Boshqaruv hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

Норматив усул асосида ишлаб чиқариш харажатлари бюджети тузилади. 
Харажатларни шахматли жадвали тузилгандан сўнг, корхонанинг фаолият 
даври учун режалаштириладиган харажатларнинг йиғма сметаси ишлаб 
чиқилади.
Халқаро амалиётда маҳсулот ишлаб чиқариш учун сарфланадиган 
харажатларни режалаштиришда норматив усулдан кенг фойдаланилади.
Жами харажатлар доимий ва ўзгарувчан харажатлар суммасига тенг, бир 
бирлик маҳсулотнинг таннархи ўзгарувчан ва доимий харажатларга алоҳида 
ҳисоб-китоб қилинган. Ўзгарувчан харажатлар бевосита моддий ва меҳнат 
харажатлари суммасига тенг. Доимий харажатлар маъмурий-бошқариш ва 
маҳсулотни сотиш, шунингдек, бинолар ижараси, умумкорхона аҳамиятидаги 
биноларнинг эскириши, ходимларнинг меҳнат ҳақини ўз ичига олади. Бир 
бирлик маҳсулотга тўғри келадиган чегаравий харажатларни ҳисоблаш учун 
жорий даврдаги жами харажатлар суммасини базис даврдаги жами 
харажатлар суммасига бўлиб, уни шу даврдаги маҳсулот ҳажмига 
кўпайтирилади. 
 
 
 
Такрорлаш учун саволлар
1)
Корхона фаолиятини бюджетлаштиришнинг қандай ижобий 
жиҳатлари мавжуд? 
2)
Бюджетлаштириш жараёнида бизнес-режа қандай ўрин тутади? 
3)
Бизнес-режалар қандай таснифланади? 
4)
Бизнес режалаштириш қандай тамойиллар асосида амалга оширади? 
5)
Корхона бош бюджетининг вазифалари нималардан иборат? 
6)
Корхонанинг бош бюджети қандай таркибга эга? 
7)
Молиявий ва инвестиция бюджетлар қайси кўрсаткичларни қамраб 
олади?
8)
Мослашувчан ва статик бюджетларнинг қандай фарқли жиҳатлари 
мавжуд?
 
9-MAVZU. XARAJATLAR-MAHSULOT HAJMI-FOYDA O’ZARO 
ALOQADORLIK TAHLILI
Respublikamizda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida sotiladigan 
mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chi¢ish 
bosho`aruv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Amaliyotda har bir korxona o`z mahsulotini ishlab chio`ara boshlashidan 
avval qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi mahsulot 
bahosi va uni ishlab chio`arishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita 
bog`liq bo`ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chio`aruvchi yoki xaridor 
xohishi bo`yicha baland yoki past bo`lishi mumkin emas, u talab va taklif asosida 
tartibga solib borilishi lozim.


Inflyatsiya jarag`nida ya`ni baholarning o`sishi sodir bo`layotgan paytda 
pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-
kitoblar qig`siy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, 
noto`¨ri ma`lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqaruv qarorlari qabul qilib 
bo`lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qig`siy baholardan foydalanish moliyaviy 
menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir 
o`lchamning o`zgarishi ikkinchi o`lchamning o`zgarishiga qanday ta`sir etishi 
tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bo`lgan holatda 
foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. Mahsulotning 
qo`shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy tushumning ma`lum bir birlikda 
oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o`z navbatida 
xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u cheklangan 
xarajatlar deb ataladi. Maksimal foyda cheklangan tushum bilan cheklangan 
xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan g`ki ular bir-biriga maksimal darajada 
yaqinlashgan holda yuzaga keladi.
Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarishning 
o`sishi tufayli cheklangan tushum cheklangan xarajatlarga nisbatan tezroq 
sur`atlarda o`sib borgunga qadar foyda hajmi o`sib boraveradi, biroq, cheklangan 
xarajatlar cheklangan tushumdan oshib ketgan paytda mahsulot ishlab chiqarishni 
qisqartirish zarur. SHunday qilib, cheklangan xarajatlarning cheklangan tushumga 
yaqinligi (maksimal) 
eng 
yuqori darajada 
ta`minlanganda 
yoki unga 
tenglashtirilganda mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va bahosi ishlab 
chiqaruvchini eng yuqori (maksimal) foyda bilan ta`minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish va boshqarish 
bo`yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati tug`iladi. Buning uchun boshqaruv 
tizimida bahoni shakllantirish bo`yicha funktsional bloklarning o`zaro aloqasini 
tahlil qilish muhim ahamiyatga ega
Keltirilgan chizmadan ko`rinib turibdiki, bahoning shakllanishi nafaqat 
tashqi muhit ta`siriga ham ko`p jihatdan bog`liqdir.
Tashqi muhitda quyidagi makrodarajadagi o`zgarishlar korxona faoliyatida 
bahoni shakllantirishga bevosita ta`sir ko`rsatadi: 
1. Iqtisodiyotdagi o`sish va pasayish (har qanday mahsulotga bo`lgan 
ehtig`j aholining real daromadlari, investitsiya faolligi, davlat xarajatlari, kredit 
olish va uni qaytarish imkoniyatlari, baholarning o`zgarishiga bog`liq). Shu 
sababli tashqi muhitni tahlil qilish korxonani baholash uchun boshlang`ich nuqta 
va qadam bo`lib hisoblanadi; 
2. 
Tabiiy resurslarga yaqinlik va ularning zahirasiga ega bo`lish nafaqat 
mahsulot ishlab chiqaruvchi, balki qayta ishlovchi korxonalarni ham strategik 
rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega; 
3. 
Siyosat va huquq. Korxonaning faoliyat yuritishida davlatning 
iqtisodiy barqarorligi, turli xil mulk egalarining huquqiy jihatdan muhofaza 
qilinganligi, soliq qonunchiligining o`zgarib turishi, bojxona huquqi kabi omillar 
ham hal qiluvchi ahamiyatga ega; 
4. 
Demografiya. Korxona joylashgan hududdagi aholining soni va tarkibi 


uning faoliyatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Agar hududda tug`ilish darajasi yuqori 
bo`lsa, bolalarbop mahsulotlar assortimentiga talab katta bo`ladi g`ki katta 
g`shdagi aholining hissasiga qarab ularning talabidagi mahsulotlar ishlab 
chiqarish zarur bo`lsa, korxona shunga qarab mo`ljal olishi zarur; 
5. 
Ijtimoiy-madaniy muhit. Jamiyatning iqtisodiy farovonligi oshib 
borishi bilan unda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashga, aholining kam ta`minlangan 
va ishsiz qatlamlarini himoya qilishga imkoniyat oshib boradi. 
Yuqoridagilardan 
kelib 
chiqqan 
holda 
korxonalarda 
baholarni 
shakllantirish bo`yicha qarorlar qabul qilishga ta`sir etuvchi omillar tashqi va 
ichkiga bo`linadi. 
Tashqi omillar quyidagilar bilan ifodalanadi: 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling