M. artikova, M. Tursunova


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana28.11.2020
Hajmi0.9 Mb.
#154198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshlangich sinf oquv mashgulotlariga interfaol usullar tatbiqi


“Idrok daraxti” metodi 

 

-  mazkur  metod  pedagogik,  didaktik  strategiyaning  muayyan  shakli  bo’lib,  u 

o’quvchilarga  ixtiyoriy  muammolar  xususida  erkin,  ochiq  o’ylash  va  shaxsiy  fikrlarini  bemalol 

bayon  etish  uchun  sharoit  yaratishga  yordam  beradi.  mazkur  metod  turli  xil  g’oyalar  o’rtasidagi 

aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi

-  “Idrok daraxti” “tadbirkorlik” deb nomlanib, uning negizidagi tushuncha va tamoyillar 

shohlari va barglarida aks etadi. 

b) “Beshinchisi, oltinchisi, yettinchisi… ortiqcha” metodi. 

O’quvchilarni  mantiqiy  tafakkur  yuritish  ko’nikmalariga  ega  bo’lishida  ushbu  metodning 

                                                 

11  Hasanboyeva  O  va  boshqalar.    Odobnoma:  3-sinf  uchun  darslik.5-  nashri-  T.:  ,,O’zbekiston” 

NMIU, 2010. 112-bet. 

 


ham ahamiyati katta. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 

-  o’rganilayotgan  mavzu  mohiyatini  ochib  berishga  xizmat  qiluvchi  tushunchalar  tizimi 

shakllantiriladi, masalan: tejamkorlik, tadbirkorlik, isrofgarchilik, kichik biznes, daromad, rejali ish 

va boshqalar; 

-  hosil  bo’lgan  tizimdan  mavzuga  taalluqli  bo’lgan  (beshta,  oltita…)  va  taalluqli 

bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishiladi, masalan: osmon; 

-  o’quvchilarga  mavzuga  taalluqli  bo’lmagan  tushunchani  aniqlash  va  uni  tizimdan 

chiqarish vazifasi yuklatiladi; 

-  o’quvchilarga  o’z  harakatlari  mohiyatini  sharxlashga  undash,  (mavzuni  mustahkamlash 

maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan  tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda 

ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlari talab etilishi lozim).  

VII. Uyga vazifa: Mavzuni qayta o’zlashtirib, “Men tadbirkor bo’laman” mavzusida matn 

yozib kelish. 

 

4-SINF 

 

I.Dars mavzusi: Bayramlarimiz. 

II.Darsning maqsadi:   

a)  ta’limiy  maqsad:  o’quvchilarga  mustaqillik  sharofati  bilan  yuzaga  kelgan  barcha 

bayramlarning mohiyatini tushuntirib berish, ular haqida to’la ma’lumot berish; 

b)  tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarda  mustaqillikka,  xurlikka    bo’lgan  mehr  va  muhabbat 

tuyg’ularini tarbiyalash; 

c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni erkin va mustaqil fikr yuritishiga imkon yaratish, 

ijodiy tafakkurini rivojlantirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  umumxalq  bayramlari,  mustaqillik  kuni,  Navro’z 

bayrami,  til  bayrami,  Ramazon  va  Qurbon  hayiti,  O’qituvchi  va  murabbiylar  kuni,  Konstitutsiya 

bayrami, 8-mart, Xotira va qadrlash kuni va boshqalar. 

IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari

Bilimlar: 

-  O’zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilinganini bilish; 

-  navro’z yurtimizda qachondan boshlab nishonlanishini bilish; 

-  tilimizga qachon davlat tili maqomi berilganini bilish; 

-  o’qituvchi  va  murabbiylar  kuni  mamlakatimizda  qachondan  boshlab  bayram  sifatida 

nishonlanishini bilish. 

Ko’nikma va malakalar: 

-  mustaqillikka qadar Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining qay tarzda nishonlanganini 

bilish; 


-  mustaqil O’zbekistonning bugungi bayramlarini birma-bir sanash

-  bizdan boshqa mamlakatlarda ham nishonlanadigan umumxalq bayramlarini sanash;  

-  bayramlarning bugungi kun insonlari hayotidagi ahamiyati haqida gapirish. 

V. Darsning metodlari: aqliy hujum , Blits-so’rov. 

VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza. 

VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida. 

VIII.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  bayram  tantanalari  tasvirlangan  rasmlar,  davlat 

ramzlari, milliy boyliklarimizning plakatlari, prezidentimiz I.A.Karimovning rasmi. 



IX. Darsning borishi:  

1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 

2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu ish. 

Takrorlashga oid savollar: 

1. “Avesto” qanday kitob? 

2. “Avesto”da inson odobining asosi nimada deb ta’kidlangan? 

3. Ezgulik va yaxshilik deganda nimani tushunasiz? 


X. Yangi mavzu bayoni:  

Aqliy  hujum:  Mustaqillik  sharofati  bilan  yurtimizda  qanday  ishlar  amalga  oshirildi  va 

istiqlol bizga qanday ne’matlarni ato etdi?  

Dars A.Oripovning “Men nechun sevaman O’zbekistonni” she’ri bilan boshlanadi. 



XI. Darslik bilan ishlash. 

Bayramlarimiz.

12

 

O’zbekiston  Respublikasi  deb  nomlangan  yosh  mustaqil  davlatning  ilk  kuni  qanday 

boshlangani yodingizda bormi? 

Prezident  Islom  Karimov  1991-yil  31-avgustda  O’zbekiston  Oliy  kengashining  navbatdan 

tashqari  oltinchi  sessiyasida  mamlakatni  mustaqil  deb  e’lon  qildi.  Shu  kuni  Oliy  Kengashning  “ 

O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e’lon  qilish  to’g’risida”gi  tarixiy  qarori  qabul 

bo’ldi. Mazkur xujjatning ikkinchi bandida  1-sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik 

kuni-umumxalq  bayrami  va  dam  olish  kuni  deb  belgilandi.  Shu  tariqa  ozodlikka  chiqqan  ilk 

kunimizdan mamlakat bo’ylab Istiqlolni tantana qildik. Mustaqil O’zbekistonning dastlabki qadami 

bayram  bilan  boshlandi.  Bu  kun  xalqimizning  eng  ulug’,  eng  aziz  bayramiga  aylandi.  Lekin 

bayramlarimizga  munosabat  sal  ilgariroq-istiqloldan  oldingi  yillarda  o’zgara  boshlagan  edi.  1990-

yiliyoq  biz  O’zbekistonimizda  Navro’zni  keng  nishonladik.  Bu  qadimiy  bayramimizning  amalda 

qayta  tirilishi  edi.  Eslasak,  1989-yilning  o’rtalaridan  faqat  bayramlar  emas,  umuman, 

respublikaning  ko’p  muammolarini  mustaqil  arvishda  hal  etishga  harakat  boshlangan  edi.  Islom 

Karimovning  ana  shunday  dadil  harakatlari  mamlakatda  mustaqillikning  pishib  yetilishiga  olib 

keldi.  Haqiqat  qiyosda  ochiladi,-  degan  mashxur  aqida  bor.  Istibdod  yillarida  xalqimizning 

Ramazon va Qurbon hayitlarini qanday nishonlanganini yoshi kattalardan so’rang. Odamlar baribir, 

o’sha kuni yangi liboslar kiyib chiqar edi. Lekin masjidda hayit namozini o’qish, mozorlarga borib, 

yaqinlari qabrini  ziyorat  qilish  qanchalar mushkulot bilan amalga oshirilgan. Ramazon va Qurbon 

hayitlarida  masjid  va  qabristonga  borganlarni  hukumat  odamlari  quvganlarini  qanday  unutish 

mumkin?! 

Aksincha,  sobiq  ittifoq  bizni  mustamlaka  qoniga  bulg’agan  sho’rolar  hokimiyati  tepaga 

kelgan  kunni  ,  hatto,  Buxoroni  to’pga  tutib,  bosib  olgan  kunni  ham  bayram  qildirdi.  Mustaqil 

O’zbekistonning  bugungi  bayramlarini  birma-bir  sanaylik.  Umumxalq  bayramlarining  oltitasi-

mutlaq  yangi  davr,  ya’ni  istiqlol  mahsuli.  Bular  -Navro’z,  Mustaqillik  kuni,  O‘qituvchilar    va 

murabbiylar  kuni,  Konstitutsiya  qabul  qilingan  kun,  Ramazon  va  Qurbon  hayitlarining  birinchi 

kunlari.  Bayramlarimizdan  ikkitasining  faqat  sanasigina  o’sha-o’shaligicha  qolgan  ,  xolos. 

Mohiyatan esa ular ham yangi ma’no-mazmun kasb etgan. Demak, amalda, Yangi  yildan tashqari, 

barcha umumxalq bayramlari  - Mustaqillik mahsuli.  

Bu nimadan dalolat beradi? Dunyoqarash, fikrlash tarzi o’zgarganidan! To’qqiz umumxalq 

bayramidan ayrimlari bizdan boshqa mamlakatlarda ham nishonlanadi. Masalan, 1-yanvarni  Yangi 

yil sifatida jahonning juda  katta qismi tantana qiladi. 8-mart boshqa ayrim davlatlarda ham Xotin-

qizlar kuni sifatida qarshi olinadi. Ramazon va Qurbon hayitlari musulmonlar  yashaydigan barcha 

hududlarda,  Navro’z  esa  atrofimizdagi  talay  Sharq  xalqlari  orasida  bayram  hisoblanadi.  Bizda 

1997-yildan  1-oktabr  O’qituvchilar  va  murabbiylar  kuni-umumxalq  bayrami  sifatida  nishonlana 

boshladi.  Bu  O’zbekistonning  buyuk  kelajagini  ta’minlaydigan  kasb  egalariga  davlat  e’tibori  va 

xalq hurmat-ehtiromining  yuksak belgisi yanglig’ qadrli.  Bu ta’lim islohotiga davlat naqadar katta 

ahamiyat  berayotganidan  dalolat.  Bu  bizning  ma’naviyat  va  ma’rifatga  munosabatimizni 

ko’rsatadigan  jihat.  Mamlakatimizda  Mustaqillik  bayrami  va  Navro’z  tadbirlarini  dunyoning 

ko’plab mamlakatlari aholisi televizor orqali ko’rish imkoniga ega.  

Bu  tantanalar  orqali  xalqimiz  mustaqil  davlat  qurayotgani,  tetik  ruhi  va  baland  kayfiyatini 

ko’rsatadi.  Bayram  dasturiga  kirgan  katta-kichik  har  bir  chiqishda  muayyan  ma’no-mazmun 

yashirin,  muayyan  bir  ezgu  g’oya  ilgari  suriladi.Mazkur  tantanalardagi  tajribalar,  shakllanib 

                                                 

12

 Hasanboyeva O. Odobnoma: Umumta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik / O.Hasanboyeva, 



A.Ne’matova,  S.Olim;  Mas’ul  muharrir  M.Qarshiboy,  A.Xolbekov.  T.:  “O’zbekiston 

milliyensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009.8488 betlar. 



borayotgan  an’analar  boshqa  shunga  o’xshash  marosimlarni  o’tkazishda  ham  qo’l  kelyapti. 

Bayramlar kishilar ko’nglini ko’taradi, ularda o’ziga, yurtiga, xalqiga ishonch ruhini kuchaytiradi. 

Bu tantanalar aynan xalqimiz milliy g’ururini tiklash, qalbi va ongiga o’z erki qaytganini singdirish, 

odamlar ruhiyatini balandlatib, ularni  yurt obodligi, bunyodkorlik,  yaratuvchanlik ishlariga undash 

vazifasini  bajaradi.  Ularda  fuqarolarning  xursandchilik  tuyg’ulari  jo’sh  uradi,  xalq  istiqlol 

nashidasini  suradi.  Bu  xalq  qalbida  O’zbekistonimizning  buguni  va  porloq  kelajagiga  ishonch 

tuyg’ularini uyg’otadi, kuchaytiradi, mustahkamlaydi. 

Quyidagilar dam olish kuni sifatida nishonlanadigan umumxalq bayramlari hisoblanadi: 

1-yanvar – Yangi yil; 

8-mart – Xotin – qizlar kuni; 

21-mart – Navro’z bayrami; 

9-may – Xotira va qadrlash kuni; 

1-sentabr – Mustaqillik kuni; 

1-oktabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni; 

8-dekabr – Konstitutsiya kuni; 

Ramazon hayiti (Iyd ul-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni. 

Qurbon  hayiti  (  Iyd  ul  Adha)  diniy  bayramning  birinchi  kuni.  Bundan  tashqari  muayyan  bir  kasb 

egalarining  xizmatlari  e’tirof  etiladigan  kasb  bayramlari,  muhim  siyosiy-tarixiy  sanalar, 

mamlakatimizda  ham  nishonlanadigan  xalqaro  sanalarni  bayram  qilish  rasmiy  deb  belgilab 

qo’yilgan. Bu sanlarning ham hayotimizda o’rni va ahamiyati juda katta, shuning uchun ular ham 

o’ziga xos tarzda nishonlanadi. 

XIII. Mustahkamlash uchun metodlar: Blits-so’rov. 

"Blits-so’rov” usuli o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy 

fikrlashga,  o'rganayotgan  predmeti  asosida  xilma-xil  fikrlar,  ma’lumotlar  ichida  kerakligini  tanlab 

olishni  ,  shu  bilan  bir  qatorda  ,  o’zgalar  fikrini  hurmat  qilish  va  ularga  o’z  o’tkaza  olishga 

qaratilgan. 

Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. O’qituvchi tomonidan tayyorlangan sxemada bayramlarning 

sanalari aralash holatda berilgan. O’quvchi uni tartibga keltirishi kerak bo’ladi. 

 

 



 

№ 

Bayram nomlari 



Sanasi 

 1 


Mustaqillik kuni 

1 – yanvar 

 2  

Yangi yil 



1 – sentabr 

 3 


Xalqaro xotin – qizlar kuni 

21 – mart 

 4 

Navro’z bayrami 



9 – may 

 5 


Xotira va qadrlash kuni 

8 – mart 

 6 

Til bayrami 



8 – dekabr 

 7 


Konstitusiya bayrami 

21 - oktabr 

 

XIV. Uyga vazifa: Ishtirok etgan bayramlar haqidagi tasavvurlarni yozib kelish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

JISMONIY TARBIYA 

 

1-SINF 

 

I. Dars mavzusi: Ertalabki badantarbiya mashqlar majmui. 

II. Darsning maqsadlari

a)  ta’limiy maqsad: o’quvchilarni ertalabki badantarbiya mashqlarining shakllari bilan to’la 

tanishtirish; 

b)  tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda chaqqonlik, tezkorlik sifatlarini tarbiyalash, vatanga , 

tabiatga bo’lgan muhabbatini o’stirish; 

c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarni  sportga  jalb  etish,  mustaqil  fikrlash 

ko’nikmalarini rivojlantirish. 

III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  badantarbiya,    mashqlar,  oyoq,  yelka,  qo’l,  bosh, 

dastlabki holat va hokazo. 



IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:  

Bilimlar: 

ertalabki badantarbiya mashqlarining inson tanasiga ta’sirini bilish; 



ertalabki badantarbiya mashqlarining o’tkazilish joyini bilish. 

Ko’nikmalar: 

tizzani baland ko’tarib, belni to’g’rilay olish; 



oyoq uchida turib qo’l orqali qilinadigan mashqlarni bajarish; 

oyoq orqali bajariladigan harakatlarni qo’llay olish; 



sakrab oyoqlarni juftlashtirish; 

qo’llarni yuqoriga ko’tarib chapak chalish. 



V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “To’p orqali tilak” o’yini, “Klassik” metodi. 

VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot. 

VII. Dars usuli: noan’anaviy 

VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mashqlar aks etgan 

plakatlar, to’p va hokazo. 

IX. Darsning borishi:  

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, davomatni aniqlash. 

2.  O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Ertalabki badantarbiya mashqlari. 

Takrorlash yuzasidan mashqlar: 

1.  Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson hayotidagi ahamiyati qanday? 

2.  Ertalabki badantarbiya mashqlari qayerda o’tkaziladi? 

3.  Ertalabki badantarbiya mashqlari qaysilar? 

4.  Ibn Sinoning “Badantarbiya - kuch etar hadya” o’gitidan nimalarni tushundingiz? 



X. Yangi mavzu bayoni. 

O’qituvchi: 

 

 

Bugun bizlar barkamol avlod 



    Shu vatanning suyanch, ardog’i 

Azim chinor bo’lsa gar vatan 

Bizlar uning ko’rki, yaprog’i. 

 

Mag’rur dilda muqaddas maqsad 



Shu vatanning koriga yarash 

Va shuurga bosilgan dastxat 

Tiniqib turar keng dunyoqarash. 


 

 

 



Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz 

 

 



Kam bo’lmasmiz, illo hech qachon 

 

 



Biz birdammiz, sobitqadammiz 

 

         Ortimizda-vatan jonajon! 



 

Aqliy  hujum:  Bolajonlar,  ushbu  she’r  sizlarning  nomingizdan  aytilgan.  Sizdek  o’ktam, 

jasur, sog’lom va barkamol avlodlar vatanning ertangi kunidir. Avvalo, “Barkamol avlod” deganda 

nimani tushunasizlar? 

O’quvchi:  Barkamol  avlod  bu  ham  aqlan,  ham  ruhan,  ham  jismonan  sog’lom,  kamolga 

yetgan avloddir. 

O’qituvchi:  Barakalla,  ana  shunday  jismonan  sog’lom  shaxslar  bo’lib  yetishishingizda 

jismoniy  tarbiyaning  roli  kattadir.  Ertalabki  badantarbiya  ta’sirida  tana  qiziydi,  sezgi  a’zolari 

uyg’onadi. Bugun biz sizlar bilan “Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui” ni o’tamiz. 



XI. Darslik bilan ishlash

Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui.

13

 

Mashqlar  yurishdan  boshlanadi.  Mashq  bajarayotganda  burun  orqali  nafas  olish  kerak. 

Olingan havo burundan toza va iliq holda o’pkaga o’tadi. 

1.  D.H.  –  a.t.t.  Yurish,  tizza  baland  ko’tarilib  bel  to’g’rilanadi.  Qo’llar  erkin  va  keng 

harakatlanadi, bosh to’g’ri tutiladi. 

2.  D.H. – a.t.t. Oyoq uchida turib, qo’llarni yuqoriga ko’tarib, chuqur nafas olish. Qo’llarni 

tushurib, nafas chiqarish. 

3.  D.H. – a.t.t. Qo’llarni orqaga va oldinga uzatib chapak chalish. 

4.  D.H.  –  oyoqlar  yelka  kengligida,  qo’llar  pastda.  Chap  va  o’ng  tomonga  chuqurroq 

engashish. 

5.  D.H. – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. Gavdani o’ng va chap tomonga burish. 

6.  D.H – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. Oldinga engashib, qo’llarni yon tomonga 

yozish. D.H. 

7.  D.H. – a.t.t. Cho’qqayib o’tirib, qo’llarni oldinga uzatish. D.H. 

8.  D.H. – oyoqlar yelka kengligida, qo’llar pastda. Sakrab oyoqlarni juftlashtirish, qo’llarni 

yuqoriga ko’tarib chapak chalish. D.H. 

Mashqlar  sport  zalida  gilam  ustida  o’tkaziladi.  O’quvchilar  saflanadilar  va  birin-ketin 

ertalabki badantarbiya  mashqlarini  bajaradilar. 



XII. Mustahkamlash uchun metodlar: 

a)  “To’p  orqali  tilak”  o’yini.  Ushbu  o’yin  o’quvchilarni  chaqqonlik  va  tezkorlikka 

o’rgatibgina  qolmasdan,  ularning  so’z  boyligini  yanada  oshiradi  va  bir-biriga  bo’lgan  mehr-

muhabbat tuyg’ularini yanada kuchaytiradi. 

O’yinni o’tkazish tartibi: 

o’quvchilar jamoasi ikki guruhga bo’linadi; 



ular bir-biriga qaragan holda, orasida 1 metr joy qoldirilib tekis qilib teriladi; 

to’p avval 1-guruh boshidagi o’quvchiga beriladi; 



u  to’pni  qarshisidagi  sherigiga  otishdan  oldin  unga  yaxshi  bir  tilak  bildirishi  kerak 

bo’ladi. 

Masalan: Sizni yaxshi ko’raman. Mening chin do’stimsiz. Baxt tilayman  

singari. 

to’pni qabul qilgan o’quvchi ham shu holatni takrorlaydi; 



kimda-kim avval aytilgan tilakni qaytarsa, o’yindan chiqadi. 



b)  “Klassik” metodi. 

Metodni qo’llash bosqichlari: 

                                                 

13

 Mahkamjonov K. Xo’jayev F. Jismoniy tarbiya (1-sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma). - T.: 



“O’zbekiston” 2010. 14-15 betlar. 

o’quvchilar doira shaklida joylashadilar

o’qituvchi  doiraning o’rtasiga turadi  va ular bajarishi  kerak bo’lgan harakatlarni birma 



bir sanaydi; 

o’quvchilar  esa  o’qituvchi    aytgan    harakatlardan    faqatgina  oldiga  “klassik”  so’zi 



qo’shib aytilgan harakatlarnigina bajarishi kerak bo’ladi; 

agarda “klassik” siz aytilgan  harakatni  kimdir bajarsa, o’sha o’quvchi o’yindan chiqadi.  



Masalan: O’qituvchi: 

“klassik  o’tiring”,  “klassik  turing”,  “klassik  qo’lingizni  ko’taring”  “tushuring”  va  hokazo 

tarzida. 

Uyga vazifa: Mashqlarni takrorlash.   

 

 



2-SINF 

 

I.Dars mavzusi: Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. 

II. Darsning maqsadlari:  

a)  ta’limiy maqsad: o’quvchilarga shaxsiy gigiyena va kun tartibi haqidagi ma’lumotlarni 

to’la yetkazish; 



b)   tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarni  ozoda,  saranjom,  sarishta,  intizomli  va  rejali  qilib 

tarbiyalash; 



c)  rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarda  mustaqil  va  erkin  fikrlash  ko’nikmalarini 

rivojlantirish, jismoniy barkamolligini kuchaytirish. 



III.  Asosiy  tushuncha  va  atamalar:  gigiyena,  kun  tartibi,  uxlash,  ovqatlanish,  dars 

tayyorlash, rejalashtirish, impulslar va hokazo. 



IV. Darsning metodlari: aqliy hujum, Blits-so’rov. 

V. Dars usuli: noan’anaviy. 

VI.  Darsda  qo’llaniladigan  vositalar:  2-sinf  “Jismoniy  tarbiya”  darsligi,  mavzuga  oid 

rasmlar, tarqatma materiallar. 



VII. Darsning borishi:  

1.  Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sportga oid yangiliklar haqida suhbat. 

2.  O’tilgan  mavzuni  takrorlash.  O’tilgan  mavzu:  Salomatlikni  mustahkamlashda  jismoniy 

mashqlarning ahamiyati. 

Takrorlash yuzasidan savollar: 

1.  Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega? 

2.  Kasal bo’lmaslik uchun nima qilish kerak? 

IX. Yangi mavzu bayoni

a) aqliy hujum: Bolajonlar, bir kun davomida nima ishlar qilishingizni va ularning har biriga 

qancha vaqt ketishini aytib bera olasizmi? 

X.  Darslik  bilan  ishlash:  O’qituvchi  o’quvchilarning  javoblarini  eshitib  bo’lganlaridan 

so’ng, o’zining kun tartibini misol qilib keltiradi va mavzuni ifodali qilib o’qib beradi. 



Kun tartibi va shaxsiy gigiyena.

14

 

Jimoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishda o’z kun tartibingizni tuzishingiz hamda kun 

tartibi va shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishingiz kerak. 

Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi? Bu, avvalo kun tartibi, ularda harakat  faolligi, 

teri  va  tanani  parvarish  qilish,  me’yorida  dam  olib  uxlash,  vaqtida  to’g’ri  ovqatlanish,  zararli 

odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim-kechaklarni toza tutish, zaruriy talab 

va shartlarga rioya qilishdan iborat. 

Kun  tartibi  nimani  bildiradi?  Har  bir  o’quvchi  kun  tartibida  ko’plab  xilma-xil  unumli 

faoliyat  bilan  band  bo’ladi:  maktabga  boradi,  uy  ishlarini  bajarishda  ota-  onasiga  ko’maklashadi, 

                                                 

14

  Mahkamjonov K, Xo’jayev  F. Jismoniy tarbiya.  2  –  sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma: - 



T.: “O’zbekiston. 2010. 9-12 betlar. 

o’rtoqlari  bilan  turli  jismoniy  mashqlar  bajaradi,  harakatli  o’yinlar  o’ynaydi,  dars  tayyorlaydi  va 

hokazo.  Buning  uchun  o’quvchi  o’zi  bajaradigan  kundalik  hamma  asosiy  ishlarni  rejalashi,  shu 

ishlarning har biri bilan qachon shug’ullanish kerakligini o’ziga belgilab olishi va uni o’z vaqtida 

to’la bajarishga odatlanishi lozim. Bu kun tartibidir. 

Kun  tartibiga  amal  qilishda  jismoniy  mshqlarning  ahamiyati  juda  katta.  Chunki,  hatto  eng 

kichik  harakatdan  so’ng  ham  miyaga  juda  ko’p  muhim  asab  signallari  (  impulslar)  yetib  boradi. 

Miya  ularga  javob  berib  nafas,  qon  aylanishi  va  boshqa  a’zolarga  o’zining  maxsus  buyruqlarini 

yo’naltiradi.  Natijada  nafas,  qon  aylanishi  tezlashib,  hamma  a’zolar  ko’proq  kislorod  oladi  va 

faoliyat yaxshilanadi. Inson o’zini tetik, bardam, sog’lom his qiladi, ish qobiliyati oshadi. 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling