujumchilar, yarim himoyachilar, himoyachilar va darvozabonga bo’linadi. 

Hujumchilar  raqib  darvozasiga  hujum  uyushtiradilar.  Ularning  vazifasi  to’pni  ustalik  bilan 

olib borish va darvozaga aniq tepish.  

Himoyachilar o’z darvozalarini raqib hujumidan himoya qiladilar, o’z navbatida, raqibidan 

to’pni olib tezda uni o’z hujumchilariga oshiradilar. 

Yarim himoyachilar himoyada va hujumda o’ynaydilar, shuning uchun ular eng chidamli va 

yaxshi tayyorlangan o’yinchilar hisoblanadi. 

Darvozabon  -  raqib  hujumi  paytida  darvozaga  to’p  kirishidan  saqlovchi  o’yinchi.  Faqat 

darvozabonlarga to’pni qo’l bilan o’ynashlariga ruxsat etilgan. 

To’pni  ilib  olish-darvozabon  o’yining  asosiy  vositasi.  Bu  ko’pincha  ikki  qo’llab  amalga 

oshiriladi.  Darvozabon  to’pni  qo’lda  ilib  olishi  va  urib  qaytarishi  mumkin.  Lekin  hujumchilar, 

yarim himoyachilar va himoyachilar o’yin vaqtida to’pga qo’llarini tekkizishlari mumkin emas. 



 To’pni tashlash. Agarda to’p biror jamoa o’yinchisi zarbasidan keyin maydon tashqarisiga 

chiqib ketsa, o’yin to’xtatiladi. 

To’pni tashlashda oyoqlar yelka kengligida kerib turiladi. To’pni ushlagan qo’llar tirsakdan 

sal bukiladi va yuqori ko’tarilib, boshdan orqaga o’tkaziladi. Gavda salgina orqaga egiladi, oyoqlar 

tizzasi bukilib, gavda og’irligi tovonlarga tushiriladi. 

To’pni o’yinga kiritishda qo’l barmoqlari shunday holatda bo’ladi. 

Futbol maydonining yonidan to’pni o’yinga kiritish. 

 Oyoq  yuzining  o’rta  qismi  bilan  to’p  tepish.  Bu  usul  ko’p  jihatdan  oyoq  yuzining  ichki 

qismi bilan tepishga o’xshaydi. 

To’pga  kalla  bilan  zarba  berish.  To’pga  kalla  qo’yish  o’yin  jarayonida  yakunlovchi  zarba 

berishda  ham,  sheriklariga  to’p  oshirishda  ham  qo’llaniladi.  Lekin  bolalarning  o’yin  paytida, 

mashg’ulot  vaqtida  bo’lar-bo’lmasga  to’pga  kalla  qo’yishlari  yaxshi  emas.  Bolalar  to’pga  kalla 

qo’yishni asta-sekinlik bilan o’rganishlari kerak. 

Futbol  o’yini  ko’pchilik  sport  o’yinlari  kabi  bolalarda  dadillik  va  qat’iyatlilikni,  diqqat-

e’tibor  va  ziyraklikni  tarbiyalaydi.  O’yinchilar  o’yin  davomida  har  xil  tezlikda  yugurish,  sakrash, 

to’pni olib yurish , oyoq va boshda to’pni uzatish harakatlarini bajarishadi. Shu bois futbolni yaxshi 

o’ynash uchun kuchli, chidamli, tezkor va epchil bo’lishingiz kerak. 

XII. Mustahkamlash uchun metodlar: “Darvozangni qo’riqla” metodi. 

Metodning o’tkazilish tartibi: 

O’yin davomida o’qituvchi o’quvchilar jamoasini ikki guruhga ajratadi. 



1-guruh “Paxtakor”, 2-guruh “Bunyodkor”. 

- o’yinda o’qituvchi “hujumchi” vazifasini bajaradi; 

- guruhdagi o’quvchilar orasidan liderlar tanlanadi va ular “darvozabon” vazifasini bajaradi; 

- qolgan o’quvchilar esa “himoyachi” va “yarim himoyachi” vazifasini bajaradilar

- mavzu bo’yicha savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab olinadi; 

- o’qituvchi savollar bilan darvozabonga hujum qiladi, himoyachi va yarim himoyachilar esa 

javobni to’ldiradilar; 

- agar savolga javob topilmasa, hisob hujumchi foydasiga hal bo’ladi. 

Tezkor savollar: 

1.  Futbol qanday o’yin? 

                                                 

15

 K.Mahkamjonov. Jismoniy tarbiya: 3-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. K.Mahkamjonov, 



F.Xo’jayev. 3-nashri. – T.: “O’qituvchi” NMIU, 2010. 107-110 betlar. 

2.  Futbolning vatani qayer? 

3.  Har bir jamoada nechtadan o’yinchi bo’ladi? 

4.  O’yinchilar qanday vazifalarni bajaradilar? 

5.  Hujumchining vazifasi qanday? 

6.  Himoyachining vazifasi qanday? 

7.  Yarim himoyachi va darvozabonning vazifasi qanday? 

8.  Darvozabon o’yinining vositasi nima? 

9.  To’pni tashlash qanday amalgam oshiriladi? 

10. Oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepish qanday amalga oshiriladi? 

11. To’pga kalla bilan zarba berish qanday amalga oshiriladi? 



Uyga vazifa: Mavzuni takrorlash. 

 

4-SINF  

 

I. Dars mavzusi: Kurash. 



II. Darsning maqsadlari: 

a)  ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarga  kurashning  tarixi  va  qonun-qoidalari  to’g’risidagi 

ma’lumotni to’la yetkazish; 

b)  tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda vatanparvarlik, milliy sport turi hisoblangan kurashga 

nisbatan mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash; 

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  mustaqil  va  erkin  fikrlashini  o’stirish, 

dunyoqarashini kengaytirish, jismoniy barkamolligini takomillashtirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  kurash,  o’zbek  milliy  sport  turi,  polvon,  mardlik, 

pahlavonlik, epchillik, “ Kurash federatsiyasi” va hokazo. 

IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari: 

Bilimlar: 

-  kurashning qanday sport turi ekanini bilish; 

-  dong taratgan o’zbek polvonlari kimligini bilish; 

-  kurash assotsatsiyasining qachon tashkil etilganini bilish; 

-  kurash bo’yicha jahon chempionatlari qachon bo’lib o’tganini bilish; 

Ko’nikma va malakalar: 

-  kurashning tarixi haqida gapirish; 

-  bugungi kunda yetishib chiqayotgan jahon chempionlari haqida gapirish

-  Angliyaning Bedford shahrida o’tkazilgan kurash turniri haqida to’xtalish. 



V. Darsning metodlari: aqliy hujum,  

VI. Dars shakli :  suhbat, amaliy mashg’ulot 

VII. Dars usuli: noan’anaviy 

VIII.  Darda  qo’llaniladigan  vositalar:  4-sinf  “Jismoniy  tarbiya”  darsligi,  mavzuga  oid 

rasmlar. 



IX. Darsning borishi: 

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, sport yangiliklari haqida suhbat. 

2.  O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Dzyudo. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 

1.  “Dzyudo” so’zining ma’nosi nima? 

2.  Dzyudo qanday sport turi? 

3.  O’zbekistonga dzyudo qachon kirib keldi? 

4.  Osiyo chempionatida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan dzyudochilarni sanang. 



X. Yangi mavzu bayoni: 

Aqliy  hujum:  Poyga  qilaman,  poyini  o’zdirganga  tegaman;  kurashda  alplarning  barini 

yiqqanga tegaman; yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman; ming qadamdan tanga pulni urgan 

qirag’ay  merganga  tegaman.      (  Alpomish  dostonidan).  Bolajonlar,  “  kuragi  yerga  tegmagan 

pahlavon “ deganda nimani tushunasizlar? 


XI. Darslik bilan ishlash 

Kurash.

16

 

Dunyodagi  har  bir  millatning  o’ziga  xos  kurash  turi  bo’lganidek  o’zbeklarning  kurash 

hamda  belbog’li  kurash  turlari  bor.  Bu  kurash  turlari  avloddan-avlodga  o’tib,  bugungi 

kunimizgacha  yetib  keldi.  O’zbeklarning  uzoq  tarixga  ega    bo’lgan  milliy  sport  turlaridan-kurash 

asrlar  davomida  rivojlanib,  kishilarga  zavq-shavq  baxsh  etib,  mard  yigitlarning  mahoratini, 

matonatini namoyish etib, keldi. O’sha vaqtlarda polvonlarning turli munosabatlar bilan o’tkazilgan 

xalq  sayillaridagi  chiqishlarini  va  unda  namoyish  etiladigan  xatti-harakatlari  ko’pchilikni  lol 

qoldiradi..  Shuning  uchun  polvonlarning  nomi  el  ichida  e’zozlanadi.  Polvonlar  Eron,  Turkiya, 

Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarga borib, o’z xalqi sharafini himoya qilardilar. 

Kurash  Temuriylar  zamonida  ham  ,  undan  keyin  ham  xalqning  sevimli  sport  o’yinlaridan 

bo’lib  keldi.  O’ziga  xos  kurashish  mahorati  bilan  olamga  dong  taratgan  o’zbek  polvonlar  tarix 

sahifasida o’chmas iz qoldirdilar. Bular Pahlavon Mahmud, Pahlavon Muhammad, Ahmad polvon, 

Toji polvon va boshqalardir. Hozirda jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, kurashga katta e’tibor qaratildi.  

1998-yilning  6-sentabrida  “Xalqaro  kurash  assotsiatsiyasi”  tashkil  etildi.  Kurash-bu  mard, 

pahlavon,  epchil  ikki  yigit  o’rtasida  o’tkaziladigsn  olishuv,  kuch  sinashishdir.  Yillar  o’tishi  bilan 

kurashning  usullari  tiklanib,  boyib,  uning  xalq  hayotidagi  o’rni,  mazmuni,  mohiyati  kengayib 

boraveradi. Kurash  bo’yicha birinchi jahon chempionati  1999-yil  1-2-mayda Toshkentda, ikkinchi 

jahon  chempionati  2000-yilda  Turkiyaning  Antalia  shahrida,  uchinchi  jahon  chempionati  2001-

yilda  Vengriyada  va  to’rtinchi  jahon  chempionati  Armanistonning  Yerevan  shahrida  o’tkazilishi 

kurashimizning  tobora  dunyoga  keng  yoyilayotganidan  dalolatdir.  Dunyo  o’zbek  polvonlari 

Toshtemir  Muhammadiyev,  Kamol  Murodov,  Akobir  Qurbonov,  Mahtumquli  Mahmudov,  ikki 

karra jahon chempioni Bahrom Avazov, Shuhrat va Botir Xo’jayevlar san’atiga qoyil qolmoqda. 

Angliya  “Kurash  federatsiyasi”  prezidenti  tashabbusi  bilan  Angliyaning  Bedford  shaxrida 

har  yili  Islom  Karimov  turniri  muvaffaqqiyatli  o’tkazilib  kelinmoqda.  Bunda  qirollikning  barcha 

hududlaridan  qatnashgan  polvonlar  ichidan  vakillarimiz  4  ta  oltin,  1  ta  kumush,  1  ta  bronza 

medallarini  qo’lga  kiritishdi.  (  2000  yil).  Ayniqsa,  qizlar  o’rtasida  kechgan  bellashuvda  Feruza 

Hayitmetovaning  ko’rsatgan  natijasi  quvonarlidir.  U  o’zbek  qizlari  orasida  hali  ham  ajdodlari 

To’maris, Barchinoy singarilar borligini isbotlab, g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Kurashimiz  Osiyo  o’yinlari  dasturiga  kiritildi.  Hurmatli  bolajonlar,  agar  siz  kurash  bilan 

yoshlikdan shug’ullansangiz, sizni bo’lajak olimpiada o’yinlari va jahon chempionatlari kutadi. 



Dam olish daqiqasi. O’qituvchi: 

Jiring – jiring 

Jiring – jiring 

Chalingan narsani toping! 

O’quvchilar qo’llarini qo’ng’iroq chalayotgandek harakat qildiradilar. 

                                              Qo’limizda besh barmoq 

                                              Maqsadimiz besh olmoq! 

Barmoqlar ko’rsatiladi, qo’llar bilan harakat qilinadi.  



XII. 

Mustahkamlash uchun metodlar: “Sinkveyn” usuli.  

“Sinkveyn”  fransuzcha  so’z  bo’lib,  “besh”  degan  ma’noni  anglatadi.  Biz  undan  darsni 

mustahkamlash qismida foydalanamiz.  

      Sinkveyn tuzishda quyidagi besh qatordan iborat shartga amal qilamiz: 

1-qator: Mavzu birgina so’z. Ot orqali ifodalanadi. 

2-qator: Mavzu ikki so’zdan iborat sifat bilan ifodalanadi. 

3-qator: Mavzu doirasidagi xatti-harakat uchta so’z orqali ifodalanadi. Bu so’zlar fe’l yoki 

ravishdosh bo’lishi mumkin.  

4-qator:  Mavzuga  nisbatan  munosabatni  anglatuvchi  to’rtta  so’zdan  iborat  yaxlit  fikr 

                                                 

16

 K.Mahkamjonov. F. Xo’jayev.  Jismoniy tarbiya: 4-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. 4-



nashri – T.: “O’qituvchi” NMIU 2011. 23-25-betlar. 

 


ifodalovchi gap yoziladi. 

5-qator: Mavzuni ifodalaydigan birgina sinonim so’z yoziladi. 

1-qator: Mavzuning nomi – kurash. 

2-qator: 2 ta sifat – qiziqarli, murosasiz. 

3-qator: 3ta fe’l – toblaydi, tarbiyalaydi, chiniqtiradi. 

4-qator: 4 ta so’zdan iborat gap – “Kurash- mardlarni maydonda sinaydi”. 

5-qator: Mavzuning sinonimi – jang.  

TASVIRIY SAN’AT 

 

1-SINF 

 

I.Dars mavzusi: Kuz faslida barglarning ko’rinishi. 



II. Maqsad va vazifalar: 

a) 


ta’limiy: o’quvchilarga kuz fasli va kuz faslida tabiatning ko’rinishi haqida ma’lumot 

berish; 


b) 

tarbiyaviy  maqsad:  tabiatni  sevishga,  asrashga  o’rgatish,  ozodalik,  mehnatsevarlik 

tuyg’usini o’stirish; 

c) 


rivojlantiruvchi:  kuzatuvchanlik  va  xotirani  rivojlantirish,  qalam  va  mo’yqalam  bilan 

ishlash qobiliyatlarini oshirish. 



O’quv  jarayoni  mazmuni:  O’quvchilarda  kuz  va  kuz  faslida  barglarni  ko’rinishi  haqida 

tushuncha  uyg’otish.  Kuz  faslida  o’quv  yilini  boshlanishi,  kuz  hosil  yig’iladigan  fasl,  kuzda 

kishilarning mehnati, kuzda tabiatdagi o’zgarishlar haqida rasmlar orqali suhbatlashish, o’quvchilar 

bilimini boyitish. 



O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:  

Uslub: Suhbat, ko’rsatish, ijodiy ish 

Shakli: Yangi bilim beruvchi. 

Darsning jihozi: Daraxt bargi, kuzgi tabiatning ko’rinishi. 

Turi: Rangtasvir kompozitsiyasi. 

Mavzuni kuz fasli qaysi oydan va qanday yumushlardan boshlanishi haqida suhbatlashish. 



Kutilayotgan natijalar:  

Kuzda pishadigan mevalar? – Topishmoq aytish. 



Kuz fasli oylarini bilasizmi? 

Kuzda o’quvchilar nima qiladilar? 



Kuzda dalada qanday ishlar bajariladi? Maqollar keltirish. 

Hozir  kuz  fasli,  sentabr,  oktabr,  noyabr  oylari  kuzga  kiradi.  Kuz  faslida  o’quv  yilimiz 

boshlanadi. Shu bilan birga dala va bog’larda ish qiziydi. Dehqonlar hosillarini yig’ishtirib, dalani 

bahorgi ekinga tayyorlaydilar. Kuzda anor, xurmo, uzum mevalari pishib yetiladi. Daladan paxtalar 

nobud qilinmay yig’ishtirib olinadi. Bunday yumushlarga sizlar ham hissangizni qo’shasiz. Chunki 

paxta  milliy  boyligimizdir.  Kuzda  tabiatning  ko’rinishi  oltin  tusga  kiradi.  Daraxt  va  o’simliklarni 

barglari sarg’ayib, zarg’aldoq tusga kiradi. 



Kelgusi  rejalar:  O’quvchilarga  daraxt  barglaridan  namuna  uchun  ko’rsatish.  Undagi 

chiziqlarga  asoslanib  barg  chizishining  bosqichlarini  ko’rsatish.  Ranglarini  kuzatish.  Turli  xil 

bargalarni ko’rsatib ularni chizishni topshirish. Har qatorga barg berib chiqish.  

Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar namunaga qarab rasm chizishni boshlaydilar.  

 


 

 

Tahlil  va  o’zgarishlar:  O’quvchilar  ishlarini  kuzatib  ularga  ko’mak  berish.  Bargni  avval 

qora qalamda chizib olib, so’ngra yorqin rangda bo’yash. Bargni qirralarini belgilash. 

Mavzuni mustahkamlash. 

- Yana qanday daraxtlarni bilasiz? 

- Hozir daraxtlarni ko’rinishi qanday? 

- Barglar nega uziladi? 

Mavzuni  mustahkamlash.  O’quvchilar  ishlarini  kuzatib  baholarini  e’lon  qilish.  Yaxshi 

chizgan o’quvchi ishlarini namuna tariqasida ko’rsatish. 



Darsga yakun yasash.  

 

2-SINF 



 

I. Dars mavzusi: Guldasta rasmini ishlah. 

II. Maqsad va vazifalar: 

a)  ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarni  qalam  va  mo’yqalam  bilan  ishlash  malakalarini 

mustahkamlash; 

b)  tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarni  tabiatni  sevishga  o’rgatish,  estetik  didni, 

mehnatsevarlikni singdirish; 

c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni chizish, bo’yash ko’nikmalarini shakllantirish. 



III.  O’quv  jarayoni  mazmuni:  O’quvchilarda  gul  va  guldasta  tushunchalarini  qanchalik 

shakllanganini  aniqlash.  Guldastani  qayerlarda  ishlatilish  tushunchalarini  takomillashtirish.  Rasm 

orqali rang tanlash malakalarini boyitish. 

IV. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:  

Uslubi: Suhbat, ijodiy ish. 

Shakli: mustahkamlovchi. 

Darsning jihozlanishi: Mavzuga oida rasmlar, xona gullaridan namunalar. 

Tasviriy faoliyat turi: Naturadan rasm ishlash. 

V.  Kutilayotgan  natijalar:  Yangi  mavzuni  :  Moychechak  rasmini  chizish,  Gullarni 

go’zallik ramzi ekanligini kitobdagi va rassomlar asridagi guldasta aks etgan rasm yuzasidan savol-

javob o’tkazish. 

- Guldasta nima? 

- Guldastada qanday gullar ishtirok etgan? 

- gullar bizga nima uchun kerak? 

- Qaysi gulni hidini yoqtirasiz? 

So’ngra  o’quvchilarga  gul  bargi  va  moychechak  rasmini  chizish  bosqichma  -bosqich 

tanishtirish. 


      

 

 



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling